Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich (oʻzbekcha: Раматов Ачилбай Джуманиязович; 21.08.1962, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik muhandis va davlat arbobi. 2016-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Transport vaziri, 2002—2019-yillarda „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat kompaniyasining boshqaruv raisi, 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senatining aʼzosi, 2012-yildan hozirgacha Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti. 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti boʻlgan.
| Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich | |
|---|---|
Раматов Ачилбай Жуманиязович | |
![]() 2019 | |
| Mansab davri 2019-yil 1-fevraldan – 2020-yil 22-yanvargacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
| Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
| Mansab davri 2018-yil 23-yanvardan – 2019-yil 15-iyulgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Umid Ahmadjonov |
| Vorisi | Abdusalom Azizov |
| Mansab davri 2016-yil 20-dekabr | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Azimov |
| Vorisi | hozirgacha |
| Mansab davri 2012-yil – hozirgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Gʻofur Rahimov |
| Mansab davri 2002-yildan – 2019-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Normat Ermetov |
| Vorisi | Husniddin Hosilov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 20-avgust 1962-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati, OʻzSSR |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1962-yil 21-avgustda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.
Taʼlim
1984-yildan 1988-yilgacha Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati
1980-yildan 1984-yilgacha Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan. 1988-yildan 1995-yilgacha Toshkent teplovozlarni taʼmirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshligʻi oʻrinbosari va vagon taʼmirlash sexi boshligʻi, 1995-yildan 2001-yilgacha „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“ davlat unitar korxonasi bosh direktori, 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning bosh bosh muhandisi sifatida ishlagan.
2002-yildan 2019-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning boshqaruv raisi.
1999—2004-yillarda Oliy Majlis deputati.
2012-yildan buyon — Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti.
2016-yildan buyon — Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — kommunal soha, qurilish, transport majmuasi rahbari vazifalarida ishlab kelmoqda.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, 2018—2019-yillarda esa assotsiatsiya prezidenti boʻlgan.
2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.
2019—2020-yillarda Oʻzbekiston transport vaziri vazifasini ham bajargan.
Mukofotlari
2000-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ davlat unvoni bilan taqdirlandi.
2007-yil avgust oyida Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.
2011-yil avgust oyida El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.
2013-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi.
2013-yilda Latviya davlati tomonidan Eʼtirof xochi ordeni bilan taqdirlandi.
2015-yilda Rossiya Federatsiyasining "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.
2022-yil 21-avgustda 60 yillik yubileyi munosabati bilan Mehnat shuhrati ordeni berilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ochilboy ramatov haqida ma’lumot. ochilboy ramatov nima? ochilboy ramatov nimani anglatadi?


