Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jasur Birodarovich Abduraimov (ruscha: Абдураимов, Жасур Берадорович; 1972-yil 1-may) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Faoliyati davom

Jasur Abduraimov

Jasur Birodarovich Abduraimov (ruscha: Абдураимов, Жасур Берадорович; 1972-yil 1-may) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Faoliyati davomida Toshkentning „Paxtakor“ va Namanganning „Navbahor“ kabi taniqli jamoalarda oʻynagan.

Jasur Abduraimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jasur Birodarovich Abduraimov
Tavallud sanasi 1-may 1972-yil (1972-05-01) (53 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 198 cm (6 ft 6 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 85 kg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990 Shaxtyor 11 (0)
1991 Paxtakor
1991 Umid Toshkent 48 (7)
1992 Navbahor 23 (0)
1993 Melaka TMFK
1993 MHSK 27 (2)
1994 Soʻgʻdiyona 12 (0)
1994 MHSK 2 (0)
1996 Paxtakor 15 (1)
1997 Zarafshon 14 (0)
1997 Paxtakor 2 (0)
1999 Buxoro 4 (0)
2000—2001 Surxon 36 (0)
Boshqargan klublari
2015—2016 Oʻzbekiston U20
2016—2017 Oʻzbekiston U23
2016—2017 Paxtakor-2
2017 Paxtakor
2017—2021 Paxtakor assistent
2021 Metallurg Bekobod
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hayoti

Futbolchilik faoliyati

Jasur faoliyatini dastlab Angrenning „Konchi“ jamoasida tarkibida boshlagan. Keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ va „Umid“, Namanganning „Navbahor“, 1993-yilda Malayziyaning „Melaka TMFK“, Toshkentning „MHSK“ Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Navoiyning „Zarafshon“, „Buxoro“ klublari tarkibida oʻynagan.

Faoilyatini 2001-yil mavsum yakunida Termizning „Surxon“ jamoasi tarkibida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

2015-2017-yillar oraligida Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23 terma jamoasida faoliyat olib borgan. 2017-yil 28-aprelda „Paxtakor“ jamoasida vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlangan. 2017-yil 21-iyunda „Paxtakor“ jamoasiga Shota Arvaladze bosh murabbiy etib tayinlanganidan soʻng Jasur, Shota boshchiligidagi murabbiylar shatabida yordamchi murabbiy sifatida 2021-yilgacha faoliyat yuritgan.

2021-yil 16-martda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va jamoaning bosh murabbiyi boʻlgan. 2021-yil 15-oktyabrda Bekobod jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan.

Shaxsiy hayot

Jasur sportchilar oilasida tugʻilgan. Otasini taniqli futbol mutahasisi va sobiq futbolchi Birodar Abduraimov. Jasurning akasi Azamat va ukasi Bahodir ham taniqli futbolchilar boʻlishgan. Uning Nigina Abduraimova tennis sporti bilan shugʻillanadi.

Yutuqlar

Futbolchi sifatida

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, jasur abduraimov haqida ma’lumot. jasur abduraimov nima? jasur abduraimov nimani anglatadi?

Yuqori