Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻzbekiston Superkubogi – futbol boʻyicha Oʻzbekiston turnirlaridan biri. Ushbu turnir bitta oʻyindan iborat boʻlib, unda oʻtgan yilgi mavsumdagi Oʻzbekiston Ku

Oʻzbekiston Superkubogi

Oʻzbekiston Superkubogi – futbol boʻyicha Oʻzbekiston turnirlaridan biri. Ushbu turnir bitta oʻyindan iborat boʻlib, unda oʻtgan yilgi mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Superliga gʻolibi toʻqnashadi. Agarda Kubok va Superligani bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Superligada 2-oʻrinni egallagan klub, Superliga gʻolibiga qarshi oʻynaydi.

Oʻzbekiston Superkubogi
Tashkiliy organ Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Asos solindi 1999-yil
2014-yilda qayta tiklangan
Hudud Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Jamoalar soni 2
Hozirgi chempionlar Nasaf
(3-sovrin)
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) Nasaf
(3 ta sovrin)
Telekoʻrsatuvchilar Oʻzbekiston OʻzMTRK (Sport TV)
Vebsayt Rasmiy sayti
Futbol boʻyicha 2026-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi.

Tarixi

1999-yilda ilk bor tashkil etilgan. Kubokning ilk bahslari 1999-yilda Fargʻonadagi „Markaziy“ stadionida 6000 muxlis qarshisida Namanganning „Navbahor“ (1998-yilgi Kubok gʻolibi) va Toshkentning „Paxtakor“ (1998-yilgi Oliy liga gʻolibi) jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan. 2000-yildan 2014-yilgacha turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2012-yil yanvar oyida OʻzPFL Oʻzbekiston Superkubogini qayta boshlanayotganini eʼlon qildi. Oʻyin 2012-yil 11-mart kuni „Paxtakor“ va „Bunyodkor“ klublari oʻrtasida oʻtkazilishi aytildi. 2012-yil 7-mart kuni OʻzPFL Superkubok oʻyini „Jar“ stadionining yomon sharoiti tufayli bekor qilingani va keyinroq oʻtkazilishi koʻrsatilgan, biroq oʻyin oʻtkazilmagani haqida xabar bergan.

2014-yilning 7-mart kuni Toshkentning „Bunyodkor“ va „Lokomotiv“ jamoalari ishtirokidagi Superkubok oʻyini oʻtkazildi. 2014-yildan 2016-yilgacha oʻtkazilgan. 2017-yil va 2018-yilgi mavsumlarda esa turli sabablarga koʻra oʻtkazilmagan. 2019-yilgi mavsumda Superkubok yana qayta tiklandi. 2020-yil mavsumda musobaqa COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻtkazilmagan. 2021-yildan hozirgacha oʻtkazib kelinmoqda.

Chempionlar

Musobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan klub – Qarshining Nasaf klubi hisoblanadi.

Oʻyinlar

Yil Gʻolib Oʻyindagi hisob Magʻlubiyat Stadion Tomoshabinlar soni
1992—1998 Musoboqa tashkillashtirilmagan
1999 Navbahor (Namangan)

1998-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

4:2 Paxtakor (Toshkent)

1998-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni

Fargʻona Markaziy Stadioni 6.000
2000—2013 Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2014 Bunyodkor (Toshkent)

2013-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni2013-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

2:1 Lokomotiv (Toshkent)

2013-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi ikkinchi oʻrin

Jar Toshkent Stadioni 4.750
2015 Lokomotiv (Toshkent)

2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

4-0 Paxtakor (Toshkent)

2014-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni

Bunyodkor stadioni 7216
2016 Nasaf (Qarshi) 1-0 Paxtakor (Toshkent) Bunyodkor stadioni 4748
2017—2018 Shu yillar oraligʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2019 Lokomotiv (Toshkent) 2-1 AGMK (Olmaliq)

2018-yilgi Oʻzbekiston kubogi sohibi

Paxtakor, Toshkent 18000
2020 Turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2021 Paxtakor (Toshkent) 1-0 Nasaf (Qarshi) Dinamo, Samarqand 5165
2022 Paxtakor (Toshkent) 1-0 Nasaf (Qarshi) Turon, Oʻzbekiston stadioni, Yaypan 7 215
2023 Nasaf (Qarshi) 2-1 Paxtakor (Toshkent) Soʻgʻdiyona stadioni, Jizzax 6 501
2024 Nasaf (Qarshi) 1-1 (4-3) Paxtakor (Toshkent) Bunyodkor stadioni
2025 Nasaf (Qarshi) 1-0 Andijon Bunyodkor stadioni 13,205

Superkubokning Barcha sovrindor jamoalari

Jamoa Gʻolib Finalchi Yutgan yillari Ishtirok etgan yillari
Nasaf 4 2 2016, 2023, 2024, 2025 2021, 2022
Lokomotiv (Toshkent) 2 1 2015, 2019 2014
Paxtakor (Toshkent) 2 4 2021, 2022 1999, 2015, 2016, 2024, 2025
Navbahor (Namangan) 1 1999
Bunyodkor 1 2014
AGMK (Olmaliq) 1 2019
Andijon 1 2025

Barcha davrlardagi toʻpurarlar

Futbolchi Jamoalar Gollar Oʻyinlar
  Dragan Ćeran Paxtakor Toshkent 3 4
  Leonid Koshelev Navbahor Namangan 2 1
  Andrey Akopyans Paxtakor Toshkent 2 1
  Temurxoʻja Abduxoliqov Lokomotiv Toshkent 2 2
  Shuhrat Rahmonqulov Navbahor Namangan 1 1
  Saydullo Tursunov Navbahor Namangan 1 1
  Oleksandr Pishchur Bunyodkor 1 1
  Vohid Shodiyev Bunyodkor 1 1
  Vyacheslav Shevchenko Lokomotiv Toshkent 1 1
  Lutfulla Toʻrayev Lokomotiv Toshkent 1 1
  Ruslan Koryan Lokomotiv Toshkent 1 1
  Marat Bikmayev Lokomotiv Toshkent 1 1
  Artur Gevorkyan Nasaf Qarshi 1 1
  Jovan Đokić Lokomotiv Toshkent 1 1
  Zafar Polvonov AGMK 1 1

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oʻzbekiston superkubogi haqida ma’lumot. oʻzbekiston superkubogi nima? oʻzbekiston superkubogi nimani anglatadi?

Yuqori