Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alisher Saidabbosovich Sultonov — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi (2015-2018), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2017

Alisher Sultonov

Alisher Saidabbosovich Sultonov — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi (2015-2018), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2017-2018), vitse-prezidenti (2018-2019), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2017-2022), Energetika vaziri (2019-2022).

Sultonov Alisher Saidabbosovich
 O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi
 
Mansab davri
2022-yil 7-iyundan – 2025-yil 12-dekabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi ?
 O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 16-fevraldan – 2022-yil 7-iyungacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Joʻrabek Mirzamahmudov
 Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi
 
Mansab davri
2015-yil 29-avgustdan – 2018-yil 13-sentabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shokir Fayzullayev
Vorisi Bahrom Ashrafxonov
 Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti
 
Mansab davri
2017-yil 4-yanvardan – 2018-yil 10-yanvargacha
Oʻtmishdoshi Mirabror Usmonov
Vorisi Umid Ahmadjonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-noyabr 1967-yil (1967-11-29) (58 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

1984—1989 — A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy muhandislik instituti talabasi.

1989—1991 — Harbiy xizmatda.

1991—1993 — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish boʻlimi texnologi, xalqaro boʻlim texnologi, tijorat boʻlimi yetakchi muhandisi.

1993—1996 — Ijara, qoʻshma va xususiy korxonalar xodimlari va tadbirkorlarning Toshkent shahar kasaba uyushmasi tashkiliy boʻlim mudiri.

1996—1998 — „Oʻzneftniqaytaishlash“ aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini taʼminlash boʻyicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi.

1998—1998 — „Oʻztashqineftgaz“ tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi boʻyicha direksiyasi bosh mutaxassisi.

1998—1999 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi.

1999—2002 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi boshligʻi.

2002—2013 — „Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi“ unitar shoʻba korxonasi direktori.

2013—2018 — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi.

2013—2015 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari.

2015—2018 — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2017—2018 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti.

2018—2019 — Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.

2017-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.

2019-yil 16-fevraldan 2022-yil 7-iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari — Energetika vaziri.

2020-yildan 2022-yilgacha — Oʻzbekiston baydarka va kanoe sporti federatsiyasi raisi.

2022-yildan 2025-yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi.

Oilasi

Otasi — Sultanov Said-Abbas Saidaxmedovich — Fanlar akademiyasi ishlar boshqarmasi boshlig'i boʻlgan.

Oʻgʻli — Sultanov Saidafzal Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alisher sultonov haqida ma’lumot. alisher sultonov nima? alisher sultonov nimani anglatadi?

Yuqori