- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Shukurov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Shukurov (1996-yilning 22-iyunida tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi. Otabek Shukurov Oʻzbekiston respublikasi „Mard oʻgʻlon davlat mukofoti“ bilan taqdirlangan.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Otabek Gʻayratovich Shukurov | ||
| Tavallud sanasi | 22-iyun 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Chiroqchi Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.82 m (6 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al-Fayha FC | ||
| Raqami | 29 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014 | Mashʼal Mubarak | 4 | (0) |
| 2015 | Bunyodkor | 2 | (0) |
| 2015 | Buxoro | 14 | (2) |
| 2016—2018 | Bunyodkor | 53 | (5) |
| 2018—2022 | Al-Sharjah | 95 | (10) |
| 2022—2023 | Fotih Karagumruk | 43 | (1) |
| 2024 | Kayserispor | 12 | (0) |
| 2024—2025 | Al-Fayha FC | 8 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2013 | Oʻzbekistan U-17 | 4 | (0) |
| 2015 | Oʻzbekistan U-20 | 5 | (0) |
| 2016 | Oʻzbekistan U-23 | 3 | (0) |
| 2016— | Oʻzbekiston | 80 | (9) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 5-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 5-sentyabr uchun) | |||
Jamoalardagi faoliyati
Otabek Muborakning „Mash’al“ jamoasining akademiyasi taʼlim olgan. Birinchi murabbiyi Dilshod Andaev.
Shukurov 2014-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibida professional futboldagi faoliyatini boshlagan. 2014-yilning 21-iyunida „Metallurg Bekobod“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Bunyodkor
2015-yilning 1-yanvarida u „Bunyodkor“ klubi tarkibiga doʻsti Eldor Shomurodov bilan birgalikda oʻtgan. Dastlabki mavsumida Toshkent klubida atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va asosiy jamoa tarkibidagi raqobat sababli 2015-yilning 15-iyulida „Buxoro“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan.
Otabek "Buxoro" jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazgan. 2016-yilning 1-yanvarida „Bunyodkor“ jamoasi tarkibiga qaytgan Navbatdagi ikki mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasining muhim futbolchilaridan biri boʻlgan va 53 oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan.
Al Sharja
2017-yil mavsum yakunida Bunyodkor jamoasini tark etgan va BAAning „Al Sharjah“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. BAA jamoasi tarkibida besh mavsum davomida oʻynagan va 95 ta 10 ta gol muallifi boʻlgan. 2019-yilgi mavsum Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori ligasi chempionligi va BAA Superkubogini qoʻlga kiritgan.
Fatih Karagumruk
2022-yil 27-iyulda Turkiyaning Fatih Karagumruk jamoasi Otabekni Sharjah jamoasidan sotib olganini va futbolchi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Karagumruk jamoasi tarkibida 1,5 mavsum davomida oʻynagan va italiyalik murabbiy Andrea Pirlo qoʻl ostida mashgʻulotlarda ishtirok etgan. 2023-yil 30-dekabrda turk jamoasi tarkibi tark etganini eʼlon qilgan.
Kayserispor
2024-yil 6-fevralda Turkiyaning „Kayserispor“ jamoasi bilan shartnoma kelishgani toʻgʻrisida xabar berilgan va 9-fevral shartnoma imzolangan.
Turkiya jamoasi yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 2024-yil 1-sentyabrda Saudiya Arabistonining „Al-Fayha“ jamoasi tarkibiga oʻtgan.
Al Fayha
2024-yil 3-sentyabrda Al Fayha jamoasi Shukurov bilan shartnoma imzolganini eʼlon qilgan.
