Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Chilonzor — Toshkent shahrining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan tuman. Tuman 1963-yilda rasman tashkil etilgan. Maydoni – 2 530 gektarni tashkil etadi. Uchtep

Chilonzor tumani

Chilonzor — Toshkent shahrining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan tuman. Tuman 1963-yilda rasman tashkil etilgan. Maydoni – 2 530 gektarni tashkil etadi. Uchtepa, Shayxontohur, Yakkasaroy, Sirgʻali tumanlari bilan chegaradosh. Chilonzorda 1956-yildan boshlab zamonaviy binolar qurila boshlandi. 1966-yilgi zilziladan soʻng tumanda keng miqyosda qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda Chilonzor infratuzilmasi eng yaxshi rivojlangan tumanlardan biridir.

Chilonzor tumani
tuman
41°16′48.0″N 69°13′10.0″E / 41.280000°N 69.219444°E / 41.280000; 69.219444
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Hukumat
 • hokim Saidqahhor Xolxoʻjayev
Asos solingan 1963-yil
Maydon 29.94 km2 (11.56 kv mi)
Aholisi
 (2009)
217 300
Chilonzor tumani xaritada
Chilonzor tumani
Chilonzor tumani

Tarixi

 
Chilonzorning eng birinchi gʻishtin uylaridan biri (Arnasoy va Muqimiy koʻchalari kesishmasi). Sentabr, 2007-yil.

Chilonzor tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy joy. 1963-yil 4-yanvarda tashkil qilingan. Toponimistlarning fikricha, tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent zilzilasidan (1966) keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Tuman Toshkentning janubiy gʻarbiy qismida joylashgan. Shimolda Oqtepa kanali, sharqda Boʻrijar kanali, janubi-gʻarbda Oʻrta Osiyo temir yoʻli boʻylab Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Maydoni 2 994 g, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004-yil maʼlumotlariga koʻra). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oqtepasi arxeologik yodgorligi (IV-VIII asrlar, X-XI asrlar), Abulqosim madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman hududida joylashgan. Chilonzor soʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri „chilon oʻsadigan joy“ degan maʼnoni anglatadi, chilon + „-zor“ oʻrin-joy maʼnosini beruvchi qoʻshimchadan ot yasalgan.

Joylashuvi

Chilonzor tumani Shimolda Shayxontohur tumani, sharqda Yakkasaroy tumani, janubi-sharqda Sergeli tumani, janubi-gʻarbda Toshkent viloyatining Zangiota tumani, gʻarbda Uchtepa tumani bilan chegaradosh.

Chilonzorning Shayxontohur tumani bilan chegara Islom Karimov koʻchasi, Bunyodkor shoh koʻchasi, Seul koʻchasi va Gulxaniy koʻchasi boʻylab oʻtadi.

Uning Yakkasaroy tumani bilan chegarasi Boʻrjar kanalidir

Chilonzorni Sergeli tumani bilan Oʻrta Osiyo temir yoʻli boʻgʻlab turadi.

Chilonzor Toshkent viloyatining Zangiota tumani bilan Toshkent halqa yoʻli orqali chegaradosh.

Uchtepa tumanidagi Kichik halqa yoʻli, Zargarlik koʻchasi, Katta Qaʼni koʻchasi va Guliston koʻchasi bilan chegaradosh.

Chilonzor tumanida Toshkent avtovokzali bor. Avtovokzal Olmazor metrosining yonida joylashgan.

Fiziografiyasi

Hududdan Boʻrjar, Oqtepa, Anhor, Novza, Choʻponota, Botirma, Katta Qaʼni suv kanallari oqib oʻtadi. Hududdagi quruqlik maydoni 1334 gektarni (hududning 45%) tashkil etadi.

Transporti

Chilonzor tumanida 258 koʻcha mavjud boʻlib, asosiylari Bunyodkor shoh koʻchasi, Muqimiy koʻchasi, Choponata koʻchasi, Gavhar koʻchasi, Chilonzor koʻchasi, Kichik halqa yoʻli, Lutfiy koʻchasi, Qatartol koʻchasidir.

Chilonzor metro bekati chiqishlaridan biri Bunyodkor stadioniga olib chiqadi. Chilonzor tumanida Milliy bogʻ, Novza, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Olmazor metro bekatlari bor.

Taʼlimi va madaniyati

Asosiy magistrallari – Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, Al-Xorazmiy koʻchalari. Chilonzor hududida qoʻshma korxonalar („Sovplastital“ Oʻzbekiston-Italiya qoʻshma korxonasi, „Oʻzbegiminternational“ qoʻshma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat ishlaydigan korxonalar (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, koʻrlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, „Rele va avtomatika“, „Algoritm“ korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zavodlari), 8 ilmiy tadqiqot instituti, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha taʼlim muassasasi, 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Chilonzor buyum bozorida aholiga 152 ta oziq-ovqat doʻkoni, 64 ta sanoat mollari doʻkonlari, 121 ta umumiy ovqatlanish joylari, 96 ta maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi xizmat qiladi. Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hamda Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 kv km.ni tashkil qiladi.

Madaniy meros obyektlari

Chilonzor tumanida V–VIII asrlarga oid arxeologik Oqtepa, Xirmontepa, Mozortepa, Abulqosim madrasasi, Xayrobod eshon majmuasi kabi respublika ahamiyatiga molik yodgorliklari mavjud.

Gagarin nomidagi koʻchaga Yuriy Gagarin haykali oʻrnatilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, chilonzor tumani haqida ma’lumot. chilonzor tumani nima? chilonzor tumani nimani anglatadi?

Yuqori