Aral samali (qoraqalpoqcha: «Aral Samali» No'kis futbol klubı/«Арал Самали» Нөкис футбол клубы) – Oʻzbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida faoliyat koʻrsatgan sobiq oʻzbek va qoraqalpoq futbol klubi.
![]() | |
| Toʻliq nomi | Aral samali futbol klubi |
|---|---|
| Laqabi | Orolliklar Orol shamoli |
| Asos solingan | 1976-yil |
| Tugatilgan | 2022-yil |
| Turan stadioni | |
| Sigʻimi | 9.300 |
| Bosh direktor | Dauletmurod Bekmurodov |
| Bosh murabbiy | Temur Turdiev |
| Liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
| Oʻrni | 10-oʻrin |
Aral samali yoki Orol shamoli jamoasi Qoraqalpogʻistondagi eng qadimgi va eng mashhur klubi hisoblanadi. Orol dengizi nomi bilan atalgan (Orol – qisqartirilgan nom).
Tarixi
Qoraqalpogʻistondagi birinchi futbol klubi 1976-yil Nukusda „Amudaryo“ (shahar va respublika hududidan oqib oʻtuvchi daryo sharafiga) nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, u 1989-yilgacha shu nom ostida SSSR futbol musoboqalarida ishtirok etgan.
1976—1984-yillarda u SSSR Ikkinchi ligasida ishtirok etgan, ammo bu yillar davomida unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagan. SSSR Ikkinchi ligasidagi eng yaxshi yutugʻini 1978-yilda (14-oʻrin) qoʻlga kiritgan. 1984-yilda jamoa Ikkinchi liga turnir jadvalida soʻnggi, 20-oʻrinni egallaga va SSSR musoboqalarini tark etgan. Keyinchalik jamoa 1985—1989-yillar oraligʻida Oʻzbekiston SSR musobaqalarida oʻynashni davom ettirgan va Oʻzbekiston SSR chempionati va kubogida ishtirok etgan.
1990 va 1991-yilgi mavsumlarda u SSSR Ikkinchi quyi ligasida qatnashib, 10 va 11-oʻrinlarni egallagan. 1990-yilda klub „Aralvodstroevets“, 1991-yildan 1999-yilgacha esa „Orol“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan.
SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991-yilning ikkinchi yarmida) Oʻzbekiston milliy chempionati 1992-yildan oʻtkazila boshlangan.
Oʻzbekiston oliy ligasining debyut mavsumida „Orol“ klubi ham mamlakatning 16 ta jamoasi qatori Oliy ligadan oʻrin olgan. Natijada Superliganing debyut mavsumida jamoa 14-oʻrinni egallagan. 1994-yili „Orol“ klubi turnir jadvalida 15-oʻrinni egallab, birinchi ligaga tushib ketgan. Nukus klubi 1994-yilgi mavsumni qoʻshganda 3 mavsum davomida Oliy ligada ishtirok etgan va Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketgan. Oʻzbekiston Birinchi ligasida 1995-yildan 1999-yilgacha ishtirok etgan. 1999-yilgi mavsum Orol ligada 9-oʻrinni egallaganiga qaramay, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining har bir viloyatdan oliy ligada kamida bittadan jamoa boʻlishi toʻgʻrisidagi qarori va ligadagi jamoalarni oshirilishi sababli reglamentda koʻzda tutilmagan holda Oliy ligaga yoʻl olgan.
2000—2005-yillarda „Turon“ nomi ostida Oʻzbekiston musoboqalarida ishtirok etgan. 2000 va 2001-yilgi mavsumlarda Turan (Turon) nomi ostida Oliy ligada ishtirok etgan. Oliy ligaga qaytgan dastlabki mavsumida jamoa 15-oʻrinni egallagan. 2001-yilgi mavsumda klub tarkibi kuchsizlanishi sababli 17-oʻrinni egallagan va yana quyi ligaga tushib ketgan. 2002-yilgi mavsumda jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasida 12-oʻrinni egallab oʻz oʻrnini saqlab qolganiga qaramay, moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2003-yilgi mavsumda jamoa birinchi ligadagi ishtirokini toʻxtatgan.
