Sergey Ivanovich Lushan (1973-yil 14-iyun, Oʻzbekiston SSR, Bekobod shahrida tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi himoyachi ampulasida oʻynagan. Namanganning Navbahor jamoasi bosh murabbiyi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sergey Ivanovich Lushan | ||
| Tavallud sanasi | 14-iyun 1973-yil | ||
| Tavallud joyi | Bekobod, USSR | ||
| Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
| Raqami | Bosh murabbiy | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1993 | Patriot Moskva | ? | (?) |
| 1993 | Madanchi Bekobod | 11 | (1) |
| 1994—1996 | Okean Nakhodka | 93 | (11) |
| 1997—1999 | Krylia Sovetov Samara | 65 | (3) |
| 2000—2002 | Rostselmash Rostov-na-Donu | 52 | (0) |
| 2003—2004 | Krylia Sovetov Samara | 5 | (0) |
| 2004 | Uralan Elista | 3 | (0) |
| 2005 | Metallurg Lipetsk | 26 | (1) |
| 2006 | Yunit Samara | 21 | (1) |
| 2007—2008 | Bunyodkor | 28 | (5) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 1998—2003 | Oʻzbekiston | 28 | (1) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2011—2013 | Bunyodkor (yoshlar) | ||
| 2013—2014 | Bunyodkor-2 | ||
| 2014 | Oʻzbekiston U-19 | ||
| 2014—2015 | Bunyodkor | ||
| 2016—2017 | Bunyodkor | ||
| 2018–2019 | Soʻgʻdiyona Jizzax | ||
| 2020 | Dinamo Samarqand | ||
| 2021—2022 | Shakhtyor Soligorsk | ||
| 2023 | FC Shakhtyor Petrikov akademiya | ||
| 2024— | Navbahor | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2008 uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2003 uchun) | |||
Faoliyati
Klub
Uning yoshlikdagi futbolchilik faoliyati olti yoshida „Paxtakor“ futbol akademiyasida boshlangan. Lushanning birinchi professional klubi Patriot Moskva boʻlgan. Futbolchilik faoliyati davomida u Rossiyaning „Okean Naxodka“, „Krilya Sovetov Samara“, „Rostselmash Rostov-na-Donu“ va boshqa klublarida oʻynagan. 2007-yilda „Bunyodkor“ga oʻtib, ikki mavsum oʻynagach klubda oʻz faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro faoliyati
Lushan 1998-yildagi debyutidan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 28ta oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urgan. U 1998-yil 16-noyabrda Hindistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
Murabbiylik faoliyati
2008-yilda futbolchilik faoliyatini „Bunyokdor“da yakunlab, klubning yoshlar akademiyasi direktori etib tayinlangan. 2011-yilda Oʻzbekiston yoshlar ligasida toʻp suradigan „Bunyodkor“ yoshlar jamoasi oʻrinbosarlari murabbiyi etib tayinlangan. 2013/2014-yillarda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surayotgan „Bunyodkor-2“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2014-yilning 11-martida Aleksey Yevstafeyev oʻz lavozimini tark etganidan soʻng, u Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan.
2014-yilning 6-iyun kuni Oʻzbekiston U-19 terma jamoasidagi vazifasini tark etib, „Bunyodkor“ga bosh murabbiy etib tayinlangan. U bu lavozimda vaqtinchalik boshqaruvchi Aleksandr Volkovni oʻrniga kelgan. 2015-yil 20-sentabr kuni boʻlib oʻtgan „Neftchi Fargʻona“ va „Bunyodkor“ uchrashuvidan soʻng isteʼfoga chiqgan va 2015-yil 23-sentyabrda oʻz lavozimini tark etgan.
2020-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etayotgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiyi sifatida ish boshlagan. Samarqand klubi 5 oy davomidagi faoliyatidan soʻng istefoga chiqarilgan. 2024-yil 19-iyulda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma izmzolagani eʼlon qilngan va bosh murabbiyga aylangan.
Faoliyat statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Bunyodkor | 2007 | Oʻzbekiston ligasi | 24 | 4 | 5 | 1 | - | 29 | 5 | |
| 2008 | 4 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | 10 | 1 | ||
| Jami | 28 | 5 | 7 | 1 | 4 | 0 | 39 | 6 | ||
| Karyera jami | 28 | 5 | 7 | 1 | 4 | 0 | 39 | 6 | ||
Xalqaro
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 1998 | 7 | 0 |
| 1999 | 4 | 0 |
| 2000 | 3 | 1 |
| 2001 | 10 | 0 |
| 2002 | 1 | 0 |
| 2003 | 3 | 0 |
| Jami | 28 | 1 |
Xalqaro maydondagi gollar
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 17.10.2000 | Saida Municipal Stadium, Saida, Livan | Yaponiya | 1 – 5 | 1 – 8 | Qitʼa chempionati |
Yutuqlar
- Bunyodkor
- Oʻzbekiston ligasi (1): 2008-yil
- Oʻzbekiston kubogi (1): 2008-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sergey lushan haqida ma’lumot. sergey lushan nima? sergey lushan nimani anglatadi?
