- Vikipediyada ismi Nosirbek va familiyasi Otaqoʻziyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nosir Otaqoʻziyev (ruscha: Отакузиев, Носир; 1984-yil 30-yanvar) – sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida o'ynagan. 2020-yildan Fargʻona futbol federatsiyasi vitse prezidenti.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Nosirbek Otaqoʻziyev | ||
| Tavallud sanasi | 29-dekabr 1984-yil | ||
| Tavallud joyi | Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2001—2003 | Neftchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2003—2009 | Neftchi | 107 | (49) |
| 2010 | Olmaliq | 26 | (13) |
| 2011—2012 | Nasaf | 26 | (8) |
| 2013 | Olmaliq | 10 | (2) |
| 2013 | Guliston | 12 | (3) |
| 2013—2014 | Neftchi | 21 | (6) |
| 2015—2019 | Qoʻqon 1912 | 103 | (25) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2011 | Oʻzbekiston | 2 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Futbolchilik faoliyati
Klub
Faoliyatini 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. Nosir „neftchilar“ safida 2009-yil oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 49 ta gol urgan. 2010-yilgi mavsumda „Olmaliq“ klubi tarkibida oʻynagan va mavsum soʻngida 13 ta gol bilan oliy liganing eng yaxshi ikki toʻpuraridan biriga boʻlgan. 2011-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubiga koʻchib oʻtgan. Mavsum davomida Otaqoʻziyev 2011-yilgi OFK Kubogida 5 ta gol urgan va turnir yakunida Nasaf jamoasi bilan birgalikda chempion boʻlgan. 2013-yilgi mavsumda avvaliga „Olmaliq“ jamoasida, mavsumning ikkinchi qismida „Guliston“ jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasida oʻynagan. 2015-yildan „Qoʻqon-1912“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Qoʻqon-1912 jamoasida 4 mavsum toʻp surgan va 2019-yilgi mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoada
Nosirbek Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari musobaqasida ishtirok etgan. 2011-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita, Chernogoriya va Ukraina terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori:
- 2003, 2004, 2006, 2011-yil
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi:
- 2003, 2011-yil
- OFK kubogi sohibi:
- 2011-yil
- 2010-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasining 13 ta gol bilan toʻpurari (Alisher Xoliqov bilan birga).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nosirbek otaqoʻziyev haqida ma’lumot. nosirbek otaqoʻziyev nima? nosirbek otaqoʻziyev nimani anglatadi?