Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli Xolxoʻjayev – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. 2022-yil 22-avgustdan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi.

Saidqahhor Xolxoʻjayev

Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli Xolxoʻjayev – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. 2022-yil 22-avgustdan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi.

Saidqahhor Xolxoʻjayev
Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli Xolxoʻjayev
 Chilonzor tumani hokimi
 
Mansab davri
2022-yil 22-avgustdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Jahongir Ortiqxoʻjayev
Shavkat Umrzoqov
Oʻtmishdoshi Shavkat Mavlonov
 Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2020-yil 21-dekabr – 2022-yil 22-avgust
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Vazir Jamshid Qoʻchqorov
Oʻtmishdoshi Akmalxon Ortiqov
 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2019-yil 7-mart – 2020-yil 21-dekabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Yetakchi Mamarizo Nurmurodov
Parlament Tanzila Norboyeva
Oʻtmishdoshi Adham Islomov
Vorisi Ayubxon Kamalov
„Oʻzagrosugʻurta“ AJ Boshqaruv raisi
Mansab davri
2017-yil 31-avgust – 2019-yil 7-mart
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1981-yil
Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Taʼlim Toshkent moliya instituti
Kasbi iqtisodchi, bankir

Tarjimai holi

Saidqahhor Xolxoʻjayev 1981-yil Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2002-yil Toshkent moliya institutini bakalavr, 2004-yilda esa magistratura darajasida tamomlagan.

Oʻn yetti yil davomida u bank sohasida ishlagan. Mehnat faoliyatini 2002-yilda Asakabank Shayxontohur filialida boshlab, 2015-yilda shu bank tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

2015—2017-yillarda Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti Bank va moliya tizimlarini isloh qilish shoʻbasining Bank va moliya tizimlarini isloh qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2017—2019-yillarda „Oʻzagrosugʻurta“ sugʻurta kompaniyasini boshqargan.

2019-yil martida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari boʻlgan.

2020-yil dekabrda esa Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.

2022-yil 22-avgustdagi xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdan tashqari 64-sessiyasi qaroriga binoan Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, saidqahhor xolxoʻjayev haqida ma’lumot. saidqahhor xolxoʻjayev nima? saidqahhor xolxoʻjayev nimani anglatadi?

Yuqori