Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-

Murodjon Azimov

Vikipediyada ismi Murodjon va familiyasi Azimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Murodjon Berdialiyevich Azimov (1976-yil Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Qashqadaryo viloyati hokimi (2021-yildan, 2022-yildan tasdiqlangan).

Murodjon Azimov
 Qashqadaryo viloyati hokimi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zoir Mirzayev
 Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2018-yil 12-fevraldan – 2021-yil 18-noyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Muidjon Tohiriy
Vorisi Akmalxoʻja Mavlonov
 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurarorining oʻrinbosari
Mansab davri
2016-yil sentyabr – 2018-yil
 Buxoro viloyati prokurori
Mansab davri
2014-yil – 2016-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-mart 1976-yil (1976-03-16) (49 yosh)
Qarshi, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Xizmat yillari 1998-yildan
Unvoni general-mayor

Biografiyasi

Murodjon Azimov 1976-yil 16-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tugʻilgan.

Taʼlimi

1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati

1998—2014-yillarda Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, viloyat prokurorining oʻrinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan. 2014—2016-yillarda Buxoro viloyati prokurori, 2016—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bojxona xizmati general-mayori. 2021-yil 18-noyabr kuni Qashqadaryo hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2022-yil 22-apreldan Qashqadaryo viloyat hokimi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, murodjon azimov haqida ma’lumot. murodjon azimov nima? murodjon azimov nimani anglatadi?

Yuqori