Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) – Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, 2016-yildan hozirgacha Qurolli kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni. Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
| Shavkat Mirziyoyev | |
|---|---|
![]() Rasmiy portret (2018) | |
| Mansab davri 2016-yil 14-dekabrdan – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Oʻtmishdoshi | Islom Karimov Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.) uning oʻzi v.b. |
| 3-Oʻzbekiston Bosh vaziri | |
| Mansab davri 2003-yil 12-dekabrdan – 2016-yil 14-dekabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Oʻtkir Sultonov |
| Vorisi | Abdulla Aripov |
| Samarqand viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2001-yil 11-sentyabrdan – 2003-yil 11-dekabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Erkin Roʻziyev |
| Vorisi | Rustam Xolmurodov |
| Jizzax viloyati hokimi | |
| Mansab davri 1996-yil 11-sentyabrdan – 2001-yil 11-sentyabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Toshkenboyev |
| Vorisi | Ubaydulla Yamanqulov |
| Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2024-yil 25-noyabrdan – hozirgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Shoabdurahmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 24-iyul 1957-yil Zomin tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Millati | Oʻzbek |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (2016–hozirgacha) |
| Turmush oʻrtogʻi | Ziroatxon Hoshimova |
| Bolalari | 3 |
| Istiqomat joy(lar)i | Qibray tumani, Toshkent |
| Ilmiy unvoni | texnika fanlari nomzodi |
| Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| Mukofotlari |
|
| Vebsayti | president.uz/en |
2024-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.
Hayoti
Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tavallud topgan.
Faoliyati
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi.
2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.
2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.
2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.
2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.
2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi.
2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi.
Prezidentligi
Mirziyoyevning prezident sifatidagi vakolati 2016-yil 14-dekabrda, oʻzidan oldingi prezident Islom Karimov vafotidan soʻng bosh vazir va prezident lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlangan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, uning vakolati 2023-yilda qayta saylangani sababli 2030-yilgacha davom etadi.
Xorijiy davlatlarga tashriflari
Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan:
| № | Davlat | Tashrif sanasi | Sabab |
|---|---|---|---|
| 67 | Turkmaniston | 05.08.2025 | BMTning „Dengizga chiqishi boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlar“ konferensiyasi, ikki va uch tomonlama uchrashuvlar |
| 66 | Ozarbayjon | 02-04.07.2025 | Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti |
| 65 | Belarus | 26-27.06.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 64 | Mongolia | 24-25.06.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 63 | Sloveniya | 21-22.05.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 62 | Vengriya | 19-20.05.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 61 | Qozogʻiston | 17-18.05.2025 | "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammiti |
| 60 | Rossiya | 8-10.05.2025 | Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun |
| 59 | Qozogʻiston | 29.03.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 58 | Tajikistan | 31.03.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 57 | Fransiya | 11-13.03.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 56 | Kuvayt | 17-18.02.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 55 | Malayziya | 4-5.02.2025 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 54 | Birlashgan Arab Amirliklari | 13-16.01.2025 | „Abu Dhabi Sustainability Week“ xalqaro sammit |
| 53 | Germany | 2-4.05.2023 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 52 | Qirgʻiziston | 26-27.01.2023 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 51 | Rossiya | 26-27.12.2022 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning rahbarlarining norasmiy sammiti |
| 50 | Fransiya | 21-22.11.2022 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 49 | Vengriya | 3-4.10.2022 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 48 | Koreya Respublikasi | 16-17.12.2021 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 47 | Qozogʻiston | 5-6.12.2021 | ikki tomonlama hamkorlik |
| 46 | Turkmaniston | 27-28.11.2021 | Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn beshinchi sammiti |
| 45 | Rossiya | 16-18.11.2021 | oʻzaro hamkorlik |
| 44 | Turkiya | 11-16.11.2021 | Turkiy davlatlar sammiti |
| 43 | Tojikiston | 16-17.09.2021 | Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti |
| 42 | Turkmaniston | 5-6.08.2021 | Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi |
| 41 | Tojikiston | 10.06.2021 | oʻzaro hamkorlik |
| 40 | Turkmaniston | 29.04.2021 | oʻzaro hamkorlik |
| 39 | Rossiya | 23-24.06.2020 | Gʻalabaning 75 yilligi |
| 38 | Turkiya | 19-22.02.2020 | oʻzaro hamkorlik |
| 37 | Yaponiya | 16-18.12.2019 | oʻzaro hamkorlik |
