Oʻzbekiston Superligasi (2017-yilgacha – Oliy liga) – Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga mavsumi yakunida oxirgisidan 2ta avvalgi oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi yilgi mavsumda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan Elita Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.
![]() Oʻzbekiston Superligasi ramzi | |
| Davlat | |
|---|---|
| Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
| Oʻtkazuvchi tashkilot | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
| Futbol tizimidagi darajasi | 1 |
| Tashkil etilgan | 1992—2017 (Oliy liga) 2018-yildan (Superliga) |
| Jamoalar soni | 16 ta |
| Pastki liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
| Ichki kuboklar | Oʻzbekiston Kubogi |
| Xalqaro musobaqalar | Osiyo Chempionlar ligasi |
| Amaldagi chempion | Neftchi |
| Eng koʻp marta chempion | Paxtakor (16 marta) |
| Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar | Asror Aliqulov (520 ta oʻyin) |
| Toʻpurarlar | Anvar Berdiyev (225 ta gol) |
| TV hamkorlar | Sport Uzreport TV Foreign Languages |
| Veb-sayt |
|
| Homiylar | Artel Uzcard |
| Joriy mavsum: 2026 | |
Tarixi
Oʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda „Paxtakor“ va „Neftchi“ bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi.
OFK milliy ligasi jadvali
2024-yil iyun holatiga ko'ra, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) milliy liga jadvalida (UEFA koeffitsiyentlar jadvalining analogi) O'zbekiston Superligasi to'qqizinchi o'rinda turadi. O'zbekiston chempionatining to'qqizinchi o'rindagi reytingi O'zbekiston Superligasidan bitta ishtirokchiga OFK Chempionlar Ligasi guruh bosqichida kafolatlangan bitta o'rin va OFK Chempionlar Ligasi saralash pley-off bosqichida yana bitta o'rin beradi.
OFK reytingi
2025-yil uchun.
| Oʻrin | Davlat | Ochko |
|---|---|---|
| 1 | Saudiya Arabistoni | 119.957 |
| 2 | Yaponiya | 107.663 |
| 3 | Janubiy Koreya | 90.982 |
| 4 | Qatar | 74.466 |
| 5 | Eron | 72.018 |
| 6 | BAA | 64.129 |
| 7 | Tailand | 54.873 |
| 8 | Xitoy | 54.682 |
| 9 | Oʻzbekiston | 49.821 |
| 10 | Avstraliya | 40.420 |
| 11 | Malayziya | 40.039 |
| 12 | Iroq | 39.280 |
| 13 | Iordaniya | 39.205 |
| 14 | Vyetnam | 35.038 |
| 15 | Singapur | 29.405 |
| 16 | Bahrayn | 27.333 |
| 17 | Ummon | 26.069 |
| 18 | Hindiston | 24.958 |
| 19 | Gonkong | 24.436 |
| 20 | Turkmaniston | 24.211 |
Musobaqa formati
Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻngida start oladi va dekabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko beriladi, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U21 chempionatining yakuniy oʻyini ham oʻtkaziladi.
Klublar
Oʻzbekiston klublari ichida eng koʻp sovrindor jamoa – Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 16 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medalga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasi musobaqalarida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, „Nasaf“ 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.
Superligada legionerlar limiti
OʻzPFL musobaqalari uchun klub 5 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart, yaʼni Oʻzbekistonda 4+1 limiti amal qiladi. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).
Superliga futbolchilarining rekordlari
Oʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida „Bunyodkor“ sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi – Anvar Berdiyev sanaladi. „Neftchi“ jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa – Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Mavsumlardagi sovrindorlar
Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Oʻzbekiston Pro ligasiga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi.
Sovrindor klublar
„Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar – „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan.
