Metalurg futbol klubi – Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 1945-yilda tashkil etilgan futbol jamoasi. Klub Oʻzbekiston Pro ligasi da ishtirok etadi.
![]() | |||
| Toʻliq nomi | Metalurg Bekobod futbol klubi | ||
|---|---|---|---|
| Laqabi | Konchilar, Metallurgchilar | ||
| Asos solingan | 1945 (2026-yil qayta tashkil etilgan) | ||
| Stadioni | Metallurg (Stadion, Bekobod) | ||
| Sigʻimi | 15,000 | ||
| Jamoa egasi | Oʻzmetkombinat | ||
| Bosh direktor | Ulugʻbek Mirzayev | ||
| Bosh murabbiy | Ilhom Moʻminjonov | ||
| Liga | Oʻzbekiston Pro ligasi | ||
| Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Jamoa bosh homiysi va egasi „Oʻzmetkombinat“ aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Klub 1998-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Superligasining doimiy ishtirokchisi boʻlgan.
Tarixi
1945-yilda „Bekobod“ nomi bilan tashkil etilgan. Sovet davrida u SSSR chempionatining Ikkinchi ligasi va Ikkinchi quyi ligasida qatnashgan, bir necha mavsum Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1985 va 1990-yillarda Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi boʻlgan. Bekobod shahrining „Metallurg“ jamoasi tarixi 1945-yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga yetgandan soʻng Oʻzbekistonning metallurglar shahrida millionlar oʻyinini rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. Zero poytaxtdan 150 chaqirim uzoqlikda joylashgan industriya shahri aholisi uchun futbol jamoasi ishtirokidagi oʻyinlar eng yaxshi dam olish vosita sanalgandi. Dastlabki yillarda jamoa asosini N. F. Ruskiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak singari fidoyi insonlar tashkil etgan. Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. „Metallurg“ bekobodlik futbol ishqibozlarining mehrini qozonib kelgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, Sh. Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoa ayniqsa uy uchrashuvlarida qadrdon muxlislari qarshisida hujumkor oʻyin koʻrsatib, peshqadam klublarni ham bir necha marta dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻlgan.
SSSR parchalanganidan soʻng, 1992-yildan Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida ishtirok eta boshladi. 1997-yilgi mavsumda u 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanma oldi.
Oʻshandan beri u mamlakat elita boʻlinmasining doimiy aʼzosi. 2002 va 2018-yillarda 5-oʻrinni egallagan va bu Bekobodning „Metallurg“ jamoasining chempionatlardagi eng yuqori yutugʻi edi.
Klubning tugatilishi va qayta tashkil etilishi
Oʻzmetkombinat 2024-yilgi mavsum yakunida Metallurg klubini moliyalashtirilishin toʻxtatilishini maʼlum qilganidan soʻng 2025-yilgi mavsum avvalida faoliyati klub faoliyati toʻxtatilgan va jamoa tarqatib yuborilgan. 2026-yil 23-yanvarda klub qayta tiklangan.
