Zafar Xolmurodov (1976-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 15-noyabr 1976-yil | ||
| Tavallud joyi | Shahrisabz, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR, USSR | ||
| Boʻyi | 178 sm | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1996—2006 | Nasaf | 224 | (153) |
| 2006 | Mashʼal | 5 | (1) |
| 2007 | Nasaf | 28 | (17) |
| 2008 | Dinamo Samarqand | 7 | (1) |
| 2008 | Nasaf | 12 | (6) |
| 2009 | Mashʼal | 14 | (3) |
| 2009—2010 | Xorazm | 23 | (2) |
| 2010 | Nasaf | 4 | (1) |
| 2011 | Mashʼal | 25 | (9) |
| 2012 | AGMK | 9 | (2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2000—2007 | Oʻzbekiston | 9 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Futbolchilik faoliyati
Qarshi Nasaf
Zafar Xolmurodov faoliyatidagi eng koʻp vaqtini Qarshining „Nasaf“ klubi safida oʻtkazgan, u 1996-yilda asosiy jamoaga kelgan. Zafar Oʻzbekiston Oliy ligasida 377 ta oʻyinda 200 ta gol (2012-yil 22 may holatiga koʻra) urgan birinchi oʻzbekistonlik futbolchi hisoblanadi.
Mashal Muborak
Muborakliklar safiga ilk bor 2006-yilda Mash’al jamoasi Osiyo chempionlar ligasi turnirida ishtirok etish uchun tarkibni kuchaytirgan vaqtida oʻtgan va Xalqaro maydonda 6 uchrashuvda 3 ta gol muallifi bo'lgan. Keyinchalik turli yillarda (2009-yil, 2011-yil) ham Muborakliklar safida o'ynagan.
Olmaliq
2012-yil 25-may kuni Oʻzbekiston oliy ligasining navbatdagi turida „Olmaliq“ jamoasi Bekobodning „Metallurg“ jamoasini o'z maydonida qabul qilgan va Xolmurodov Oliy ligasidagi oʻzining 200-golini kiritgan xolda bu natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylangan. O'yin yakunida Olmaliq klubi 3:2 hisobida gʻalaba qozongan.
2012-yil 29-dekabrda IFFHS amalda faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qilgan. Xolmurodov faoliyati davomida 379 ta uchrashuvda 200 ta gol kiritib, ushbu roʻyxatda 19-oʻrinni egallagan.
Klublardagi statistikasi
| Yillar | Klublar | Oyin/Gol |
|---|---|---|
| 1996 | Hisor | |
| 1997—2006 | Nasaf | 224 (153) |
| 2006 | Mashal | 5 (1) |
| 2007 | Nasaf | 28 (17) |
| 2008 | Dinamo (Samarqand) | 7 (1) |
| 2008 | Nasaf | 12 (6) |
| 2009 | Mashal | 14 (3) |
| 2009—2010 | Xorazm | 23 (2) |
| 2010 | Nasaf | 4 (1) |
| 2011 | Mashal | 25 (9) |
| 2012 | Olmaliq | 9 (2) |
Eslatma uchun: Berilayotgan maʼlumotdagi oʻyinlar va gollar soni milliy chempionatga oiddir.
Milliy terma jamoada
Zafar terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 18-mayida Tailandga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Xomurodov milliy terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
2012-yilgi mavsumdan soʻng Xolmurodov futbolchilik faoliyatini yakunlab, Qarshining „Nasaf“ klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Yutuqlari
Klub bilan
- Oʻzbekiston Superligasi 3- oʻrin sohibi (5): 2000, 2001, 2005, 2006, 2010
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2003-yil
Shaxsiy
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 2-oʻrin: 2000-yil
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi toʻpurari 2-oʻrin: 2000-yil
- Gennadiy Krasnitskiy klubi: 238 gol
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, zafar xolmurodov haqida ma’lumot. zafar xolmurodov nima? zafar xolmurodov nimani anglatadi?