Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hikmatjon Husanovich Hoshimov (Ҳикматжон Ҳусанович Ҳошимов; 1979-yil 12-noyabr) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida yarim himoyach

Hikmat Hoshimov

Vikipediyada ismi Hikmat va familiyasi Hoshimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Hikmatjon Husanovich Hoshimov (Ҳикматжон Ҳусанович Ҳошимов; 1979-yil 12-noyabr) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida ishtirok etgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniri ishtirokchisi.

Hikmat Hoshimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hikmat Hoshimov
Tavallud sanasi 12-may 1979-yil (1979-05-12) (46 yosh)
Tavallud joyi Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Boʻyi 182 m (597 ft 1 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 79
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 MHSK 4 (0)
1999—2001 Doʻstlik - (0)
2001—2002 Soʻgʻdiyona 43 (4)
2003—2004 Metallurg 54 (12)
2005 Lokomotiv 20 (0)
2006 Andijon 30 (2)
2007 Nasaf 29 (3)
2008—2010 Metallurg 72 (13)
2010 Bunyodkor 12 (0)
2011—2017 Metallurg 202 (7)
Milliy terma jamoa
2006—2008 Oʻzbekiston 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020 uchun)

Futbolchilik faoliyati

Hikmat Hoshimov 18 yoshida Toshkentning MHSK klubi asosiy jamoasi tarkibida futbol oʻynashni boshlagan. 1999-yilgi mavsum boshida „Doʻstlik“ klubi tarkibiga oʻtgan va ikki mavsum davomida klubning oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2001-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan va klubning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. Hikmat keyinchalik faoliyati davomida „Lokomotiv“ (Toshkent), „Andijon“, „Nasaf“ va „Bunyodkor“ klublarida oʻynagan.

Hoshimov faoliyatining turli yillarida, uzoq muddat Bekobodning „Metallurg Bekobod“ jamoasi tarkibida oʻynagan va Oʻzbekiston chempionatlarida ushbu klub safida 300 ga yaqin oʻyin oʻtkazgan.

Milliy terma jamoa

2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasining oʻsha davrdagi bosh murabbiyi Rauf Inileyev Hoshimovni terma jamoaga jalb etgan. Futbolchi terma jamoadagi debyut oʻyinini 2007-yil 7-fevralda Ozarbayjon jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2007-yil 23-martda Tayvan terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi oʻzining birinchi golini urgan.

2007-yilning iyul oyida Hoshimov Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etgan. Turnirda davomida bitta oʻyinda maydonga tushgan.

Milliy terma jamoa safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan, shuningdek, ikkita norasmiy oʻyinda ham ishtirok etgan.

Yutuqlari

Oʻzbekiston Oliy ligasi Chempioni: (3) 1999, 2000, 2010

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (2) 2000, 2010

Shaxsiy hayoti

Angliya Premier Ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisi — Abduqodir Husanov Hikmat Hoshimovning oʻgʻli hisoblanadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hikmat hoshimov haqida ma’lumot. hikmat hoshimov nima? hikmat hoshimov nimani anglatadi?

Yuqori