Bahodirjon Bahromovich Siddiqov – oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. 2019—2020-yillarda va 2023—2025-yillarda Oʻzbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi.
| Bahodirjon Bahromovich Siddiqov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2023-yil 25-martdan – 2025-yil 17-dekabrgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Mehriddin Abdullayev |
| Vorisi | Abdugʻani Sanginov |
| Mansab davri 2019-yildan – 2020-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Bahrom Ashrafxonov |
| Vorisi | Mehriddin Abdullayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 27-may 1979-yil Beshariq tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Biografiyasi
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tugʻilgan.
2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Toshkent davlat texnika universitetini bitirgan. Mutaxassisligi – moliya, kredit va menejment.
1999−2000 – „OʻzLITIneftgaz“ AJ texnik xodimi.
2001−2004 – „OʻzLITIneftgaz“ MChJ muhandis-konstruktor, kichik ilmiy xodim.
2004−2006 – „OʻzLITIneftgaz“ 1-toifali muhandisi va boʻlimi boshligʻi.
2006−2007 – „Oʻztyajneftgazkimyoloyiha“ davlat loyiha instituti loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini baholash boʻlimi boshligʻi.
2007−2009 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.
2009−2010 – „Oʻzbekneftgaz“ qoshidagi „Neftegazinvest“ korxonasi direktori.
2010−2011 – Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasi korporativ ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.
2011−2012 – Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasi korporativ masalalar boʻyicha direktori.
2012—2016 – Uzbekistan GTL qoʻshma korxonasida moliya direktori.
2016—2017 – „Oʻzbekneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi – „Neftegazinvest“ MChJ direktori.
2017−2017 – „Oʻzbekneftgaz“ investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boshqarmasi boshligʻi, „Neftegazinvest“ direktori.
2017−2018 – „Oʻzbekneftgaz“ investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.
2018−2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi.
2019—2020 – „Oʻzbekneftgaz“ boshqaruvi raisi.
2020—2023 – O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi neft va gaz sanoatini isloh qilishni muvofiqlashtirish loyiha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2021-yildan 2025-yilgacha „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi, Yoshlik-1 konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisining direktori.
2023-yildan 2025-yilgacha „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi.
2020—2025-yillarda 6-chaqiriq Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi deputati; byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi; O‘zbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi fraksiyasi aʼzosi boʻlgan.
2024—2025-yillarda Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi.
2025-yil dekabrda ishdan boʻshatilgan, keyinchalik qamoqqa olingan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bahodir siddiqov haqida ma’lumot. bahodir siddiqov nima? bahodir siddiqov nimani anglatadi?