2003-yildan 2006-yilgacha klub moliyaviy qiyinchilik sababli Oʻzbekiston ikkinchi liga baxslari, Qoraqalpogʻiston mintaqaviy ligasida ishtirok etgan. 2006-yilda Nukus klubi Oʻzbekiston ikkinchi ligasining final bosqichi, oʻtish turnirida ishtirok etgan xolda Oʻzbekiston Birinchi ligasi yoʻllanma olgan. Professional ligaga toʻrt yillik tanafusdan keyin qaytgan jamoa 2007-yildan Jayhun nomi ostida Oʻzbekiston birinchi liga oʻyinlarida ishtirok eta boshlagan. 2012-yildan 2019-yilgacha Orol nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 2020-yilgi mavsum klub nomi „Aral samali“ deb oʻzgartirilgan. 2022-yilgi mavsum soʻngida klub moliyaviy muammolar sababli Oʻzbekiston Pro ligasidagi ishtirokini va professional klub sifatidagi faoliyatini toʻxtatgan.
2021-yilda jamoa Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etadi.
Nomlar oʻzgarishi
| 1976—1989 | Amudaryo Nukus |
| 1989—1990 | Aralvodstroevets |
| 1991—1999 | Orol Nukus |
| 2000—2005 | Turan (oʻzbekcha: Turon / Турон) |
| 2006 | NOZSK |
| 2007—2011 | Jayhun Nukus |
| 2012—2019 | Orol |
| 2020—2022 | Aral samali |
Aral samali jamoasi haqida qiziqarli faktlar
1. 1976-yili Nukusda „Amudaryo“ jamoasi tuzildi va shundan soʻng klubning nomi 6 marta oʻzgargan.
2. 1990-yili „Aralvodstroevets“, 1991-yildan 1999-yilgacha „Orol“, 2000-yildan 2006-yilgacha „Turon“, 2006-yili „NOZK“, 2007-yili „Jayhun“ deb oʻzgargan boʻlsa, 2012-yildan 2020-yilgacha yana „Orol“ nomi ostida faoliyat yuritgan. 2020-yildan „Aral samali“ yoki „Orol Shamoli“ nomi ostida faoliyat olib borgan.
3. Nukusliklar 1992—1994 va 2000—2001-yillar mavsumida Oliy ligada harakat qilgan boʻlsa, 1995—1999 va 2002, 2007—2018 va 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan. 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston birinchi ligada o'ynagan. 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston ikkinchi ligasi, mahalliy Qoraqalpogʻiston ligasida ishtirok etgan.
4. Klub 1976-yildan 1984-yilgacha va 1990—1991-yillar davomida Sovet Ittifoqining ikkinchi ligasida oʻynagan.
5. 1991-yili Nukus klubi Sovet Ittifoqining Ikkinchi ligasi 9-hududida 11-oʻrinni egallagan. Bu klubning Sobiq Ittifoq davridagi eng yaxshi natijasidir.
6. 1993-yili „Orol“ jamoasi Oliy ligada 11-oʻrin bilan chempionatni yakunlagan. Bu klubning chempionatdagi eng yuqori natijasidir.
7. „Orol“ning bugungi kundagi uy stadioni hisoblanadigan „Turon“ oʻz bagʻriga 9300 muxlisni sigʻdira oladi.
8. Nukusliklar Oliy liga doirasida „Paxtakor“ga qarshi oʻz maydonlarida kechgan 5 oʻyinning 3 tasida gʻalaba qozonishgan.
9. Rossiyaning „Kuban“ jamoasini bir necha yil boshqargan mashhur mutaxassis Vladimir Aleksandrovich Brajnikov 1982—1983-yillarda Nukusning „Amudaryo“ jamoasida bosh murabbiy boʻlgan.
10. Oʻz vaqtida „Paxtakor“, „Buxoro“ va „Neftchi“ kabi jamoalar darvozalarini qoʻriqlab 2 marta Oʻzbekiston chempioni boʻlgan Denis Ivankov faoliyatini 1990-yili „Orol“ jamoasida boshlagan.
11. „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan murabbiy Ravshan Haydarov futbolchilik faoliyatida 1988—1989-yillar davomida Nukusning „Aralvodstroevets“ jamoasi safida 72 oʻyinda 10 ta golga mualliflik qilgan.
12. Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Lobanov 2011-yili Nukusning „Jayhun“ jamoasi tarkibida Birinchi ligada toʻp surgan.
13. Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan mashhur darvozabon Berdax Allaniyazov 1991—1994 va 2000-yili nukusliklar sharafini Oliy ligada himoya qilgan. Berdax terma jamoa tarkibida 8 oʻyin oʻtkazgan.
14. Qoraqalpoq futboli faxri hisoblanadigan Neʼmatullo Quttiboyev „Orol“ jamoasi safida Sobiq Ittifoq Ikkinchi ligasi va Oʻzbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida 37 ta gol urgan.
