Mirzayev Zoir Toirovich (oʻzbekcha: Мирзаев Зоир Тоирович; 10-mart 1968-yil, Samarqand) – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2010-yildan), Samarqand viloyati hokimi (2010-2016), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2016-2018), Qashqadaryo viloyati hokimi (2019-2021), Toshkent viloyati hokimi (2021-yildan).
| Mirzayev Zoir Toirovich | |
|---|---|
Мирзаев Зоир Тоирович | |
![]() Mirzayev 2024-yilda | |
| Toshkent viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2021-yil 18-noyabrdan | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Davron Hidoyatov |
| Qashqadaryo viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2019-yil 26-oktyabrdan – 2021-yil 18-noyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Zafar Roʻziyev |
| Vorisi | Murodjon Azimov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri | |
| Mansab davri 2016-yil 15-dekabrdan – 2018-yil 12-fevralgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Shuhrat Teshayev |
| Vorisi | lavozim bekor qilingan; Bahodir Yusupov suv xoʻjaligi vaziri sifatida, Shavkat Hamroyev qishloq xo'jaligi vaziri sifatida |
| Samarqand viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2010-yil 17-dekabrdan – 2016-yil 15-dekabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Oʻktam Barnoyev |
| Vorisi | Himmat Oqboʻtayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-mart 1968-yil Jomboy tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Mukofotlari | |
Hayoti
1968-yil 10-martda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan.
Taʼlim
Maʼlumoti – oliy. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1984—1989-yillarda – Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi „X.Nizomatov“ kolxozining ishchisi, 1994—1995-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining iqtisodchisi, 1995—1996-yillarda – Jomboy tumani hokimligi moliya boʻlimi mudirining oʻrinbosari, 1996—1997-yillarda Samarqand viloyati Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi bosh inspektori, 1997-2000-yillarda – Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi, 2000—2001-yillarda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining boshligʻi, 2003—2004-yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi, 2004—2008-yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2008—2010-yillarda – Samarqand shahar hokimi, 2010-yil 17-dekabrdan 2016-yil 15-dekabrgacha Samarqand viloyati hokimi, 2016-yildan 2018-yilgacha Bosh vazir oʻrinbosari – Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari, 2018-yilda qisqa muddat Bosh vazir oʻrinbosari – agrosanoat, oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari majmuasi rahbari vazifalarida mehnat qilgan. 2018-yil 28-oktabrda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻoln tumanida bir guruh fermerlarning ariqqa tushirilishi voqeasi ortidan ishdan olingan2018-yil 6-noyabrdan 2019-yil 26-oktabrgacha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi, 2019-yildan 2021-yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi vazifalarida ishladi. 2021-yildan – Toshkent viloyati hokimi vazifasida faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, 2023-yil Zoir Mirzayevning Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanishi haqida xabarlar ham tarqaldi[sayt ishlamaydi]. Biroq, Toshkent viloyatining amaldagi hokimi hozirda oʻz vazifasini bajarib kelmoqda.
Mukofotlari
2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, zoir mirzayev haqida ma’lumot. zoir mirzayev nima? zoir mirzayev nimani anglatadi?
