Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev (oʻzbekcha: Ro'ziqul Sa'dullayevich Berdiyev; 1971-yil 22-oktyabr,Ko‘mirtepa qishog‘ida ,Kitob, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. 2012-yilning noyabr oyidan buyon „Nasaf“ futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Roʻziqul Saʼdullaevich Berdiyev | ||
| Tavallud sanasi | 22-oktyabr 1971-yil | ||
| Tavallud joyi | Kitob, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 172 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
| Raqami | Bosh murabbiy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1992—1996 | Yangiyer | 51 | (6) |
| 1997—2008 | Nasaf | 314 | (65) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2008—2011 | Nasaf (murabbiy) | ||
| 2011—2012 | Nasaf (asistent) | ||
| 2012 | Nasaf (Bosh murabbiy) | ||
| 2013—..... | Nasaf (Bosh murabbiy) | ||
| 2017 | Oʻzbekiston (Bosh murabbiy) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Futbolchilik faoliyati
1992—1996-yillarda „Yangiyer“ klubida oʻynagan. 1997-yildan 2008-yilgacha futbolchilik faoliyatining oxirigacha „Nasaf“da oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
2008-yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2011-yilgacha u „Nasaf“ bosh murabbiyi yordamchilaridan biri, jumladan, 2010—2011-yillarda „Nasaf“da ishlagan va ushbu klub bilan AFC Kubogi qoʻlga kiritgan Anatoliy Demyanenkoning yordamchisi boʻlgan.
2012-yilning yanvarida Demyanenko isteʼfoga chiqarilganidan soʻng u „Nasaf“ga bosh murabbiy boʻldi va shu yilning may oyiga qadar bu lavozimda ishladi. Shundan soʻng u ushbu klubning yoshlar jamoasini boshqargan. 2012-yilning noyabr oyida yana „Nasaf“ga bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kungacha shu klub bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Milliy terma jamoa
2017-yil 20-oktyabrda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Berdiyev boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va unda minimal 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (2011, 2017, 2020, 2024)
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022)
- Oʻzbekiston kubogi sohibi : (4) (2015, 2021, 2022, 2023)
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi (2003, 2011, 2012, 2013, 2016)
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi : (3) (2016, 2023, 2024)
- Oʻzbekiston Superkubogi finalchisi : (2021, 2022)
- AFC Kubogi sohibi : (1) (2011)
- AFC Osiyo chempionlar kubogi yarim finalchisi: 2001/2002
- AFC Kubogi finalchisi (2021)
Murabbiy sifatida
- Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi : 2013, 2016, 2017, 2020, 2021
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, roʻziqul berdiyev haqida ma’lumot. roʻziqul berdiyev nima? roʻziqul berdiyev nimani anglatadi?
