Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lut (arabcha: لوط‎‎) – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Harron shahri (Mesopotamiya)da tavallud topib, Ibrohim bilan birga Falastinga borgan. S

Lut alayhis-salom

Lut (arabcha: لوط‎) – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Harron shahri (Mesopotamiya)da tavallud topib, Ibrohim bilan birga Falastinga borgan. Sadum, Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugʻullangan. Paygʻambarlik darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qiladi, Allohning birligiga imon keltirishga chaqiradi. Biroq axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark etmay, uning oʻzini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi boʻladi. Farishtalar unga oilasi va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning gʻazabiga uchragan) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qurʼonning Hijr surasida Lut maʼlum masofaga yetib olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yogʻdirilgani bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar oʻrnida dengiz mavjud boʻlib, u „Oʻlik dengiz“ deb nomlanadi. Lut paygʻambar nomi Bibliyada „Lot“ shaklida kelgan boʻlib, undagi qissa Qurʼondagi xabardan baʼzi jihatlari bilan farq qiladi.

Lut (arabcha: لوط‎)
Fayl:Quran1.gif
Boshqa dinlarda : nas –
yahud. —
Jinsi : erkak
Turkum: Paygʻambar
Manzili: Suriya, Falastin
Zikr qilingan oyatlar: 27 marotaba(Qur'onda),
Vafoti sanasi va joyi: Eramizdan avvalgi 19-asrda
Hijozda
Zamonasidagi shahslar: Ibrohim va Lutning ayoli

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, lut alayhis-salom haqida ma’lumot. lut alayhis-salom nima? lut alayhis-salom nimani anglatadi?

Yuqori