Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha: İlham Heydər oğlu Əliyev; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi.

Ilhom Aliyev

Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Aliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha: İlham Heydər oğlu Əliyev; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi. 2003-yilning 31-oktyabridan Ozarbayjon Respublikasining toʻrtinchi prezidenti lavozimini egallagan. Undan oldinroq 2003-yilning 4-avgustidan oʻsha yilning 4-noyabrigacha Ozarbayjon Respublikasi bosh vaziri.

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
İlham Heydər oğlu Əliyev
 Ozarbayjon Prezidenti
 
Mansab davri
2003-yil 31-oktabr
Oʻtmishdoshi Haydar Aliyev
 Ozarbayjon Bosh vaziri
 
Mansab davri
2003-yil 4-avgust – 2003-yil 4-noyabrgacha
Oʻtmishdoshi Artur Rosizoda
Vorisi Mehribon Aliyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-dekabr 1961-yil (1961-24-12) (64 yosh)
Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Siyosiy partiyasi „Yangi Ozarbayjon“
Turmush oʻrtogʻi Mehribon Aliyeva
Bolalari oʻgʻli: Haydar
qizlari: Orzu va Leyla Alieva
Onasi Zarifa Aliyeva
Otasi Haydar Aliyev
Mukofotlari 1-klass Turkiya ordeniفکر کنم Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi

Hayoti

  • Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda Boku shahrida tugʻilgan. 1967-1977-yillarda Boku shahridagi 6-oʻrta maktabda tahsil olgan.
  • 1977-yilda Моskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga oʻqishga kirgan. Uni tugatgandan soʻng institutning aspiranturasiga qabul qilingan, 1985-yilda dissertasiya himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
  • 1985—1990-yillarda Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar institutiinstitutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
  • 1991—1994-yillarda xususiy biznes sohasida ishlagan. Bir qator mahsulot — kommersiya muassasalariga rahbarlik qilgan.
  • 1994-yildan 2003-yil avgust oyiga qadar Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatinning vitse-prezidenti, birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. Haydar Aliyevning neft strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
  • Suveren Ozarbayjon neft siyosatining geosiyosiy aspektlariga oid bir qator tadqiqot isharining muallifi. Siyosiy fanlar doktori.
  • 1995-yilda va 2000-yillarda Оzarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2003-yilda Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi sababli deputatlik faoliyatini toʻxtatgan.
  • 1997-yildan Оzarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining Prezidenti. Sport va Olimpiya harakatining rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun Хalqaro Olimpiya Qoʻmitasining yuksak ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1999-yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasi raisining oʻrinbosari 2001-yilda raisning birinchi oʻrinbosari, 2005-yilda esa partiyaning raisi etib saylangan.
  • 2001—2003-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida delegatsiya rahbari boʻlgan.
  • 2003-yilning yanvarida Yevropa Soveti Parlament Assambleyasi raisining oʻrinbosari, ESPA Byuro aʼzosi etib saylangan.
  • 2004-yilning aprelida ESPA faoliyatidagi faol ishtiroki va Yevropa ideallariga sadoqati uchun ESPAning faxriy aʼzosi diplomi va ESPA medali bilan mukofotlangan.
  • 2003-yil 4-avgustda Milliy Majlis tomonidan tasdiqlangach, Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri etib tayinlangan.
  • 2003-yil 15-oktyabrda Ozarbayjan Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Prezident saylovlarida saylovchilarning 76 % dan ortigʻi Ilhom Aliyev uchun ovoz bergan. 2003-yil 31-oktyabrdan oʻz vazifasini bajarishga kirishgan.
  • 2008-yilda qaytadan prezident etib saylangan. 2013-yilda uchinchi muddatga prezident etib saylangan va hozirda prezident vazifasini bajarishda davom etmoqda.
  • Ozarbayjon, rus, ingliz, fransuz va turk tillarini biladi.
  • Oilali. Uch farzandi, toʻrt nevarasi bor.

Mukofotlari

  • 28.04.2005 —   “Haydar Aliyev” ordeni
  •   „Qirol Abdulaziz“ ordeni
  •   „Shuhrat“ ordeni
  •   „Muborak al-Kabir“ ordeni
  •   „Uch yulduz“ ordeni „Katta xoch kavaleri“ darajasi
  •   Bolgariya Respublikasining yuksak mukofoti — „Stara Planina“ ordeni
  •   Belarus Respublikasi, Doʻstlik tartibi
  •  Xalqaro munosabatlar va tinchlik uchun Xayriya Murabbiysi mukofoti
  •   „Yil kishisi“ — 2010-yilning noyabr oyida Buxarest shahrida Ruminiyaning „BalcaniişiEuropa“ („Bolqonlar va Yevropa“) jurnali tomonidan taqdim etilgan
  •   Gretsiya parlamentining Oltin medali
  •   „Shayxulislom“ ordeni
  •   Rossiya Pravoslav Cherkovining „Prepodobniy Sergiy Radonejskiy“ birinchi darajali Ordeni
  • „Katta Kordon“ Shuhrat Ordeni (xalqaro Harbiy -Sport Soveti)
  • FILA — Shuhrat Zalining eng yuksak „Sport Afsonasi“ ordeni
  • Yevropa Adolatli Oʻyinlar harakatining „Shuhrat“ ordeni
  •   MDH mamlakatlari Sport Tashkiloti Xalqaro konferensiyasining „Shuhrat Ordeni“
  •   „Birlik ordeni“
  •   „Ismoili Somoniy“ ordeni
  •   „Xalqlar doʻstligi“ ordeni
  •   Birinchi darajali Тurkiya Respublikasi Davlat Ordeni (2013)
  •   Ozodlik ordeni (2013)
  •   Janub-Janub mukofoti(2015)

Faxriy doktori boʻlgan universitetlar

  •   Boku Davlat universitetining faxriy doktori
  •   Linkoln Universitetining faxriy doktori
  •   Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar universitetining faxriy doktori
  •   L. N. Gumilyev — Ovrosiyo Milliy universitetining professori
  •   Bilkent universitetining faxriy doktori
  •   Soliqlar boʻyicha Milliy akademiyaning faxriy doktori
  •   Ploesti Neft va Gaz universitetining faxriy doktori
  •   Milliy va Jahon Iqtisodiyoti universitetining faxriy professori
  •   Kyung Hi Universitetining faxriy doktori
  •   Iordaniya Universitetining faxriy doktori
  •   Korvinus universitetining ijtimoiy fanlar boʻyicha faxriy doktori
  •   M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining faxriy professori
  •   Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining faxriy doktori
  •   Maxtumquli nomidagi Turkmaniston universitetining faxriy professori
  •   Belorus Davlat universitetining faxriy professori;
  •   Turk Havo Qurumi universitetining faxriy doktori.

Faxriy fuqaroligi

  •   Astraxan shahrining faxriy fuqarosi.

Tasvirlar

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ilhom aliyev haqida ma’lumot. ilhom aliyev nima? ilhom aliyev nimani anglatadi?

Yuqori