Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anvar Toʻxtayevich Berdiyev (1978-yil 11-mayda, Muborakda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Neftchi futbol k

Anvar Berdiyev

Vikipediyada ismi Anvar va familiyasi Berdiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Anvar Toʻxtayevich Berdiyev (1978-yil 11-mayda, Muborakda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Neftchi futbol klubida seleksioner murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Anvar Berdiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvar Toʻxtayevich Berdiyev
Tavallud sanasi 11-may 1978-yil (1978-05-11) (47 yosh)
Tavallud joyi Muborak Qashqadaryo viloyati OʻzSSR
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi (Seleksioner murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994 Temiryoʻlchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—1995 Temiryoʻlchi - (-)
1995—1996 Mashʼal 48 (11)
1997—1999 Nasaf 45 (33)
2000—2013 Neftchi 345 (164)
2013—2015 Bunyodkor 22 (5)
2016—2018 Andijon 33+ (11)
2018 Neftchi 12 (1)
2019 Istiqlol 6 (3)
Total 511 (238)
Milliy terma jamoa
1998—2003 Oʻzbekiston 5 (2)
Boshqargan klublari
2019 Istiqlol (yordamchi)
2020—2021 Istiqlol
2021 Buxoro (yordamchi)
2021—2022 Turon (yordamchi)
2022—2023 Turon
2023—2024 Shoʻrtan (yordamchi)
2024—2025 Shoʻrtan
2025— Neftchi (Seleksioner murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anvar Berdiyev futbolchilik faoliyatini katta qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Superligasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.

Faoliyati

Futbolchi sifatida

Anvar Berdiyev mehnat faoliyatini Temiryoʻlchida boshlagan. „Mashal“ va „Nasaf“ klublarida oʻynagan. 2000-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtib, eng katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2001-yilda u Oʻzbekiston chempioni, 2012-yilda esa chempionatning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi. 2012-yil 29-dekabrda IFFHS hali ham faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiyev faoliyati davomida 433 ta oʻyinda 205 ta gol urgan holda roʻyxatda 18-oʻrinni egalladi2012-yil 31-dekabrda IFFHS oʻzining yangilangan roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiev 240 gol bilan 326 nafar futbolchi orasida 296-oʻrinni egalladi.

1998-yil 24-aprelda Ozarbayjonga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi. Hammasi boʻlib 5 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi.

Anvar Berdiyev 225 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlaridan hisoblanadi (2018-yil 23-oktyabr holatiga koʻra). 2012-yilning 13-sentyabr kuni „Qizilqum“ga qarshi oʻyinda 199 va 200-gollarni kiritdi va Oʻzbekiston chempionatida Zafar Xolmurodovdan keyin 200ta gol urgan ikkinchi futbolchi boʻldi.

2013-yil 28-iyun kuni Anvar Toʻxtayevich „Neftchi“ni tark etib, „Bunyodkor“ klubiga oʻtdi va u bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. 2015-yilning yozida u „Bunyodkor“ni tark etdi va „Andijon“ bilan shartnoma imzoladi. „Andijon“ safida 11ta oʻyinda maydonga tushgan Berdiev 7ta gol urdi va „Andijon“ning Oʻzbekiston ligasida qolishiga katta hissa qoʻshdi. U 7 ta gol bilan „Andijon“ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2018-yilning yanvar oyida Berdiev yana „Neftchi“ klubi tarkibiga qaytgan. 2018-yilning 12-iyun kuni u Oʻzbekiston Superligasidagi Andijon jamoasi safida 500-rasmiy oʻyinini oʻtkazib, 88-daqiqada „Neftchi“ darvozasini ishgʻol qilgan.

2019-yilda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

2019-yilning avgust oyida Berdiyev futbolchilik faoliyatini yakunlagani va murabbiylik faoliyatini Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida Sergey Lebedevga yordamchi murabbiy sifatida boshlaganini eʼlon qildi.

2023-yildan 2025-yilgacha Shoʻrtan klubi Bosh murabbiyi boʻlgan. 2025-yil 9-iyunda „Neftchi“ klubining seleksioner murabbiyi sifatida tayinlangan.

Yutuqlar

Futbolchi sifatida

  • Oʻzbekiston chempioni (2): 2001, 2013
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (5): 2000, 2002, 2003, 2004, 2006
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2013
Shahsiy yutuqlar
  • Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012 (19 ta gol)
  • Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anvar berdiyev haqida ma’lumot. anvar berdiyev nima? anvar berdiyev nimani anglatadi?

Yuqori