Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Norboyeva Tanzila Kamolovna (1957-yil 24-iyul) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi (2019-yildan), Oʻzbekiston velosport federatsiyasi prezi

Tanzila Norboyeva

Norboyeva Tanzila Kamolovna (1957-yil 24-iyul) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi (2019-yildan), Oʻzbekiston velosport federatsiyasi prezidenti (2011-yildan).

Tanzila Kamalovna Narbayeva
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi
 
Mansab davri
2019-yil 21-iyun
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
 Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
 
Mansab davri
2016-yil 20-dekabrdan – 2019-yil 21-iyungacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Elmira Bositxonova
Vorisi Elmira Bositxonova
 Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi
 
Mansab davri
2010-yil 21-iyundan – 2016-yil 20-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Qodir Parpiyev
Vorisi Qudratilla Rafiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-iyul 1957-yil (1957-07-24) (68 yosh)
Shahrixon tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR
Alma mater Oʻzbekiston milliy universiteti
Faoliyati Senat raisi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Unvoni Pedagogika fanlari nomzodi

Biografiyasi

1957-yil 24-iyulda Аndijon viloyati Shahrixon tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy, 1981-yilda Toshkent universitetini bitirgan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Ish faoliyatini 1974-yilda Аndijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlagan.

1975—1995-yillarda Toshkent shahrida maktab oʻqituvchisi, direktor oʻrinbosari va Toshkent shahar oʻquvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida masʼul lavozimlarda ishlagan.

1995—2010-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2010—2016-yillari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.

2016—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2019-yil 20-iyunda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatining aʼzosi etib tayinlandi. 21-iyun kuni Senat raisi etib saylandi.

Fidokorona xizmatlari uchun, Mehnat shuhrati ordenlari va Shuhrat medali bilan bilan taqdirlangan.

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tanzila norboyeva haqida ma’lumot. tanzila norboyeva nima? tanzila norboyeva nimani anglatadi?

Yuqori