Jamoa nomlari tarixi
| yillar | Ism |
|---|---|
| 1945—1969-yillar | "Bekobod" |
| 1969—1991-yillar | "Sementchi" |
| 1992—1993-yillar | "Madanchi" |
| 1994-yil - hozirgacha ichida. | "Metallurg" |
Mahalliy musobaqalar tarixi
| Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Div. | Pos. | Pl. | W | D | L | GS | GA | P | Ism | Liga | |||
| 1992 | 2 | 8 | 30 | 13 | 7 | 10 | 45 | 50 | 33 | 1/16 final bosqichi | |||
| 1993 | 2 | 11 | 30 | 8 | 11 | 11 | 35 | 41 | 27 | 1/16 final bosqichi | |||
| 1994 | 2 | 7 | 34 | 15 | 8 | 11 | 66 | 36 | 38 | 1/8 final bosqichi | Ravshan Shukurov | 18 | |
| 1995 | 2 | 10 | 22 | 6 | 3 | 13 | 32 | 53 | 21 | Dastlabki bosqich | |||
| 1996 | 2 | 9 | 52 | 24 | 6 | 22 | 73 | 64 | 78 | Dastlabki bosqich | |||
| 1997 | 2 | 2 | 42 | 27 | 6 | 9 | 95 | 42 | 87 | Dastlabki bosqich | |||
| 1998 | 1 | 13 | 30 | 9 | 7 | 14 | 37 | 50 | 34 | 1/16 final bosqichi | Zuhriddin Akbarov | 6 | Sergey Dotsenko |
| 1999 | 1 | 8 | 30 | 11 | 6 | 13 | 41 | 44 | 39 | 1/16 final bosqichi | Gʻayrat Odilov | 10 | Yakov Kaprov |
| 2000 | 1 | 13 | 38 | 12 | 8 | 18 | 44 | 58 | 44 | Ulugʻbek Roʻzimov | 8 | Rauf Inileyev | |
| 2001 | 1 | 14 | 34 | 9 | 12 | 13 | 42 | 60 | 39 | 1/8 final bosqichi | Noʻmon Nurmatov | 9 | Usmon Asqaraliyev |
| 2002 | 1 | 5 | 30 | 14 | 6 | 10 | 40 | 35 | 48 | 1/8 final bosqichi | Vladimir Baranov | 8 | Rustam Mirsodiqov |
| 2003 | 1 | 13 | 30 | 9 | 5 | 16 | 36 | 69 | 32 | 1/8 final bosqichi | Hikmat Hoshimov | 6 | Valeriy Lyotkin |
| 2004 | 1 | 9 | 26 | 8 | 3 | 15 | 26 | 48 | 27 | 1/16 final bosqichi | Hikmat Hoshimov | 6 | Rustam Mirsodiqov |
| 2005 | 1 | 11 | 26 | 9 | 2 | 15 | 32 | 47 | 29 | Dastlabki bosqich | Islom Choriyev | 7 | Eldor Sakayev |
| 2006 | 1 | 14 | 30 | 7 | 7 | 16 | 36 | 45 | 28 | Chorak final | Bahrom Umarov | 11 | Shamil Tolipov |
| 2007 | 1 | 15 | 30 | 6 | 5 | 19 | 32 | 62 | 23 | 1/8 final bosqichi | Zohid Abdullayev | 7 | Shamil Tolipov |
| 2008 | 1 | 7 | 30 | 12 | 6 | 12 | 28 | 34 | 42 | 1/8 final bosqichi | Hikmat Hoshimov | 6 | Rustam Mirsodiqov |
| 2009 | 1 | 12 | 30 | 7 | 10 | 13 | 36 | 49 | 31 | 1/8 final bosqichi | Zohid Abdullayev | 6 | Rustam Mirsodiqov |
| 2010 | 1 | 6 | 26 | 9 | 8 | 9 | 29 | 31 | 35 | 1/8 final bosqichi | Zohid Abdullayev | 7 | Rustam Mirsodiqov |
| 2011 | 1 | 8 | 26 | 9 | 4 | 13 | 35 | 42 | 31 | 1/8 final bosqichi | Ilyos Qurbonov | 8 | Rustam Mirsodiqov |
| 2012 | 1 | 10 | 26 | 8 | 5 | 13 | 32 | 46 | 29 | Chorak final | Zohid Abdullayev | 9 | Rustam Mirsodiqov |
| 2013 | 1 | 7 | 26 | 10 | 3 | 13 | 36 | 44 | 33 | 1/16 final bosqichi | Shahzodbek Nurmatov | 9 | Rustam Mirsodiqov |
| 2014 | 1 | 9 | 26 | 8 | 4 | 14 | 44 | 54 | 28 | 1/8 final bosqichi | Sunnatilla Mamadaliyev | 8 | Rustam Mirsodiqov |
| 2015 | 1 | 9 | 30 | 10 | 6 | 14 | 44 | 38 | 36 | Chorak final | Shahzodbek Nurmatov | 10 | Rustam Mirsodiqov |
| 2016 | 1 | 7 | 30 | 14 | 7 | 9 | 47 | 34 | 49 | Chorak final | Zohid Abdullayev | 18 | Rustam Mirsodiqov |