Xalqaro martaba
Shukurov turli yosh toifalarida oʻz mamlakati sharafini himoya qilgan. Otabek 2016-yilning 14-fevralida Livanga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 2024-yil 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika (UTC).
| Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Mashʼal Muborak | 2014 | Oʻzbekiston Superligasi | 4 | 0 | 3 | 0 | – | – | 7 | 0 | ||
| Bunyodkor | 2015 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | – | 4 | 0 | ||
| Buxoro | 2015 | 14 | 2 | 0 | 0 | – | – | 14 | 2 | |||
| Bunyodkor | 2016 | 25 | 0 | 6 | 0 | 7 | 0 | – | 38 | 0 | ||
| 2017 | 28 | 5 | 7 | 2 | 7 | 0 | – | 42 | 7 | |||
| Total | 73 | 7 | 18 | 2 | 14 | 0 | – | 105 | 9 | |||
| Sharjah | 2017–18 | BAA Pro ligasi | 11 | 0 | 0 | 0 | – | – | 11 | 0 | ||
| 2018–19 | 17 | 2 | 0 | 0 | – | – | 17 | 2 | ||||
| 2019–20 | 19 | 3 | 3 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 28 | 3 | ||
| 2020–21 | 24 | 1 | 1 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 33 | 1 | ||
| 2021–22 | 24 | 4 | 3 | 1 | 6 | 1 | – | 33 | 6 | |||
| Total | 95 | 10 | 7 | 1 | 18 | 1 | 2 | 0 | 122 | 12 | ||
| Fatih Karagümrük | 2022–23 | Turkiya Superligasi | 28 | 1 | 3 | 0 | – | – | 31 | 1 | ||
| 2023–24 | 15 | 0 | 0 | 0 | – | – | 15 | 0 | ||||
| Kayserispor | 2023–24 | 12 | 0 | 0 | 0 | – | – | 12 | 0 | |||
| Al Fayha | 2024–25 | Saudiya Professional Ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | – | – | 0 | 0 | ||
| Career total | 223 | 18 | 28 | 3 | 32 | 1 | 2 | 0 | 285 | 22 | ||
Xalqaro
| Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Oʻzbekiston | 2016 | 10 | 1 |
| 2017 | 5 | 0 | |
| 2018 | 7 | 1 | |
| 2019 | 9 | 1 | |
| 2020 | 2 | 0 | |
| 2021 | 7 | 1 | |
| 2022 | 10 | 0 | |
| 2023 | 11 | 4 | |
| 2024 | 10 | 1 | |
| Jami | 71 | 9 | |
2024-yil 17-oktabr kuni boʻlib oʻtgan oʻyindagi aniq statistika
Xalqaro maydon
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2016-yil 11-oktabr | Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Xitoy | 2–0 | 2–0 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
| 2. | 2018-yil 23 mart | Stade Mohamed V, Kasablanka, Marokash | Senegal | 1–0 | 1–1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
| 3. | 2019-yil 14-noyabr | Paxtakor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Saudiya Arabistoni | 2–1 | 2–3 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
| 4. | 2021-yil 26 mart | Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston | Gana | 1–0 | 2–1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
| 5. | 2023-yil 12-sentyabr | Mercedes-Benz Stadium, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari | Meksika | 3–3 | 3–3 | |
| 6. | 2023-yil 16-oktyabr | Dalian Sports Centre Stadium, Dalian, Xitoy | Xitoy | 1–1 | 2–1 | |
| 7. | 2023-yil 16-noyabr | Ashxobod Stadioni, Ashxobod, Turkmaniston | Turkmaniston | 1–1 | 3–1 | 2026 FIFA Jahon chempionati saralashi |
| 8. | 2–1 |
Yutuqlar
Oʻzbekiston
- Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2016
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2017
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2014
- Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2014
Birlashgan Arab Amirliklari
- BAA Ligasi chempioni: 2018/2019
- BAA Ligasi Ikkinchi oʻrin: 2021/2022
- BAA Superkubogi sohibi: 2019/2020
- BAA Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2020/2021
Futboldan tashqari faoliyati
2021-yil COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan karantin paytida Otabek Shukurov oʻzi tugʻilib oʻsgan Chiroqchi tumanidagi kam taʼminlangan oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib tarqatgan.
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, otabek shukurov haqida ma’lumot. otabek shukurov nima? otabek shukurov nimani anglatadi?