| 36 | Ozarbayjon | 13-15.10.2019 | turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi |
| 35 | Turkmaniston | 10-11.10.2019 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi |
| 34 | Belarus | 31.07.2019 | oʻzaro hamkorlik |
| 33 | Qirgʻiziston | 14-16.06.2019 | Bishkekdagi ShHT sammiti (2019) |
| 32 | Xitoy | 24-27.04.2019 | oʻzaro hamkorlik |
| 31 | Birlashgan Arab Amirliklari | 24-26.03.2019 | oʻzaro hamkorlik |
| 30 | Germany | 21-23.01.2019 | oʻzaro hamkorlik |
| 29 | Hindiston | 18.01.2019 | Xalqaro investitsiya sammiti |
| 28 | Rossiya | 06.12.2018 | oʻzaro hamkorlik |
| 27 | Qozogʻiston | 26-27.11.2018 | Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi |
| 26 | Fransiya | 9-10.10.2018 | oʻzaro hamkorlik |
| 25 | Hindiston | 02.10.2018 | oʻzaro hamkorlik |
| 24 | Tojikiston | 27-28.09.2018 | MDH sammiti |
| 23 | Qirgʻiziston | 03.09.2018 | Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammiti |
| 22 | Turkmaniston | 24-25.08.2018 | Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjuman |
| 21 | Qozogʻiston | 5-6.07.2018 | oʻzaro hamkorlik |
| 20 | Rossiya | 14.06.2018 | FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimi |
| 19 | Xitoy | 8-9.06.2018 | Sindaodagi ShHT sammiti (2018) |
| 18 | AQSh | 15-17.05.2018 | oʻzaro hamkorlik |
| 17 | Qozogʻiston | 15-16.03.2018 | oʻzaro hamkorlik |
| 16 | Tojikiston | 9-10.03.2018 | oʻzaro hamkorlik |
| 15 | Koreya Respublikasi | 22-25.11.2017 | oʻzaro hamkorlik |
| 14 | Turkiya | 25.10.2017 | oʻzaro hamkorlik |
| 13 | Rossiya | 9.10.2017 | MDH sammiti |
| 12 | AQSh | 19.09.2017 | BMT sammiti |
| 11 | Turkmaniston | 17.9.2017 | V Osiyo oʻyinlari marosimi |
| 10 | Qozogʻiston | 9.9.2017 | oʻzaro hamkorlik, Expo 2017 |
| 9 | Qirgʻiziston | 5.9.2017 | oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari |
| 8 | Qozogʻiston | 9.6.2017 | oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017) |
| 7 | Saudiya Arabistoni | 22.05.2017 | Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti |
| 6 | Turkmaniston | 19-20.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
| 5 | Xitoy | 13.05.2017 | oʻzaro hamkorlik |
| 4 | Qozogʻiston | 28.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
| 3 | Rossiya | 05.04.2017 | oʻzaro hamkorlik |
| 2 | Qozogʻiston | 23.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
| 1 | Turkmaniston | 06.03.2017 | oʻzaro hamkorlik |
Tashriflar soni
| Davlat | Tashriflar |
|---|---|
| AQSh | 2 |
| Qozogʻiston | 10 |
| Rossiya | 8 |
| Turkmaniston | 8 |
| Xitoy | 3 |
| Qirgʻiziston | 4 |
| Tojikiston | 6 |
| AQSh | 2 |
| Hindiston | 2 |
| Turkiya | 3 |
| Saudiya Arabistoni | 1 |
| Koreya Respublikasi | 2 |
| Fransiya | 3 |
| Germany | 2 |
| Birlashgan Arab Amirliklari | 2 |
| Belarus | 2 |
| Mongolia | 1 |
| Vengriya | 1 |
| Sloveniya | 1 |
| Malayziya | 1 |
| Kuvayt | 1 |
| Yaponiya | 1 |
| Ozarbayjon | 2 |
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni (1998)
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007)
- Danaker ordeni (Qirgʻiziston, 2017)
- 1-darajali Doʻstiq ordeni (Qozogʻiston, 2018)
- Zarrintoj ordeni (Tojikiston, 2021)
- Aleksandr Nevskiy ordeni (Rossiya, 2022)
- AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasining mukofoti (2017)
- Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018).
- Osiyo jurnalistlar uyushmasining „Yil kishisi“ mukofoti (2018)
- Nagoya universiteti faxriy doktori (2019)
- Turk dunyosini tiklashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofoti (2020)
- Turkiy dunyoning oliy ordeni (2023)
- Turkiya Respublikasi ordeni (2024)
- Oltin Qiron ordeni (Qozogʻiston, 2024)
- Faxriy legion ordeni (Fransiya, 2025)
- „Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun“ ordeni (Turkmaniston, 2025-yil 5-avgust)
- “An-Nahda” ordeni (Iordaniya, 26-avgust 2025)
Oilasi
Otasi – Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan.
Turmush oʻrtogʻi – Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.
Katta Qizi – Saida Shavkatovna Mirziyoyeva. Prezident yordamchisi. 2019-yil aprel oyida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining xorijda Oʻzbekiston imijini targʻib qilish boʻyicha PR-markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat organlari matbuot xizmatlari bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan. Saida Mirziyoyevaning turmush oʻrtogʻi Tursunov Oybek, Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari etib tayinlangan
Kichkina Qizi – Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi. Mirziyoyeva Shahnozaning turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti.
Asarlari
Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq / Sh. M. Mirziyoyev. – Toshkent : Oʻzbekiston, 2016. – 56 b.
Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017-yil 14-yanvar / Sh. M. Mirziyoyev. – Toshkent : Oʻzbekiston, 2017. – 104 b.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016-yil 7-dekabr /Sh. M.Mirziyoev. – Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2017. – 48 b.
Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan oʻtkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida soʻzlagan nutqlari oʻrin olgan. /Sh. M.Mirziyoev. – Toshkent: : „Oʻzbekiston“, 2017. – 488 b.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shavkat mirziyoyev haqida ma’lumot. shavkat mirziyoyev nima? shavkat mirziyoyev nimani anglatadi?