| 2017 | 1 | 10 | 30 | 12 | 4 | 14 | 40 | 39 | 40 | Uchinchi bosqich | Zohid Abdullayev | 12 | Rustam Mirsodiqov |
| 2018 | 1 | 5 | 32 | 12 | 7 | 13 | 28 | 38 | 43 | 1/16 final bosqichi | Zohid Abdullayev | 7 | Andrey Shipilov |
| 2019 | 1 | 5 | 26 | 9 | 8 | 9 | 33 | 26 | 35 | Ikkinchi bosqich | Zohid Abdullayev | 5 | Andrey Shipilov |
| 2020 | 1 | 7 | 26 | 10 | 6 | 10 | 30 | 30 | 36 | Chorak final | Shaxzod Ubaydullaev | 8 | Andrey Shipilov |
| 2021 | 1 | 11 | 26 | 8 | 1 | 17 | 22 | 35 | 25 | 1/8 final | Damir Temirov | 4 | Andrey Shipilov Luisma Hernández |
| 2022 | 1 | 10 | 26 | 8 | 8 | 10 | 19 | 27 | 32 | 1/8 final | Shohnazar Norbekov | 7 | Luisma Hernández |
| 2023 | 1 | 10 | 26 | 8 | 6 | 12 | 26 | 35 | 30 | 1/8 final | Zabihillo Oʻrinboyev | 7 | Luisma Hernández Vesco Stesevic |
| 2024 | 1 | 13 | 26 | 3 | 14 | 9 | 22 | 30 | 23 | 1/8 final | Marko Milićković | 6 | Vesco Stesevic |
Ayollar jamoasi
„Metallurg-Women“ tarixi
Toshkent viloyatining industriya shaharlaridan biri – Bekobodda ayollar futboliga asos solinganiga unchalik koʻp boʻlmadi. Ammo qisqa fursat ichida „Metallurg-Women“ mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga aylanib ulgurdi. 2012-yil „Metallurg“ futbol klubi rahbariyati mavsum soʻngida ayollar jamoasini tashkil etish hamda Oʻzbekiston chempionatlarida qatnashish taklifini oldinga tashladi va bu Oʻzbekiston metallurgiya kombinati hissadorlik jamiyati tomonidan qoʻllab quvvatlandi. Natijada 2013-yilgi mavsumdan eʼtiboran „Metallurg-Women“ nomi ostida bekobodlik qizlar mamlakat chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslaridagi ishtirokini boshlashdi. Tashkil etilgan yiliyoq „Metallurg-Women“ning sovrindorlar safiga kirishi futbol jamoatchiligi tomonidan „syurpriz“ – kutilmagan hol deb qabul qilingan boʻlsa, besh yil davomida „Metallurg-Woman“ aslida katta maqsadlar sari dadil qadam tashlayotganligini isbotladi. Keyingi mavsumdayoq ayollar futbolimizdagi ikkinchi musobaqa – Oʻzbekiston kubogidagi yorqin gʻalaba buning isboti boʻldi. Poytaxt viloyati vakillari maqsadlariga bosqichma bosqich, sabr-matonat bilan erishib bordilar. Avvaliga bronza medaliga sazovor boʻlgan „Metallurg-Woman“ keyinchalik Oʻzbekiston kubogini, undan soʻng Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin ikkinchi oʻringa almashdi. Bronza medali sifati kumush medal sifatiga oʻzgardi. Tashkil etilganining beshinchi mavsumini esa bekobodliklar beshga topshirishdi! Oʻzbekiston chempionatlari tarixida misli koʻrilmagan natija qayd etildi. „Metallurg-Woman“ chempionatning barcha – 20 ta uchrashuvida gʻalaba qozonib, bironta ham ochko yoʻqotmadi!!! „Metallurg-Women“ning milliy chempionatlarimizdagi natijalari borasida quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. „Metallurg-Women“ milliy chempionatimizdan tashqari Oʻzbekiston kubogi hamda Superkubogi bahslarida ham zafar quchishgan. Bekobodliklar ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlishgan. 