Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov (oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов; 16-may, 1977-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston futbol federatsiyalarining sobiq prezidenti.
| Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov | |
|---|---|
oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов | |
![]() | |
| Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti | |
| Mansab davri 2018-yil 28-yanvardan – 2019-yil 24-aprelgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Mirabror Usmonov |
| Vorisi | Rustam Emomali |
| Mansab davri 2018-yil 10-yanvardan – 2019-yil 24-maygacha | |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Sultonov |
| Vorisi | Rustam Shoabdurahmonov |
| Mansab davri 2017-yil 12-sentyabrdan – 2018-yil 10-yanvargacha | |
| Oʻtmishdoshi | Mirabror Usmonov |
| Vorisi | Ochilboy Ramatov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 16-may 1977-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
Hayoti
1977-yilning 16-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini imtiyoz bilan tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining deputati. Mehnat faoliyatini 1995-yil „Zenit“ firmasida oddiy ishchi sifatida boshlagan. 1995—2001-yillar davomida „Ilmu Ziyod“ xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida operator boʻlib ishladi. 1998—2002-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi boʻlgan. 2001—2002-yillarda „Olimpiya“ jamiyatida avtosanoat boʻlimi rahbari sifatida faoliyat olib bordi. 2002-yil Oʻzbekiston nogironlar sport federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007-yilga kelib, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi va bir vaqtning oʻzida tashkilot raisining oʻrinbosari boʻldi. 2007-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan. Bir vaqtning oʻzida "Paxtakor" klubida avvaliga bosh direktor, keyinroq vitse-prezident sifatida ham faoliyat olib bordi. 2017-yilning 12-sentyabridan 2018-yil 10-yanvargacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti. 2018-yil 10-yanvardan 2019-yil 25-maygacha – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti. 2018-yil 28-yanvardan 2019-yil 24-aprelgacha Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti. 2019—2020-yillarda – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻlgan. 2011-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, umid ahmadjonov haqida ma’lumot. umid ahmadjonov nima? umid ahmadjonov nimani anglatadi?

