Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Al Fayha FC (arabcha: نادي الفيحاء السعودي‎‎) Saudiya Professional Ligasi oʻynaydigan Al Majmaah shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, 1953-yild

Al-Fayha FC

Al Fayha FC (arabcha: نادي الفيحاء السعودي‎) Saudiya Professional Ligasi oʻynaydigan Al Majmaah shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, 1953-yilda tashkil etilgan.

Al Fayha
Toʻliq nomi Al Fayha Football Club
Laqabi Al Burtuqali (The Orange)
Tawahin Sudair (The Mills of Sudair)
Asos solingan 1953 (72 yil avval) (1953)
King Salman Sport City Stadium
Sigʻimi 7,000
Raisi Tawfiq Al-Modaiheem
Direktori Vuk Rašović
Liga Pro League
Oʻrni Pro League, 9th of 16
Vebsayti Klub sayti
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Uchinchi libosi
Amaldagi mavsum

Al Fayha jamoasining koʻylak ranglari toʻq sariq va koʻkdir, shuning uchun „Al-Burtuqoli“ laqabini olgan. Al-Fayha 2013/2014-yilgi mavsumda bir marta Saudiya Ikkinchi divizionida gʻolib chiqqan va 2003/2004-yilgi mavsumida bir marta ikkinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilning 29-aprelida „Al-Fayha“ Pro-ligaga birinchi marta koʻtarilib, 2017-yil 5-may kuni birinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritdi. Jamoa 2022-yilda birinchi marta Qirol kubogini qoʻlga kiritishdi.

Klub oʻz uy oʻyinlarini Al-Majmaahdagi King Salmon Sport City stadionida oʻtkazadi va stadionni shahardagi raqiblari Al-Faysaliy va Al-Mujazzel bilan birgalikda oʻtkazadi.

Tarix

Al Fayha (arabcha: الفيحاء‎) 1953-yilda Al Majmaada tashkil etilgan va 1966-yil 15-avgustda rasman roʻyxatga olingan. „Al Fayha“ mamlakatdagi eng qadimgi klublardan biri va „Al Majmaʼa“ shahridagi eng qadimgi klub hisoblanadi. „Al Fayha“ ikki xil klub – Minix va Al-Fayhaning birlashishi boʻlib, ular „Al Majmaa“ shahrining yagona vakili boʻlib Saudiya ligasiga qoʻshilgan.

„Al Fayha“ klubi tashkil topganidan beri „Al-Majmaʼa“da yoshlar xizmatida asosiy rol oʻynadi. Al Fayha shahardagi eng faol va interaktiv klublardan biri hisoblanadi va koʻpincha yoshlar uchun vaqtni toʻgʻri oʻtkazish joyi vazifasini bajaradi.

Al Fayha 1985-yilda birinchi divizionga koʻtarilgan va 1989/1990-yilgi mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketgunga qadar ketma-ket besh mavsumni Birinchi divizionda oʻtkazgan. 14 yillik tanaffusdan soʻng, Al-Fayha 2003/2004-yilgi Ikkinchi divizionda ikkinchi oʻrinni egallab, Birinchi divizionga qaytdi. Al Fayha 2007/2008-yilgi mavsum oxirida quyi ligaga tushgunga qadar birinchi divizionda ketma-ket 4 mavsumni oʻtkazdi. Keyin ular 2013/2014-yilgi mavsumda Ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritganlarida yana bir marta koʻtarilishdi. 2017-yilning 29-aprelida „Al-Fayha“ „Ohod“ jamoasiga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng oʻz tarixida birinchi marta Pro-ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ular 2017-yilning 5-mayida oʻz maydonida „Vej“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynab, birinchi marta Saudiya Arabistoni Birinchi divizionining 2016/2017 yilgi mavsumida chempion boʻlishdi.

Al-Fayha ketma-ket uch mavsumni Saudiya oliy ligasida oʻtkazdi, debyut mavsumida kutilganidan yuqori natija koʻrsatdi. Ikkinchi mavsumida esa quyi ligaga tushib qolishdan zoʻrgʻa qutulib qoldi. Saudiya Arabistoni Birinchi divizionidagi ilk mavsumida Al-Fayha 2021-yil 20-may kuni „Al-Tai“jamoasi bilan 0:0 hisobidagi durangdan soʻng yuqori ligaga koʻtarilishga muvaffaq boʻldi va mavsumni 81 ochko bilan ikkinchi oʻrinda yakunladi.

