Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ibn Taymiya (arabcha: ٱبْن تَيْمِيَّة‎‎) — musulmon sunniy ulamo, faqih, muhaddis, asket. Marj al-Safar jangida Gʻozonxon bilan diplomatik aloqalar oʻrnatish is

Ibn Taymiya

Ibn Taymiya (arabcha: ٱبْن تَيْمِيَّة‎) — musulmon sunniy ulamo, faqih, muhaddis, asket. Marj al-Safar jangida Gʻozonxon bilan diplomatik aloqalar oʻrnatish ishlarini olib borgan. Hanbaliy mazhabining qozisi, oddiy xalqning avliyolarga ilohiy kuch isbot qilishi va ularning qabirlarini ibodat makonlariga aylatirish amallarini qattiq qoralashi oqibatida Ibn Taymiyya oʻz zamonining hukmdorlari va ulamolari orasida muxolifatchi sifatida tanilgan, va shu sababli bir necha bor qamoqqa olingan.

Imom

Ibn Taymiyya
ٱبْن تَيْمِيَّة
Unvoni Shayx al-Islom
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 22-yanvar 1263-yil CE
10-Rabi' al-Awwal 661 AH
Vafoti 26-sentabr 1328-yil CE
20-Dhu al-Qa'da 728-yil AH
Damashq, Mamluk Saltanati (bugungi kundagi Suriya)
Dini Islom
Fuqarolik Harron, Mamluk Saltanati (bugungi kundagi Turkiya)
Mazhab Hanbaliy
Maktab Sunniy
Oqim Ahl al-Hadis
Ahl al-Asar
Mashhur ish(lar)i
  • Minhaj al-sunnah al-Nabawiyya
  • al-Aqida al-Wasitiyya
  • al-Sarim al-Maslul ala Shatim al-Rasul
  • Majmu' al-Fatawa

Oʻzining va undan keyingi davrlarning bahsli figurasi boʻlib, Ibn Taymiyya o'rta asr ulamolaridan kech sunniy islomga eng ta'sirli shaxslardan biri sifatida e'tirof etiladi. U yana shiddatli diniy polemikalarda ishtirok etish bilan taniladi. Asosan kalom ilmi tarafdorlarini tanqid qilishi, xususan, ash'ariy va moturidiy maktablarga qattiy raddiyalar berishi, va asariylik tarafini himoya qilishi bilan mashhur. Bu doimiy polemikalar natijasida Ibn Taymiyyaga qarshi taraf uni va uning shogirdlarini antropomorfizmda ayblashadi. Bu uning kitoblari taqiqlanishiga, va o'zini bir necha bor hibsga olinishiga olib keladi.

Ibn Taymiyya oʻzining risolatlarida aql va vahiy oʻrtasida hech qanday ziddiyat yoʻqligini ta'kidlab, aqidaviy masalalarini falsafadan asosiy shart sifatida foydalanishni qattiy qoralagan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ibn taymiya haqida ma’lumot. ibn taymiya nima? ibn taymiya nimani anglatadi?

Yuqori