Anʼom surasi (arabcha: سورة الأنعام, nomining maʼnosi — Chorvalar) — Qurʼonning 6-surasi. Makkiy suralardan biri, 165 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 128–150-sahifasida va 7-8-juzida joylashgan. 55-boʻlib nozil boʻlgan.
| Anʼom surasi — سورة الأنعام | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Chorvalar | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 128–150 | ||||||||||||
| Juz | 7-8 | ||||||||||||
| Sura raqami | 6 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 165 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 20 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 3055 | ||||||||||||
| Harflar soni | 12418 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 55 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada soʻz eʼtiqod va iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu eʼtibori bilan Madinada nozil boʻlgan "Baqara", "Oli Imron", "Niso" va "Moida" suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning oʻziga xos belgilari — roʻza, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va boshqalar xususida soʻzlanmaydi. Balki unda eʼtiqod va iymonga aloqador markaziy masalalar — Allohning zoti va sifatlari, vahiy va paygʻambarlik mohiyati hamda qayta tirilish va qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob borasida soʻz yuritiladi.
"Anʼom"dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, maʼbudlikda ham yagona, deb uqtiradi. Yana u paygʻambarlar otasi - Ibrohim alayhissalom va uning zurriyotidan boʻlgan bir qancha paygʻambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari, yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu dunyoda Allohning xalifasidir, deb taʼkidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning oʻz qoʻlida ekanligi yana bir bora eslatib oʻtiladi. Boshqa suralar boʻlinib-boʻlinib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada dafʼatan toʻla nozil boʻlgan.
Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi hukmlar ham bayon etilgani uchun u "Anʼom" — "Chorvalar" deb ataladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anʼom surasi haqida ma’lumot. anʼom surasi nima? anʼom surasi nimani anglatadi?
