Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2020-yildan Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi. 2016-2018-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi boʻlgan.
| Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov | |
|---|---|
![]() Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qabulida | |
| Mansab davri 2020-yil 26-apreldan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sherzod Fayziyev |
| Mansab davri 2016-yildan – 2018-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Akmal Kamolov |
| Vorisi | Botir Asadov |
| Mansab davri 2018-yildan – 2019-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Sultonov |
| Vorisi | Bahodir Siddiqov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 16-mart 1969-yil Toshkent |
Biografiyasi
Maʼlumoti
Bahrom Ashrafxonov 1969-yilda tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent politexnika institutini, 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, bir yildan so‘ng Kentukki universiteti (AQSh)ni tamomlagan.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
1994—2000-yillarda AIG Trading Group (AQSh) vakolatxonasi rahbari va UZ AIG Insurance sugʻurta kompaniyasining bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
2000—2016-yillarda O‘zbekiston Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi boʻlgan.
2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi va Belarusdagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.
2018-yil sentyabridan „Oʻzbekneftgaz“ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi.
2019-yil fevral-sentyabr oylarida Moliya vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, so‘ngra 2020-yil apreliga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.
2020—yil aprel oyidan O‘zbekistonning Ozarbayjon va Gurjiston davlatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bahrom ashrafxonov haqida ma’lumot. bahrom ashrafxonov nima? bahrom ashrafxonov nimani anglatadi?



