Hijr surasi (arabcha: سورة الحجر, nomining maʼnosi — Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy) — Qurʼonning 15-surasi. Makkiy suralardan biri, 99 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 262–267-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 54-boʻlib nozil boʻlgan.
| Hijr surasi — سورة الحجر | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 262–267 | ||||||||||||
| Juz | 14 | ||||||||||||
| Sura raqami | 15 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 99 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 6 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | Alif, lom, ro. | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 958 | ||||||||||||
| Harflar soni | 2797 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 54 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Bu sura olam mehvari — turli asrlardagi paygʻambarlarni yolgʻonchi qilib, ularga qarshi chiqqan osiylarning hammasi halokatga uchraganlari atrofida aylanadi. Shu boisdan sura bunday kimsalarga iymonsizliklarining oqibati xatarli ekanligi haqida tanbeh berish bilan boshlanadi.
Bu surada burjlarga boʻlingan osmon, hayot kechirish uchun moslab yaratilgan zamin, maʼdan-xazinalarni oʻz bagʻriga olib oʻrnashgan togʻlar, yomgʻirli bulutlarga "homilador" boʻlgan shamollar zikr qilinib, bularning barchasi Haq taolo tarafidan insonga xizmat qilish uchun yaratilgani uqtiriladi. Soʻngra Yaratganning amri bilan asli zuvalasi "qora loy"dan qorilgan insonga butun mavjudot sajda qilganida faqat Iblisgina bu farmonga boʻyinsunmay, kibr-havo qilganini bayon qilish bilan shaytonning insoniyatga nisbatan boʻlgan adovati to qiyomatgacha davom etishiga ishora qilinadi. Yana bu surada Allohning paygʻambarlari — Ibrohim, Lut, Shuayb va Solih alayhissalomlarning qissalari soʻylanadi. Bulardan Solih paygʻambarning qavmlari — Samud qabilasi Hijr (Madina va Shom oʻrtasidagi vodiy)dan ekanligi zikr qilinib, mazkur suraning "Hijr" deb nomlanishining boisi shudir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hijr surasi haqida ma’lumot. hijr surasi nima? hijr surasi nimani anglatadi?