Liganing barcha davrlardagi jadvali, 1992—2025-yilgi mavsum
- 2025-yil 5-dekabr boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
| Pos | Jamoa | Mavsum | Ochko | Oʻyin | Gʻal | Dur | Magʻ | U.G. | Oʻ.G. | 1 | 2 | 3 | Eng yaxshi |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Paxtakor | 34 | 2157 | 988 | 665 | 162 | 161 | 2174 | 836 | 16 | 7 | 2 | 1 |
| 2 | Neftchi Fargʻona | 31 | 1729 | 910 | 522 | 163 | 225 | 1711 | 992 | 6 | 9 | 1 | 1 |
| 3 | Navbahor Namangan | 34 | 1580 | 988 | 454 | 218 | 316 | 1585 | 1144 | 1 | 1 | 11 | 1 |
| 4 | Nasaf Qarshi | 29 | 1550 | 836 | 455 | 185 | 196 | 1398 | 847 | 1 | 4 | 12 | 1 |
| 5 | Buxoro | 30 | 1121 | 884 | 329 | 163 | 392 | 1148 | 1325 | 0 | 1 | 0 | 2 |
| 6 | Soʻgʻdiyona Jizzax | 30 | 1073 | 876 | 301 | 170 | 405 | 1094 | 1367 | 0 | 1 | 1 | 2 |
| 7 | Bunyodkor | 19 | 1039 | 528 | 307 | 118 | 103 | 903 | 461 | 5 | 3 | 1 | 1 |
| 8 | Andijon | 29 | 980 | 848 | 265 | 185 | 398 | 1105 | 1369 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 9 | Dinamo Samarqand | 27 | 953 | 788 | 269 | 146 | 373 | 989 | 1139 | 0 | 0 | 0 | 4 |
| 10 | Qizilqum-Zarafshon | 26 | 934 | 742 | 255 | 169 | 318 | 875 | 1058 | 0 | 0 | 1 | 3 |
| 11 | Metallurg-Bekobod | 27 | 921 | 772 | 251 | 168 | 353 | 917 | 1150 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 12 | Lokomotiv-Toshkent | 19 | 859 | 528 | 249 | 112 | 167 | 823 | 610 | 3 | 4 | 1 | 1 |
| 13 | Mashal-Muborak | 20 | 770 | 568 | 221 | 107 | 240 | 684 | 779 | 0 | 1 | 1 | 2 |
| 14 | Olmaliq | 18 | 705 | 478 | 199 | 108 | 191 | 708 | 671 | 0 | 1 | 2 | 2 |
| 15 | Qoʻqon 1912 | 18 | 655 | 536 | 186 | 97 | 253 | 684 | 912 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 16 | Traktor-Tashkent | 16 | 621 | 490 | 178 | 87 | 225 | 684 | 814 | 0 | 0 | 0 | 4 |
| 17 | Surxon-Termiz | 19 | 607 | 560 | 167 | 106 | 287 | 620 | 975 | 0 | 0 | 0 | 6 |
| 18 | Doʻstlik | 11 | 559 | 346 | 169 | 52 | 125 | 669 | 532 | 2 | 0 | 0 | 1 |
| 19 | Shoʻrtan-Gʻuzor | 13 | 398 | 370 | 112 | 62 | 196 | 420 | 623 | 0 | 0 | 0 | 4 |
| 20 | MHSK | 7 | 362 | 216 | 106 | 44 | 66 | 420 | 335 | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 21 | Xorazm | 9 | 257 | 278 | 69 | 50 | 159 | 314 | 557 | 0 | 0 | 0 | 7 |
| 22 | Zarafshon Navoiy | 6 | 217 | 196 | 60 | 37 | 99 | 236 | 355 | 0 | 0 | 0 | 9 |
| 23 | Yangiyer Sirdaryo | 7 | 205 | 216 | 56 | 37 | 123 | 266 | 385 | 0 | 0 | 0 | 10 |
| 24 | Orol Nukus | 5 | 155 | 164 | 44 | 23 | 97 | 171 | 329 | 0 | 0 | 0 | 11 |
| 25 | Kosonsoy Namangan | 5 | 145 | 156 | 40 | 25 | 91 | 171 | 305 | 0 | 0 | 0 | 8 |
| 26 | Guliston Sirdaryo | 5 | 119 | 154 | 34 | 17 | 103 | 142 | 340 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 27 | Atlaschi Margʻilon | 4 | 118 | 124 | 34 | 16 | 74 | 149 | 280 | 0 | 0 | 0 | 7 |