2015-yilgi mavsum finalida „Metallurg-Women“ Qarshining „Sevinch“ jamoasini qoʻshimcha vaqtda 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, 2017-yilgi mamlakat Kubogi finalida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi dogʻda qoldirildi – 3:1. 2016-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi sifatida Superkubok musobaqasida Oʻzbekiston chempioni – „Sevinch“ jamoasi magʻlubiyatga uchratildi. Bu muvaffaqiyatni jamoa 2018-yilda ham takrorladi. Bu safar yangi murabbiylar shtabi boshchiligida bekobodlik qizlar finalda „Bunyodkor-vumen“ni dogʻda qoldirishdi – 2:1. Turli yillarda „Metallurg-Women“ oʻyinchilari mavsum toʻpularlari roʻyxatidan joy egallab kelishmoqda. Jumladan, 2014-yilda Nargiza Abdurasulova (19) ikkinchi natijani koʻrsatdi. 2015-yildan eʼtiboran esa sahnaga „Metallurg-Women“ hujumchisi Lyudmila Karachik koʻtarildi. U 2015-yilda – 66 ta gol bilan chempionatlar rekordi oʻrnatgan boʻlsa, 2016-yilda – 27, 2017-yilda – 42 ta goli bilan karvonboshilikni qoʻldan boy bermadi.
Futzal jamoasi
„Metallurg“ futzal jamoasi tarixi
Bekobod shahriga katta futbol ikkinchi jahon urushidan keyin, 1945-yilda kirib kelgan. Metallurglar shahrida shu nom bilan ataluvchi jamoa tuzildi va u poytaxtdan 150 km uzoqlikda joylashgan kichik shaharcha aholisi uchun asosiy dam olish vositasiga aylandi. Jamoa turli yillarda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, SH.Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoani eng koʻp va samarali boshqargan murabbiylardan biri Rustam Mirsodiqov hisoblanadi. Uning rahbarligida jamoa oʻnta mavsum kuchlilar safidagi mavqeyini saqlab keldi va oliy liga bahslarida ikki marta 5-oʻrinni egallab, eng yaxshi natijani qayd etdi. Aynan ushbu mutaxassis klubga rahbarlik qilib kelgan yillarda Bekobodda futbolning ajralmas qismi – futzalga ham asos solindi. 2016-yili „Metallurg“ PFK qoshida futzal jamoasi ham tuzildi va u mamlakat milliy chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslarida ishtirokini boshladi. Dastlabki mavsumda kuchlilar safida ishtirok etish bekobodliklar uchun oson kechmadi. Biroq gʻayratli, shijotli yoshlarni jamlagan murabbiylar shtabi metallurglar shahrida futbolning bu qiziqarli yoʻnalishining ham shakllanishiga erishdilar.
Stadion
Klub oʻz oʻyinlarini 1960-yildan buyon A.Anoxin nomidagi stadionda oʻtkazib keladi. Dastlab stadion 5000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 2009-yilda stadionni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. 2012-yilning yozida yangi stadion qurilish ishlari yakunlandi va stadion sigʻimi 15 000 tagacha kengaytirildi va stadion nomi „Metallurg“ stadioni nomini oldi. Stadionning tantanali ochilish marosimi 2012-yilning 4-avgust kuni Oʻzbekiston ligasi doirasidagi „Metallurg“ – „Paxtakor“ uchrashuvida 1:2 hisobida yakunlangan edi.
