Abduqahhor Hasanovich Toʻxtayev (1956-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Qurilish vaziri, Jizzax, Toshkent shaharlarida va Shayxontohur, Olmazor tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan Shayxontohur tumani hokimi.
| Abduqahhor Hasanovich To'xtayev | |
|---|---|
| 2019-yil | |
| Mansab davri 2018-yildan – 2019-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
| Vorisi | Botir Zokirov |
| Mansab davri 2005-yildan – 2011-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Shoabdurahmonov |
| Vorisi | Rahmonbek Usmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-may 1956-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Kasbi | iqtisodchi |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
| Mukofotlari | Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Islom tashkiloti medali |
Biografiyasi
- 1956-yildaToshkentda tavallud topgan.
- 1978-yilda Toshkent davlat texnika universitetini pedagog-muhandis, quruvchi-tashkilotchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
- 1978-1996 — Toshkent shahri qurilish boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.
- 1996-1999 — Shayxontohur tumani hokimi.
- 1999-2005 — Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari.
- 2005-2011 — Toshkent shahri hokimi.
- 2011-2013 — nafaqada.
- 2013-2016 — „OʻZLITINEFTGAZ“ AJ raisi oʻrinbosari.
- 2016-2017 — Jizzax shahar hokimi.
- 2017-2018 — Olmazor tumani hokimi.
- 2018-2019 — Qurilish vaziri.
- 2019-yil 11-maydan — Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi.
Mukofotlar
2007-yil avgustda ISESCOning Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha medali bilan taqdirlandi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abduqahhor toʻxtayev haqida ma’lumot. abduqahhor toʻxtayev nima? abduqahhor toʻxtayev nimani anglatadi?