| 28 | Chirchiq | 4 | 103 | 122 | 26 | 25 | 71 | 130 | 240 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 29 | Toʻpalang-Sariosiyo | 3 | 96 | 86 | 28 | 12 | 46 | 103 | 146 | 0 | 0 | 0 | 9 |
| 30 | Kimyogar-Chirchiq | 3 | 96 | 104 | 25 | 21 | 58 | 113 | 193 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 31 | Olimpik Toshkent | 3 | 91 | 78 | 21 | 28 | 29 | 79 | 98 | 0 | 0 | 0 | 6 |
| 32 | Akademiya Toshkent | 1 | 59 | 34 | 16 | 11 | 7 | 72 | 45 | 0 | 0 | 0 | 5 |
| 33 | Semurgʻ Angren | 2 | 57 | 72 | 15 | 12 | 45 | 99 | 200 | 0 | 0 | 0 | 12 |
| 34 | Turon Yaypan | 2 | 33 | 52 | 6 | 15 | 31 | 32 | 88 | 0 | 0 | 0 | 13 |
| 35 | Sementchi-Quvasoy | 1 | 31 | 30 | 8 | 7 | 15 | 39 | 64 | 0 | 0 | 0 | 15 |
| 36 | Chilonzor-Toshkent | 1 | 30 | 34 | 8 | 6 | 20 | 51 | 70 | 0 | 0 | 0 | 16 |
| 37 | Shahrixon | 1 | 28 | 32 | 7 | 7 | 18 | 25 | 67 | 0 | 0 | 0 | 15 |
| 38 | Obod Toshkent | 1 | 24 | 30 | 6 | 6 | 18 | 25 | 51 | 0 | 0 | 0 | 14 |
| 39 | Vobkent Buxoro | 1 | 15 | 30 | 3 | 6 | 21 | 23 | 70 | 0 | 0 | 0 | 16 |
| 40 | Uz-Dong-Ju Andijon | 1 | 13 | 30 | 2 | 7 | 21 | 17 | 65 | 0 | 0 | 0 | 16 |
| Joriy 2025-yildagi Oʻzbekiston Superligasi ligasida oʻynagan jamoalar | |
| Joriy 2025-yildagi Oʻzbekiston Pro ligasining ishtirokchi jamoalari | |
| Joriy 2025-yildagi Oʻzbekiston Birinchi ligasi ligasida oʻynagan jamoalar | |
| Klub faoliyati tugatilgan |
Superliga futbolchilarining rekordlari
Eng koʻp gol urganlar
Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar
|
Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va toʻpurarlar roʻyxati
Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ jamoasi safida Jaʼfar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi.
| Mavsum | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Uchinchi oʻrin |
|---|---|---|---|
| 1992 1 | Paxtakor | Neftchi Fargʻona | Soʻgʻdiyona |
| 1993 | Neftchi Fargʻona | Paxtakor | Navbahor Namangan |
| 1994 | Neftchi Fargʻona | Nurafshon Buxoro | Navbahor Namangan |
| 1995 | Neftchi-Fargʻona | MHSK | Navbahor-Namangan |
| 1996 | Navbahor Namangan | Neftchi Fargʻona | MHSK |
| 1997 | MHSK | Neftchi Fargʻona | Navbahor Namangan |
| 1998 | Paxtakor | Neftchi Fargʻona | Navbahor Namangan |
| 1999 | Doʻstlik | Neftchi Fargʻona | Navbahor Namangan |
| 2000 | Doʻstlik | Neftchi Fargʻona | Nasaf Qarshi |
| 2001 | Neftchi Fargʻona | Paxtakor | Nasaf Qarshi |
| 2002 | Paxtakor | Neftchi Fargʻona | Qizilqum Zarafshon |
| 2003 | Paxtakor | Neftchi Fargʻona | Navbahor Namangan |
| 2004 | Paxtakor | Neftchi Fargʻona | Navbahor Namangan |
| 2005 | Paxtakor | Mash’al Mubarak | Nasaf Qarshi |
| 2006 | Paxtakor | Neftchi Fargʻona | Nasaf Qarshi |
| 2007 | Paxtakor | Kuruvchi | Mash’al Mubarak |
| 2008 2 | Bunyodkor | Paxtakor | Neftchi Fargʻona |
| 2009 | Bunyodkor | Paxtakor | Nasaf Qarshi |
| 2010 | Bunyodkor | Paxtakor | Nasaf Qarshi |