Yutuqlar
SSSR
- Oʻzbekiston SSR kubogi:
- Gʻolib (2 marta): 1985, 1990.
Oʻzbekiston
- Birinchi liga:
- 2-oʻrin (1 marta): 1997-yil
Jamoa tarkibi
Joriy tarkib
- 2026-yil 23-yanvar holatiga
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U21
- 2026-yil 23-yanvar holatiga holatiga
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U19
- 2026-yil 23-yanvar holatiga
Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Klub xodimlari
Boshqaruv hodimlari
| Lavozim | Xodimlar |
|---|---|
| Prezident | Bahodir Abdullayev |
| Bosh direktor | Ulugʻbek Mirzayev |
| Bosh ijrochi direktor | |
| Sport direktori | |
| Texnik direktor | |
| Yoshlar jamoasi kordinatori | |
| Ijrochi direktor | |
| Xavfsizlik boʻyicha ofitser | |
| Matubot kotibi |
- Oxirgi yangilangan: 2025-yil 23-yanvar
- Manba:
Hozirgi murabbiylar shtabi
| Lavozim | Xodimlar |
|---|---|
| Bosh murabbiy | Ilhom Moʻminjonov |
| Bosh murabbiy yordamchisi | |
| Tahlilchi murabbiy | Durbek Umaraliyev |
| Darvozabonlar murabbiyi | Akmal Ortiqov |
| Fitnes murabbiyi | |
| Seleksioner murabbiy |
- Oxirgi yangilangan: 2026-yil 26-yanvar
- Manba:
Klub tarixida iz qoldirganlar
Mashhur futbolchilar
- Andrey Miklyayev
- Murod Aliyev
- Vyacheslav Ponomaryov
- Dilmurod Karimov
- Ivan Nagayev
- Aleksandr Kovalyov
- Kamoliddin Murzoyev
- Murod Zuxurov
- Oleg Belyakov
- Sardor Qobuljonov
- Ulugʻbek Roʻzimov
- Farxod Yoʻldoshev
- Aleksandr Mochinov
- Sergey Lebedev
- Shahzodbek Nurmatov
- Aleksey Jdanov
- Igor Volkov
- Sergey Lushan
- Alisher Toʻychiyev
- Bojan Kaljević
Boshqaruv tarixi
| Davr | Bosh murabbiy | Manba |
|---|---|---|
| 1945—1997 | Aniq maʼlumotlar yoʻq | |
| 1998—1999 | Sergey Dotsenko | |
| 1999—1999 | Yakov Kaprov | |
| 1999—2000 | Usmon Asqaraliyev | |
| 2000—2001 | Valeriy Lyotkin | |
| 2001—2002 | Usmon Asqaraliyev | |
| 2002—2003 | Rustam Mirsodiqov | |
| 2003—2004 | Valeriy Lyotkin | |
| 2004—2004 | Usmon Asqaraliyev | |
| 2004—2006 | Eldor Sakayev | |
| 2006 | Shamil Talipov | |
| 2006—2007 | Eldor Sakayev | |
| 2007 | Shamil Talipov | |
| 2007—2008 | Valeriy Lyotkin | |
| 2008—2017 | Rustam Mirsodiqov | |
| 2018—2021 | Andrey Shipilov | |
| 2021 | Jasur Abduraimov | |
| 2022—2023 | Luisma Hernández | |
| 2023—2024 | Vesco Stesevic | |
| 2024 | Ilyos Qurbonov (vaqticnha) | |
| 2024 | Grigoriy Kolosovskiy | |
| 2024 | Ilyos Qurbonov (vaqticnha) | |
| 2026— | Ilhom Moʻminjonov |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, metallurg bekobod haqida ma’lumot. metallurg bekobod nima? metallurg bekobod nimani anglatadi?
