Temurxoʻja ZoirovichAbduxoliqov (1991-yil 25-sentyabr, Toshkent) – oʻzbek futbolchisi, „Bunyodkor“ klubi va Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Temurxoʻja Zoirovich Abduxoliqov | ||
| Tavallud sanasi | 25-sentyabr 1991-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 188 m (616 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bunyodkor | ||
| Raqami | 11 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2009—2011 | Bunyodkor-2 | 9 | (2) |
| 2011—2014 | Paxtakor | 64 | (22) |
| 2014 | HNK Hajduk Split | 10 | (1) |
| 2015—2016 | Lokomotiv | 50 | (30) |
| 2017—2018 | Al-Sailiya SC | 32 | (17) |
| 2018—2019 | Lokomotiv | 37 | (17) |
| 2019 | Khor Fakkan | 7 | (0) |
| 2020—2021 | Lokomotiv | 44 | (20) |
| 2022 | Qizilqum | 23 | (13) |
| 2023 | Navbahor | 20 | (3) |
| 2024— | Bunyodkor | 33 | (8) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2012—2013 | Oʻzbekiston U-23 | 9 | (3) |
| 2012—2021 | Oʻzbekiston | 18 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 28-iyun uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 12-oktyabr uchun) | |||
Klubdagi faoliyati
Professional futboldagi debyutini 2009-yilda Bunyodkorning ikkinchi jamoasida oʻtkazgan. Abduxoliqov unda 3 mavsum oʻtkazib, 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
2011-yilda poytaxtning „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtgan. Yangi klub uchun debyut uchrashuvi 2011-yil 5-mart kuni „Qizilqum“ga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda ham 88-daqiqada gol urgan. Ikkinchi golini 2011-yilning 16-martida AFC Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Qatar Al-Saddga qarshi oʻyinda kiritdi.
2014-yil 10-fevralda Abduxoliqov Splitdan Xorvatiyaning „Xayduk“ klubiga oʻtgan. 2015-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi safiga oʻtgan va 216-yilgi mavsum soʻngigacha temiryoʻlchilari safida oʻynagan. Temurxoʻja turli yillarda keyinchalik, 2018—2019, 2020—2021-yilgi mavsumlarda ham „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida 87 ta gol bilan Marsel Idiatullinning rekordini yakunlab klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2017-yilgi mavsumda Qatarning „Al Sayliya“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019-yilgi mavsum ikkinchi davrasida BAAning „KhorFakkan“ jamoasi oʻtgan. 2022-yilgi mavsumda Lokomotiv jamoasi bilan hayrlashibNavoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum davomida 23 ta oʻyinda ishtirok etdi va 13 ta gol muallifi boʻlgan.
2023-yilgi mavsum avvalida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum yakunida oʻzi uchun muvaffaqiyatsiz oʻtkazdi va 24 ta oʻyinda 3 ta gol muallifiga aylandi. 2024-yil yanvar oyida faoliyatini boshlagan dastlabki klubi, Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati
U Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2012-yilning 25-fevral kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:4) debyut qilgan.
Terma jamoa uchun gollar
| № | sana | Joy | Raqib | Tekshirish | Natija | Turnir |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2017-yil 6-iyun | Bunyodkor, Toshkent, Oʻzbekiston | Tailand | 1–0 | 2–0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
| 2. | 2019-yil 7-iyun | Milliy, Toshkent, Oʻzbekiston | Shimoliy Koreya | 2–0 | 4–0 | |
| 3. | 2021-yil 15-fevral | Theyab Awana Stadium, Dubay, BAA | Iordaniya | 2–0 | 2–0 |
Yutuqlari
- Oʻzbekiston chempioni (4): 2011, 2012, 2016, 2018.
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 2011, 2016
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 2019
- Xorvatiya chempionati uchinchi oʻrin: 2014
- Oʻzbekiston Superligasi toʻpurarlari (1): 2016 (22 ta gol)
- Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi – 137 ta gol
Klub statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Boshqa | Osiyo/Yevropa | Natija | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Bunyodkor | 2009/2010 | — | — | — | — | — | |||||
| Paxtakor | 2011 | 24 | 3 | 6 | 0 | — | 5 | 1 | 35 | 4 | |
| 2012 | 21 | 13 | 6 | 3 | — | 5 | 2 | 32 | 18 | ||
| 2013 | 19 | 6 | 4 | 3 | — | 6 | 1 | 29 | 10 | ||
| Jami | 64 | 22 | 16 | 6 | — | 16 | 4 | 96 | 32 | ||
| Hajduk (Split) | 2013/14 | 9 | 1 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 9 | 1 | |
| 2014/15 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
| Jami | 11 | 1 | 1 | 0 | — | — | 13 | 1 | |||
| Lokomotiv Tashkent | 2015 | 21 | 8 | 7 | 3 | 1 | 1 | 6 | 1 | 34 | 12 |
| 2016 | 29 | 22 | 7 | 6 | — | 10 | 3 | 46 | 31 | ||
| Jami | 50 | 30 | 14 | 9 | 1 | 1 | 16 | 4 | 81 | 44 | |
| Al-Sailiya SC | 2016/17 | 10 | 7 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 10 | 7 | |
| 2017/18 | 22 | 10 | 2 | 2 | — | 0 | 0 | 24 | 12 | ||
| Jami | 32 | 17 | 2 | 2 | — | 0 | 0 | 34 | 19 | ||
| Lokomotiv Tashkent | 2018 | 17 | 6 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 18 | 6 | |
| 2019 | 15 | 10 | 1 | 1 | 1 | 1 | 6 | 5 | 22 | 16 | |
| Jami | 32 | 16 | 2 | 1 | 1 | 1 | 6 | 5 | 41 | 23 | |
| Khorfakkan | 2019/2020 | 7 | 0 | 0 | 0 | — | — | 7 | 0 | ||
| Jami | 7 | 0 | 0 | 0 | — | — | 7 | 0 | |||
| Lokomotiv Tashkent | 2020 | 21 | 6 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | 22 | 6 | |
| 2021 | 23 | 14 | 4 | 1 | — | — | 27 | 15 | |||
| Jami | 44 | 20 | 4 | 1 | — | 1 | 0 | 49 | 21 | ||
| Qizilqum | 2022 | 23 | 13 | 5 | 2 | — | — | 28 | 15 | ||
| Navbahor | 2023 | 24 | 3 | 6 | 1 | — | 7 | 0 | 37 | 4 | |
| Jami | 47 | 16 | 11 | 3 | — | 7 | 0 | 65 | 19 | ||
| Bunyodkor | 2024 | 24 | 3 | 5 | 3 | — | — | ||||
| 2025 | 25 | 8 | 3 | 0 | — | — | |||||
| Jami | 49 | 11 | 8 | 3 | — | — | 57 | 14 | |||
| Jami faoliyat | 336 | 133 | 58 | 25 | 2 | 2 | 46 | 13 | 442 | 173 | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, temurxoʻja abduxoliqov haqida ma’lumot. temurxoʻja abduxoliqov nima? temurxoʻja abduxoliqov nimani anglatadi?