| 2011 | Bunyodkor | Nasaf Qarshi | Paxtakor |
| 2012 | Paxtakor | Bunyodkor | Lokomotiv Tashkent |
| 2013 | Bunyodkor | Lokomotiv Toshkent | Nasaf Qarshi |
| 2014 | Paxtakor | Lokomotiv Tashkent | Nasaf Qarshi |
| 2015 | Paxtakor | Lokomotiv Tashkent | Nasaf Qarshi |
| 2016 | Lokomotiv Tashkent | Nasaf Qarshi | Bunyodkor |
| 2017 | Lokomotiv Tashkent | Nasaf Qarshi | Paxtakor |
| 2018 | Lokomotiv Tashkent | Paxtakor | Navbahor Namangan |
| 2019 | Paxtakor | Lokomotiv Tashkent | Bunyodkor |
| 2020 | Paxtakor | Nasaf Qarshi | AGMK |
| 2021 | Paxtakor | Soʻgʻdiyona | AGMK |
| 2022 | Paxtakor | Navbahor Namangan | Nasaf Qarshi |
| 2023 | Paxtakor | Nasaf Qarshi | Navbahor Namangan |
| 2024 | Nasaf Qarshi | OKMK | Navbahor Namangan |
| 2025 | Neftchi Fargʻona | Paxtakor | Nasaf Qarshi |
| 1Oliy Liga turniri 2Oʻzbekiston Professional futbol ligasi turniri 3Superliga turniri | |||
Sovrindor klublar
| Klublar | Gʻolib | Kumush | Bronza | |||
| Soni | Yil | Soni | Yil | Soni | Yil | |
| Paxtakor (Toshkent) | 16 | 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 | 6 | 1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018, 2025 | 2 | 2011, 2017 |
| Neftchi (Fargʻona) | 6 | 1992, 1993, 1994, 1995, 2001, 2025 | 9 | 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 | 1 | 2008 |
| Bunyodkor | 5 | 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 | 2 | 2007, 2012, 2016 | 2 | 2016, 2019 |
| Lokomotiv (Toshkent) | 3 | 2016, 2017, 2018 | 4 | 2013, 2014, 2015, 2019 | 1 | 2012 |
| Doʻstlik (Toshkent viloyati) | 2 | 1999, 2000 | ||||
| MHSK | 1 | 1997 | 1 | 1995 | 1 | 1996 |
| Navbahor (Namangan) | 1 | 1996 | 1 | 2022 | 10 | 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023, 2024 |
| Nasaf (Qarshi) | 1 | 2024 | 4 | 2011, 2017, 2020, 2023 | 11 | 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022, 2025 |
| Mashʼal (Muborak) | 1 | 2005 | 1 | 2007 | ||
| Nurafshon (Buxoro) | 1 | 1992 | ||||
| Soʻgʻdiyona (Jizzax) | 1 | 2021 | 1 | 1992 | ||
| AGMK (Olmaliq) | 1 | 2024 | 2 | 2020, 2021 | ||
| Qizilqum (Zarafshon) | 1 | 2002 | ||||
Toʻpurarlar
| Mavsum | Oʻyinchi | Klub | Gollar |
|---|---|---|---|
| 1992 | Valeriy Kechinov | Paxtakor (Toshkent) | 24 |
| 1993 | Rustam Doʻrmonov | Neftchi (Fargʻona) | 24 |
| 1994 | Ravshan Bozorov | Neftchi (Fargʻona) | 26 |
| 1995 | Oleg Shatskix | Navbahor (Namangan) | 26 |
| 1996 | Jaʼfar Irismetov | Doʻstlik (Toshkent viloyati) | 23 |
| 1997 | Oleg Shatskix | Navbahor (Namangan) | 34 |
| Jaʼfar Irismetov | Doʻstlik (Toshkent viloyati) | ||
| 1998 | Igor Shkvirin | Paxtakor (Toshkent) | 22 |
| Mirjalol Qosimov | |||
| 1999 | Umid Isoqov | Neftchi (Fargʻona) | 24 |
| Baxtiyor Hamidullayev | Andijon | ||
| 2000 | Jaʼfar Irismetov | Doʻstlik (Toshkent viloyati) | 45 |
| 2001 | Umid Isoqov | Neftchi (Fargʻona) | 28 |
