Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Asror Aliqulov (1978-yilning 12-sentyabrida, Muborak, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Himoyachi pozitsiyasida

Asror Aliqulov

Vikipediyada ismi Asror va familiyasi Aliqulov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Asror Aliqulov (1978-yilning 12-sentyabrida, Muborak, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Himoyachi pozitsiyasida oynagan. Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi bosh murabbiyi.

Asror Aliqulov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Asror Choriyevich Aliqulov
Tavallud sanasi 12-sentyabr 1978-yil (1978-09-12) (47 yosh)
Tavallud joyi Muborak tumani Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Vazni 85 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shoʻrtan
Raqami Bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995—1997 Mashʼal 35 (0)
1997—2002 Nasaf 160 (5)
2003—2009 Paxtakor 197 (1)
2009—2010 Shoʻrtan 13 (0)
2010 Nasaf 5 (0)
2011—2013 Shoʻrtan 58 (1)
2014 Dinamo Samarqand 21 (0)
2015—2016 Shoʻrtan 19 (0)
Milliy terma jamoa
1999—2008 Oʻzbekiston 61 (0)
Boshqargan klublari
2017—2018 Shoʻrtan
2018—2019 Mashʼal
2020—2023 Shoʻrtan
2023 Qizilqum
2023—2025 Mashʼal
2025— Shoʻrtan
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

Professional faoliyatini 1995-yilda Muborakning „Mashʼal“ jamoasida boshlagan. U yerdan Qarshining „Nasaf“ jamoasiga viloyat bosh klubiga taklif qilindi va bu jamoada Asror ikki marta mamlakat chempionati bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 2001-yilda Oʻzbekiston klublari terma jamoasi tarkibida Malayziyada oʻtkazilgan Merdeka Kubogi xalqaro turniri gʻolibi boʻldi.

Aliqulov 2003-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingandi. Bu klub tarkibida u ketma-ket besh marta mamlakat chempioni va shuncha marta qatorasiga mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 2014-yilgi mavsumni Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 2015-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibida toʻp surgan vaqtida Oʻzbekiston Superligasida eng koʻp oʻtkazgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. 2016-yilgi mavsum Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibida faoliyatini yakunladi

Milliy terma jamoa

2007-yilgi Osiyo Kubogi final turniriga tayyorgarlik jarayonida jiddiy jarohat oldi, ammo iroda va chidamlilik koʻrsatib, katta futbolga qaytdi.

1999—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 2007-yilda u milliy terma jamoa safida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan.

U 1999-yildan 2008-yilgacha milliy terma jamoa aʼzosi boʻlgan va 63 marta oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

2017-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasining yoshlar jamoasining murabbiy va asosiy jamoada murabbiylar shatabida murabbiy sifatida faoliyatini boshladi. 2019-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. 2020-yilgi mavsumda „Shoʻrtan“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytdi. 2023-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ jamoasida yarim mavsum davomida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib bordi. 2023-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Muborakka qaytgan va 8-avgustda „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2025-yil 3-oktyabrda Gʻuzorning Shoʻrtan klubi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlari

Klub

Paxtakor

  • Oʻzbekiston ligasi (5): 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
  • Oʻzbekiston Kubogi (5): 2003, 2004, 2005, 2006, 2007
  • Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2002/2003, 2004
  • MDH kubogi : 2007

Milliy terma jamoa

  • Merdeka turniri gʻolibi: 2001

Shaxsiy hayoti

Aliqulov oliy maʼlumotli. Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U sertifikatlangan futbol murabbiyi. Uylangan. Uch farzandning otasi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, asror aliqulov haqida ma’lumot. asror aliqulov nima? asror aliqulov nimani anglatadi?

Yuqori