Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shavkat Boʻronovich Umrzoqov (1979-yil 6-fevral, Toshkent shahri) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2024-yildan Toshkent shahar hokimi. 2018—2023-yillarda

Shavkat Umrzoqov

Shavkat Boʻronovich Umrzoqov (1979-yil 6-fevral, Toshkent shahri) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2024-yildan Toshkent shahar hokimi. 2018—2023-yillarda UzAutoMotors kompaniyasi boshqaruv raisi.

Shavkat Boʻronovich Umrzoqov
 Toshkent shahar hokimi
Mansab davri
2023-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Rahmonov
 UzAutoMotors kompaniyasi raisi
Mansab davri
2018-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Umidjon Salimov
Vorisi Ulugʻbek Roʻziqulov
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi raisi
Mansab davri
2022-yildan – 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Umidjon Salimov
Vorisi Ulugʻbek Roʻziqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-fevral 1979-yil (1979-02-06) (47 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Unvoni Adliya katta maslahatchisi

Biografiyasi

2011-yildan 2013-yil sentyabrgacha – Toshkent viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi.

2013—2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi.

2018-yil mart-iyun oylarida – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.

2018-yil 27-iyundan 2023-yil 23-martgacha – „UzAutoMotors“ kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi raisi.

2023-yil 23-mart kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2024-yil 3-aprelda Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Mukofotlari

2013-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlangan.

2020-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shavkat umrzoqov haqida ma’lumot. shavkat umrzoqov nima? shavkat umrzoqov nimani anglatadi?

Yuqori