Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov (1962-yil 24-mayda tugʻilgan) — Toshkent shahar hokimi (2001-2005), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi (2019—2022), Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi (2017-2019).
| Shoabdurahmonov Rustam Mavzurovich | |
|---|---|
Шаабдурахманов Рустам Мавзурович | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti | |
| Mansab davri 2019-yildan – 2022-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Umid Ahmadjonov |
| Vorisi | Shavkat Mirziyoyev |
| Toshkent shahri hokimi | |
| Mansab davri 2001-yildan – 2005-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Kozim Toʻlaganov |
| Vorisi | Abduqahhor Toʻxtayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 24-may 1962-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1983-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
1983-1985 — Armiya safida xizmat.
1985-1985 — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish boʻyicha Kengashning katta laboranti
1985-1988 — „Uzbekselmash“ birlashmasida katta iqtisodchi, boʻlim mudiri.
1988-1991 — Yunusobod tumani partiya komiteti kotibi oʻrinbosari, ijro etuvchi komitet raisining oʻrinbosari.
1991-1995 — Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining oʻrinbosari.
1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi talabasi.
1996-1999 — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshligʻi.
1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.
2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari.
2000-2001 — Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari.
2001-2005 — Toshkent shahar hokimi.
2005-2010 — Oliy Majlis Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi
2005-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari.
2011-2017 — nafaqada.
2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Xususiy, ijtimoiy-madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash boshqarmasi boshligʻi.
2019-2022 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.
2001-yilda Mehnat shuhrati ordeni, 2004-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rustam shoabdurahmonov haqida ma’lumot. rustam shoabdurahmonov nima? rustam shoabdurahmonov nimani anglatadi?