Al-Fayha 2021/2022-yilgi Qirol Kubogida ishtirok etdi. Birinchi oʻyini Abxa klubiga qarshi oʻtkazib, 4:0 hisobida magʻlub etdi va chorak finalga yoʻl oldi. Chorak finalda „Al-Batin“ bilan toʻqnash keldi va uni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Yarim finalda ular „Al-Ittihod“ ga qarshi oʻta keskin va shiddatli oʻyinda maydonga tushishdi va „Al-Fayha“ 1:0 hisobida gʻalaba qozonidi. Al-Fayha jamoasi oʻz tarixida tarixiy birinchi kubok finaliga yoʻl oldi. Finalda „Al-Fayha“ „Al-Hilol“ ga qarshi bahs olib bordi. Qoʻshimcha boʻlimdan soʻng ikki tomon 1:1 hisobida durang oʻynadi va „Al Fayha“ penaltilar seriyasida serb darvozaboni Vladimir Stoykovichning "Qirol Abdulla Sports Siti" stadionida ajoyib oʻyini evaziga gʻalaba qozondi. Yakunda Al-Fayha Saudiya Arabistoni Qirolligi kubogini qoʻlga kiritdi.

Yutuqlar

Saudiya Arabistoni Birinchi divizioni

  • Gʻoliblar (1) : 2016—2017
  • Ikkinchi oʻrin (1): 2020/2021

Saudiya ikkinchi divizioni

  • Gʻoliblar (2) : 1984—1985, 2013—1914
  • Ikkinchi oʻrin (1): 2003—2004

Qirol kubogi

  • Gʻoliblar (1) : 2021—2022

Saudiya Superkubogi

  • Ikkinchi oʻrin (1): 2022

Hozirgi tarkib

2024-yil 3-sentyabr holatiga koʻra:Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   KSA Abdulraouf Al-Duqayl
2 DF   KSA Mukhair Al-Rashidi
4 DF   KSA Sami Al-Khaibari (Sardor)
6 MF   KSA Saud Zidan
7 FW   NGA Henry Onyekuru
8 MF   ESP Alejandro Pozuelo
10 FW   [[|Zambia]] Fashion Sakala
11 MF   KSA Khalid Kaabi
13 MF   BIH Gojko Cimirot
14 MF   KSA Mansor Al-Beshe
15 MF   KSA Abdulhadi Al-Harajin
22 DF   KSA Mohammed Al-Baqawi
25 DF   KSA Faris Abdi
27 FW   KSA Redha Al-Abdullah (Al-Ettifaq jamoasidan ijara)
29 MF   KSA Nawaf Al-Harthi
R. Poz. Millati Futbolchi
33 GK   KSA Sattam Al-Shammari
45 FW   KSA Sattam Al-Lehiyani
46 DF   KSA Osama Al-Turki
47 DF   KSA Mohammed Al-Dowaish
52 GK   PAN Orlando Mosquera
55 MF   KSA Ali Al-Hussain
62 DF   KSA Hossam Majrashi
66 MF   KSA Rakan Kaabi
75 DF   KSA Khalid Al-Rammah
99 FW   KSA Malek Al-Abdulmenem
DF   ENG Chris Smalling
MF   UZB Otabek Shukurov
MF   VEN Aldry Contreras (Angostura jamoasidan ijara)
FW   URU Renzo López

Roʻyxatdan oʻtmagan oʻyinchilar

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
5 DF   KSA Naif Almas
34 GK   KSA Osama Al-Thumairy
38 MF   KSA Yahya Al Surur
41 MF   KSA Saud Al-Muqbil
51 FW   KSA Abdulaziz Al-Burayk
R. Poz. Millati Futbolchi
53 DF   KSA Abdullah Aman
61 MF   KSA Eyad Badri
81 MF   KSA Yazid Jadhami
96 GK   KSA Abdulaziz Al-Murdih
DF   KSA Sultan Al-Harbi

