Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich (1979-yil 21-yanvar; Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik fao

Ilhom Moʻminjonov

Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Moʻminjonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich (1979-yil 21-yanvar; Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng futbol jamoalarida murabbiy bilan shugʻillangan.

Ilhom Moʻminjonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilhom Moʻminjonov Ibrohimovich
Tavallud sanasi 21-yanvar 1979-yil (1979-01-21) (47 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Vazni 75 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg (bosh murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 MHSK 3 (0)
1999—2002 Traktor (Toshkent) 103 (38)
2003 Navbahor 14 (4)
2004—2006 Traktor (Toshkent) 79 (29)
2006—2007 Lokomotiv (Toshkent) 44 (5)
2007 Quruvchi 32 (15)
Milliy terma jamoa
2001—2007 Oʻzbekiston 3 (0)
Boshqargan klublari
2011—2012 NBU-Osiyo
2013 Paxtakor-2
2014 Oʻzbekiston (U-16) assistent
2016 Paxtakor-2
2016—2018 Navbahor
2019 Surxon
2021—2022 Metallurg
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai holi

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Toshkent MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da boshlagan. Keyingi toʻrt mavsumni Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻtkazgan. Yana bir mavsum Namanganning „Navbahor“ jamoasida toʻp surgan. Yana ikki mavsum Toshkentning „Traktor“ jamoasida oʻynay boshlagan.

2006 va 2007-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ va „Toshkent Quruvchi“ (klub nomi 2008-yilda „Bunyodkor“ deb oʻzgartirilgan) jamoalarida oʻynagan.

2007-yilda „Quruvchi“da Oʻzbekiston Oliy ligasi toʻpurari boʻlgan va oʻsha mavsumda Oʻzbekiston chempionati va kubogi kumush medallarini qoʻlga kiritgan.

2001-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ikkita (Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoy terma jamoalariga qarshi); 2007-yilda Estoniya terma jamoasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikki yil davomida Toshkentning „NBU-Osiyo“ (Toshkentning sobiq oʻzbek futbol klubi, Oʻzbekiston Milliy banki jamoasi)klubini, 2013-yilda „Paxtakor-2“ jamoasini boshqargan.

2014-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi aʼzosi boʻlgan. 2016-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi zaxira jamoasi va „Paxtakor-2“ klubini boshqargan. 2016—2018-yillarda Namanganning „Navbahor“ klubi bosh murabbiyi, 2019-yilning yanvar oyidan „Surxon Termiz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan, biroq fevral oyida u besh yilga diskvalifikatsiya qilingan. 2020-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi kafilligi ostida, OʻFA Etika qoʻmitasi qaroriga koʻra diskvalifikasiyasi 2020-yilning 31-dekabriga qadar etib belgilangan.

2021-yilgi mavsumda diskvalifikatsiya muddati yakunlanganidan soʻng Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Dastlabki mavsumidayoq Fargʻona jamoasi Oʻzbekiston Pro ligasidan, Oʻzbekiston Superligasiga qaytardi. 2022-yilgi masvumda „Neftchi“ jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi natijalari yomonligi sababli yoz oyida bosh murabbiylikdan ozod qilingan.

Yutuqlar

Futbolchi sifatida

Murabbiy sifatida

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ilhom moʻminjonov haqida ma’lumot. ilhom moʻminjonov nima? ilhom moʻminjonov nimani anglatadi?

Yuqori