Buyuk soddalik – atoqli oʻzbek shoiri Abdulla Oripovning 2024-yilda nashr etilgan toʻrtlik va gʻazallardan iborat toʻplami. Toʻplamga kiritilgan ijodiy ishlar 1959—2013-yillar oraligʻida yozilgan. Umumiy hisobda 5000 nusxada nashrdan chiqqan.
| Muallif(lar) | Abdulla Oripov |
|---|---|
| Muharrir(lar) |
|
| Muqova artist(lar)i | A.Yusupov |
| Mamlakat | |
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | toʻrtlik sheʼrlar, gʻazallar |
| Nashr etilgan sanasi | 2024-yil 10-avgust |
| Nashriyot | Invest book |
| Sahifalar soni | 199 |
| ISBN | 978-9910-9276-0-7 |
Nashr etilishi
Toʻplam Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida chop etilgan. Sheʼrlarni toʻplab, nashrga tayyorlash jarayonlarida shoirning oila aʼzolari, jumladan, rafiqasi Xanifa Mustafayeva hamda qizi Mavluda Oripovalar ishtirok etgan.
2024-yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida bir guruh oʻzbek ziyolilari ishtirokida shoirning yangi nashr etilgan „Buyuk soddalik“ hamda „Ummon boʻyidagi oʻylar“ toʻplamining taqdimoti oʻtkazilgan.
Toʻrtlik va gʻazallar
Umumiy hisobda 420 ta toʻrtliklar hamda 35 ta gʻazallar toʻplamga kiritilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, buyuk soddalik haqida ma’lumot. buyuk soddalik nima? buyuk soddalik nimani anglatadi?