Ijaraga berilgan futbolchilar

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
21 DF   KSA Muteb Al-Khaldi (Al-Ain jamoasiga ijaraga berilgan)
R. Poz. Millati Futbolchi
70 DF   KSA Abdulrahman Al-Anazi (Al-Orobah jamoasiga ijaraga berilgan)

Boshqaruv xodimlari

Lavozim Ism
Menejer   Vuk Rasovich
Boshqaruvchi yordamchisi   Lyubisha Rankovich
  Rudolf Marić
Darvozabonlar murabbiyi   Fábio Muchinel Tepedino
Fitnes murabbiyi   Vladan Popovich
Video tahlilchisi   Ahmad Valid Charchari
Ishlash tahlilchisi Boʻsh
Sport direktori Boʻsh
Doktor Boʻsh
Fizioterapevt Boʻsh
Rivojlanish boʻyicha direktor   Alioua Mohamed Lamine

Murabbiylar tarixi

  •   Youssef Baati (2001 – 2002)
  •   Habibe Othmani (August 1, 2002 – November 2, 2002)
  •   Hassan Oueslati (November 2, 2002 – May 1, 2003)
  •   Rasheed Ben Ammar (August 1, 2003 – June 6, 2004)
  •   Lula (October 11, 2004 – April 23, 2005)
  •   Ali Komaikh (April 23, 2005 – May 18, 2005)
  •   Turki Al-Sultan (caretaker) (May 18, 2005 – June 1, 2005)
  •   Zouhair Louati (June 25, 2005 – March 10, 2006)
  •   Ibrahim Al-Qarmalah (caretaker) (March 10, 2006 – May 1, 2006)
  •   Hichem Grioui (July 14, 2006 – November 25, 2006)
  •   Ibrahim Al-Qarmalah (caretaker) (November 25, 2006 – December 17, 2006)
  •   Zouhair Louati (December 17, 2006 – May 10, 2007)
  •   Ghazi Ghrairi (July 30, 2007 – February 19, 2008)
  •   Bahaaeddine Qebisi (February 19, 2008 – April 27, 2008)
  •   Zouhair Ghodbani (April 27, 2008 – April 30, 2008)
  •   Hamdan Al-Jara'ah (caretaker) (April 30, 2008 – May 17, 2008)
  •   Nasser Nefzi (July 1, 2008 – January 13, 2009)
  •   Ibrahim Al-Qarmalah (January 13, 2009 – March 23, 2009)
  •   Mohammed Farouk (March 23, 2009 – October 18, 2009)
  •   Selim Al Manga (October 20, 2009 – May 10, 2010)
  •   Yousri bin Kahla (July 1, 2010 – December 5, 2010)
  •   Selim bin Gholis (caretaker) (December 5, 2010 – December 11, 2010)
  •   Selim Al Manga (December 11, 2010 – May 10, 2011)
  •   Mohammed Farouk (July 1, 2011 – December 1, 2011)
  •   Ibrahim Al-Qarmalah (caretaker) (December 1, 2011 – December 17, 2011)
  •   Moncef Mcharek (December 17, 2011 – April 17, 2013)
  •   Rateb Al-Awadat (April 17, 2013 – August 21, 2013)
  •   Makram Abdullah (August 23, 2013 – May 1, 2014)
  •   Ahmed Labyad (May 7, 2014 – November 12, 2014)
  •   Abderrazek Chebbi (November 13, 2014 – May 1, 2015)
  •   Khalil Al-Masri (June 9, 2015 – September 20, 2015)
  •   Lassaad Maamar (September 28, 2015 – May 2, 2016)
  •   Habib Ben Romdhane (May 2, 2016 – May 10, 2017)
  •   Constantin Gâlcă (May 20, 2017 – November 1, 2017)
  •   Gustavo Costas (November 1, 2017 – October 15, 2018)
  •   Slavoljub Muslin (October 15, 2018 – February 2, 2019)
  •   Noureddine Zekri (February 5, 2019 – May 17, 2019)
  •   Jorge Simão (June 8, 2019 – August 27, 2020)
  •   Yousef Al-Ghadeer (August 27, 2020 – September 10, 2020)
  •   Habib Ben Romdhane (September 24, 2020 – June 1, 2021)
  •   Vuk Rašović (June 21, 2021 –)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, al-fayha fc haqida ma’lumot. al-fayha fc nima? al-fayha fc nimani anglatadi?

Yuqori