15. Nematullo Quttiboev Oʻzbekiston terma jamoasida eng koʻp gol urgan qoraqalpogʻistonlik futbolchi hisoblanadi. U terma jamoa libosida 14 oʻyinda 5 ta golga mualliflik qilgan.
Mahalliy musobaqalar
| Mavsum | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Div. | Oʻrin | Oʻ | Y | D | M | UG | OʻG | O | Futbolchi | gol | |||
| 1992 | Oʻzbekiston Oliy ligasi | ||||||||||||
| 1993 | |||||||||||||
| 1994 | |||||||||||||
| 1995 | Oʻzbekiston Birinchi ligasi | ||||||||||||
| 1996 | |||||||||||||
| 1997 | |||||||||||||
| 1998 | |||||||||||||
| 1999 | |||||||||||||
| 2000 | Oʻzbekiston Oliy ligasi | ||||||||||||
| 2001 | |||||||||||||
| 2002 | Oʻzbekiston Birinchi ligasi | ||||||||||||
| 2003 | Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi | ||||||||||||
| 2004 | |||||||||||||
| 2005 | |||||||||||||
| 2006 | |||||||||||||
| 2007 | Oʻzbekiston Pro ligasi | ||||||||||||
| 2008 | |||||||||||||
| 2009 | |||||||||||||
| 2010 | |||||||||||||
| 2011 | |||||||||||||
| 2012 | |||||||||||||
| 2013 | |||||||||||||
| 2014 | |||||||||||||
| 2015 | |||||||||||||
| 2016 | |||||||||||||
| 2017 | |||||||||||||
| 2018 | |||||||||||||
| 2019 | Oʻzbekiston Birinchi ligasi | 3 | 20 | 10 | 3 | 7 | 34 | 34 | 33 | Ikkinchi bosqich | |||
| 2020 | Oʻzbekiston Birinchi ligasi | 8 | 17 | 7 | 4 | 6 | 33 | 29 | 38 | Ishtirok etmagan | Navroʻz Alimov | 11 | |
| 2021 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 8 | 20 | 3 | 6 | 11 | 21 | 27 | 15 | Guruh bsoqichi | Navroʻz Alimov | 6 | |
| 2022 | 10 | 26 | 4 | 2 | 20 | 15 | 97 | 14 | Ikkinchi bosqich | Arislan Yusupbaev | 3 | ||
Klub ramzlari
Stadion
Jamoaning uy arenasi 9300 tomoshabinga moʻljallangan "Turon" stadionidir.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Oliy Ligasi:11-oʻrin (1): 1993-yil
- Oʻzbekiston kubogi: 1/8 final bosqichi (4): 1993, 1997, 1998, 2008
- Oʻzbekiston Birinchi Ligasi: 4-oʻrin (2): 2011, 2014
Joriy tarkibi
- 2023-yil 31-mart holatiga.
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U21
U19
Bosh murabbiylar
| Yillar | Bosh murabbiy |
|---|---|
| 1976-yil | Maʼlumot yoʻq |
| 1977-yil | Artyom Falyan |
| 1978-yil | Vitaliy Vitkalov |
| 1979-yil | Yakov Kaprov |
| 1980—1981-yillar | Maʼlumot yoʻq |
| 1982—1983-yillar | Vladimir Brajnikov |
| 1984-yil | Akmal Azizxoʻjayev |
| 1985—1989-yillar | Maʼlumot yoʻq |
| 1990—1993-yillar | Jangabay Buranov |
| 1994—2009-yillar | Aniq maʼlumotlar yoʻq |
| 2010—2016 | Nematullo Quttiboev |
| 2016—2017-yillar | Timur Turdiev |
| 2018 - hozirgi kungacha ichida. | Quvvat Tureev |
| 2021—2022 | Timur Turdiev |
Jamoada toʻp surgan mashhur futbolchilar
- Denis Ivankov
- Marat Miftaxutdinov
- / / Oleg Lashnikov
- / Ravshan Haydarov
- Aleksandr Shvidenko
- Nikolay Em
- Ulugʻbek Yunusov
- Berdax Allaniyazov
- Nematullo Quttiboev
- Qodir Ibrohimov
- Xenis Jumaboev
- Timur Iskanderov
- Asqar Kazbekov
- Aleksandr Lobanov
- Albert Yafarov
Yana qarang
- Toʻrtkoʻlchi
- Aral
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, aral samali haqida ma’lumot. aral samali nima? aral samali nimani anglatadi?
