Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nahl surasi (arabcha: سورة النحل‎‎, nomining maʼnosi — Asalari) — Qurʼonning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 267–281-s

Nahl surasi

Nahl surasi (arabcha: سورة النحل‎, nomining maʼnosi — Asalari) — Qurʼonning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 267–281-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 70-boʻlib nozil boʻlgan.

Isro    16–sura   Hijr
Nahl surasi — سورة النحل
Qurʼon nusxalaridan biridagi Nahl surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 128, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 16, qora rangda - Nahl surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 70, 3. Rukuʼsi soni - 16; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:16, 3. Nozil boʻlish tartibi:70, 4. Rukuʼsi:16, 5. Oyati:128, 6. Porasi (Juzi):14 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Asalari
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sahifasi 267–281
Juz 14
Sura raqami 16
Oyatlar soni 128
Sajda oyati 50-oyat
Rukuʼlar soni 16
Muqattaot harflari yoʻq
Soʻzlar soni 1845
Harflar soni 7642
Nozil boʻlish tartibi 70

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Isro surasi  Keyingisi 16 Oldingisi  Hijr surasi
Nozil boʻlish tartibi
Nuh surasi   Keyingisi 70 Oldingisi  Kahf surasi
                                   

Asosiy maʼnosi

Bu sura qiyomat soati yaqinlashib qolgani haqida xabar berish bilan boshlanadi. Soʻngra Tangri taolo Oʻzining yakka-yu yolgʻiz ekani, yerdagi jonli-jonsiz butlar Unga sherik boʻlolmasliklari xususida ogohlantiradi va yer-u osmonlar, dengizlar, togʻlar, vodiy va vohalar, osmondan tushib, yerni koʻkartirayotgan yomgʻir, yerdan unib chiqib, osmonga intilayotgan nabotot,dengizlarda suzib borayotgan kemalar, kechalarda yoʻlovchi musofirlar uchun mayoq boʻlgan yulduzlar va, xususan, bir tomchi suvdan yaralib, butun borliqdan aziz va mukarram boʻlgan inson — bularning barchasi bir dono va bilimdon Yaratguvchi zot borligiga dalolat qilib turishi toʻgʻrisida uqtiriladi. Soʻngra Alloh taolo ato etgan behisob neʼmatlarning shukrini ado qilish lozimligi, kufroni neʼmat qilgan koʻrnamak kimsalarning oqibati halokat ekanligini bayon qiluvchi oyatlar keltiriladi. Sura nihoyasida Paygʻambar alayhissalom va u kishining ummatlariga Allohning diniga ilm-u hikmat va chiroyli pand-nasihat qilish bilan daʼvat etish hamda bu daʼvat yoʻlida chekiladigan jabr-u jafolarga sabr-toqat qilish amr etiladi. Tangri taoloning ojiz va moʻjizaviy maxluqi boʻlmish asalari xususida, uning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qiladigan oyatlar oʻrin olgani uchun u "Nahl" — "Asalari" surasi deb atalgandir.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nahl surasi haqida ma’lumot. nahl surasi nima? nahl surasi nimani anglatadi?

Yuqori