Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Doʻstlik tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1970-yil 16-oktabrda tashkil etilgan. Doʻstlik tumani viloyatning Arnasoy, Mirzachoʻl, Paxtakor, Sirdaryo viloyatin

Doʻstlik tumani

Doʻstlik tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1970-yil 16-oktabrda tashkil etilgan. Doʻstlik tumani viloyatning Arnasoy, Mirzachoʻl, Paxtakor, Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 71,6 ming kishi (2025 y). Viloyat markazigacha bo‘lgan masofa 52 km. Doʻstlik tumanida 1 shahar (Doʻstlik) va 12 ta mahalla fuqarolari yigʻini (Chinobod, Alisher Navoiy, Gʻafur Gʻulom, Sanoatchilar, Bogʻzor, Bunyodkor, Manas, Mevazor, Navroʻz, Saritepa, Oltin vodiy, Qahramon) mavjud.[manba kerak] Markazi — Doʻstlik shahri.

Doʻstlik tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Doʻstlik (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 71 600
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Doʻstlik tumani xaritada
40°31′32.5″N 68°1′52.7″E / 40.525694°N 68.031306°E / 40.525694; 68.031306

Tabiati

Doʻstlik tumani yer yuzasi asosan tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 40—45°, yanvarniki —2° dan —4° gacha. Vegetatsiya davri 250—260 kun.

Doʻstlik tumanini Janubiy Mirzachoʻl kanalining chap tarmoqlari kesib oʻtgan. Yillik yogʻin miqdori 400-500 millimetr. Havoning namolik darajasi qishda 70-80 foiz, yozda 25 — 30 foiz atrofida boʻladi. Tuprogʻi unumdor, boʻz tuproq. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari koʻrilmoqda. Yovvoyi oʻsimliklardan kovrak, yantoq, qamish va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiya boʻri, tulki, ilon, toshbaqa, kaltakesak va hokazo yashaydi.

Aholisi

Aholisi — asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 148 kishi. Shaharliklar 28 ming kishi, olis mahallalar aholisi 38,3 ming kishi.

Iqtisodiyoti

Doʻstlik tumanida sanoat mahsulotlaridan tashqari paxta, gʻalla, meva-sabzavot, goʻsht, sut yetishtiriladi. Asalarichilik, issiqxona, parrandachlik ham rivojlanmoqda. Sugʻoriladigan yer maydoni 33,4 ming gektar, shundan 17,9 ming ga. yerga paxta, 13.7 ming ga. yerga gʻalla, 1.8 gektar yer maydoniga bosh turdagi ekinlar etiladi. 2025 yilda 100 tonna pilla, 128 ming tonna (o‘rtacha 81,5 sentner) g‘alla, 64 ming tonna (o‘rtacha hosildorlik 50 sentner) paxta yetishtirildi. Tumanda 414 ta fermer xoʻjaligi mavjud.

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Do‘stlik tumanida 2025- yilning 1-oktabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 1 133 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari soni 626 tani yoki jami ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning 55,3 % ni tashkil qildi.

2025- yil 1-oktabr holatiga 448 ta tijorat shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 366 ta, xususiy korxonalar 40 ta, oilaviy korxonalar 38 ta va boshqa tijorat korxonalari 4 tani tashkil etadi.

2025- yil 1-oktabr holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan chet el investitsiyasi kiritilgan korxonalar soni 9 tani tashkil etadi.

Tumanda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, 20 ta maktab, bitta Ixtisoslashtirilgan maktab, 17 ta maktabgach taʼlim muassasalari mavjud.

Do‘stlik tumanidagi “Chinobod” mahallasi hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil etilmoqda. Massivdagi qurilish ishlari reja asosida amalga oshirilib, jami 50 ta besh qavatli turar joy binosi barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunga kelib, 15 ta ko‘p qavatli turar joy foydalanishga topshirildi. Yana shuncha ko‘p qavatli uylarni qurish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

2025 yilda Do‘stlik tumani Gʻafur Gʻulom mahallasida zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan, yoshlarimizning bilim olishi, ijod qilishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan “Yoshlar shaharchasi” barpo etildi.

Shaharcha tarkibida:

•  zamonaviy IT park,

•  ilm manbai bo‘lgan zamonaviy kutubxona,

•  ma’naviy barkamollik makoni — “Oila maktabi”,

•  1000 o‘rinli amfiteatr,

•  milliy iftixorimiz timsoli — “Renessanslar monumenti”,

•  ijod ahli uchun ovoz yozish studiyasi,

•  yoshlar sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish uchun yopiq va ochiq sport majmualari faoliyat ko‘rsatadi.

Shuningdek, tuman markazidagi 24/7 - kechayu-kunduz ish olib boruvchi ko‘cha va unga tutash “Mevazor” mahallasidagi Sohil bo‘yi turizm loyihalari, Gʻafur Gʻulom mahallasidagi yangi bozor savdo kompleksi qurilib foydalanishga topshirildi.

150 oʻrinli markaziy kasalxona (Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi faoliyat koʻrsatmoqda), qishloq vrachlik ambulatoriyasi aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Tuman markazida Xotira maydoni barpo etilgan. „Doʻstlik“ temir yoʻl stansiyasi bor. Doʻstlik—Toshkent, Doʻstlik — Samarqand, Doʻstlik—Jizzax, Dustlik — Guliston, Doʻstlik — Arnasoy yoʻnalishlarida avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. „Doʻstlik hayoti“ tuman gazetasi 1000 nusxada muntazam chop etiladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, doʻstlik tumani haqida ma’lumot. doʻstlik tumani nima? doʻstlik tumani nimani anglatadi?

Yuqori