Usmonov Mirabror Zufarovich (4-iyul 1947-yil− 15-mart 2019-yil) -Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (2005-2019), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2005-2017) hamda Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti (2015-2018-yillarda).
| Mirabror Zufarovich Usmonov | |
|---|---|
Мираброр Зуфарович Усмонов | |
![]() | |
| Mansab davri 2015-yildan – 2018-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
| Vorisi | Umid Ahmadjonov |
| Mansab davri 2013-yildan – 2017-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Malik Babaev |
| Vorisi | Alisher Sultonov |
| Mansab davri 2006-yil – 2017-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Zokir Almatov |
| Vorisi | Umid Ahmadjonov |
| Mansab davri 1990-yil – 1992-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Vorisi | ? |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 4-iyul 1947-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Vafoti | 15-mart 2019-yil (71 yoshda) Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Rinata Usmonova |
| Bolalari | qizi: Dilya, oʻgʻli: Jahongir |
| Dini | islom, sunniylik mazhabi |
| Mukofotlari | |
Tarjimai holi
- 1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan.
- 1978-yilda Samarqand kooperativ institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
- 1961-yildan 1967-yilgacha — Toshkent shahridagi „Bahor“ restoranida oltinchi razryadli oshpaz.
- 1970-yilda — Toshkent shahridagi „Guliston“ restoranining ishlab chiqarish boʻyicha mudiri.
- 1970-yildan 1986-yilgacha — „Doʻstlik“ va „Zarafshon“ restoranlari direktori, Toshkent shahri restoranlar tresti direktori.
- 1986-yildan 1990-yilgacha — Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining Umumiy ovqatlanish bosh boshqarmasi boshligʻi.
- 1990-yildan 1992-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi savdo vaziri.
- 1992-yildan 1994-yilgacha — Oʻzbeksavdo kompaniyasi raisi.
- 1994-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
- 2005-yildan 2019-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator.
- 2006-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti.
- 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti
- 2015-yildan 2018-yilgacha — Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti.
- 2019-yil 15-martda nafas organlari kasalligi tufayli vafot etgan.
Mukofotlari
- 1995-yilda Mehnat shuhrati ordeni.
- 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maqtov yorligʻi.
- 2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni.
- 2012-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan..
- 2016-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni.
- 2017-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi.
Oilasi
- Oʻgʻli — Jahongir Usmonov, „Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro jamoatchilik xayriya fondi“ Vasiylar kengashi raisi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mirabror usmonov haqida ma’lumot. mirabror usmonov nima? mirabror usmonov nimani anglatadi?