| 2002 | Baxtiyor Hamidullayev | Andijon | 22 |
| 2003 | Marsel Idiatulin | Qizilqum | 26 |
| Shuhrat Mirxoldorshoyev | Navbahor (Namangan) | ||
| 2004 | Shuhrat Mirxoldorshoyev | Navbahor (Namangan) | 31 |
| 2005 | Anvar Soliyev | Paxtakor (Toshkent) | 29 |
| 2006 | Pavel Solomin | Traktor (Toshkent) | 21 |
| 2007 | Ilhom Moʻminjonov | Bunyodkor | 21 |
| 2008 | Server Jeparov | Bunyodkor PFK | 19 |
| 2009 | Rivaldo | Bunyodkor (Toshkent) | 20 |
| 2010 | Alisher Xoliqov | Neftchi (Fargʻona) | 13 |
| Nosir Otaqoʻziyev | AGMK | ||
| 2011 | Miloš Trifunović | Bunyodkor | 17 |
| 2012 | Anvar Berdiyev | Neftchi (Fargʻona) | 19 |
| 2013 | Oleksandr Pishchur | Bunyodkor | 19 |
| 2014 | Artur Gevorkyan | Nasaf (Qarshi) | 18 |
| 2015 | Igor Sergeyev | Paxtakor (Toshkent) | 24 |
| 2016 | Temirxoʻja Abduxoliqov | Lokomotiv (Toshkent) | 22 |
| 2017 | Marat Bikmayev | Lokomotiv (Toshkent) | 27 |
| 2018 | Tiago Bezerra | Paxtakor (Toshkent) | 17 |
| 2019 | Dragan Ceran | Paxtakor (Toshkent) | 23 |
| 2020 | Dragan Ceran | Paxtakor (Toshkent) | 21 |
| 2021 | Dragan Ceran | Paxtakor (Toshkent) | 16 |
| 2022 | Dragan Ceran | Paxtakor (Toshkent) | 20 |
| 2023 | Dragan Ceran | Paxtakor (Toshkent) | 13 |
| 2024 | Dragan Ceran | Paxtakor (Toshkent) | 13 |
| 2025 | Igor Sergeyev | Paxtakor (Toshkent) | 20 |
Homiylar
Dastlabki yillarda Oʻzbekiston chempionatining titul homiysi boʻlmagan. OʻzPFL 2017-yildan boshlab bu borada jiddiy ish olib bora boshladi va 2018-yilgi mavsumda Pepsi shirkati Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy boʻldi. OʻzPFL 2019-yildan boshlab asosiy homiy sifatida Coca-Cola bilan ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni shu sababli Coca-Cola Superliga deb yuritilgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan „Artel“ shirkati 2026-yil oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi.
Mukofotlar
Kubok
Superligada ikkita kubok mavjud – haqiqiy kubok (amaldagi chempionlar qoʻlida) va zaxira nusxasi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkita klub haligacha Ligada gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega boʻlgan taqdirda, sovrinni qoʻlga kiritgandan keyin bir necha daqiqa ichida topshirish uchun ikkita kubok oʻtkaziladi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkitadan ortiq klub chempionlik uchun kurashayotgan kamdan-kam hollarda, avvalgi klub yutgan nusxadan foydalaniladi.
Yana qarang
- Osiyo Chempionlar Ligasi
- Oʻzbekiston Kubogi
- Oʻzbekiston Liga Kubogi
- Oʻzbekiston Superkubogi
- Oʻzbekiston Pro Ligasi
- Oʻzbekiston U19 chempionati
- Oʻzbekiston U21 chempionati
- Coca-Cola Students Cup
- Oʻzbekiston DXX futbol kubogi
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oʻzbekiston superligasi haqida ma’lumot. oʻzbekiston superligasi nima? oʻzbekiston superligasi nimani anglatadi?
