Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Olmazor tumani (avvagli nomi Sobir Rahimov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970-yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980-yildan h

Olmazor tumani

Olmazor tumani (avvagli nomi Sobir Rahimov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970-yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980-yildan hozirgi chegarasida. T.ning shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shimoliy va shimoli-sharqda Toshkent tumani, sharqda Yunusobod tumani, janubiy va janubi-gʻarbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,4 ming ga, shu jumladan koʻkalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 395 ming kishi (2023). Koʻchalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kichik halqa yoʻl, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, Usta Shirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy koʻchalari. 64 ta maxalla mavjud.

Olmazor tumani
tuman
41°21′50″N 69°13′41″E / 41.36389°N 69.22806°E / 41.36389; 69.22806
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Hukumat
 • Hokim Azizhon Umarhonov
Asos solingan 1970-yil
Maydon 34.50 km2 (13.32 kv mi)
Aholisi
 (2023)
395 000
Avtomobil kodi 01
Olmazor tumani xaritada
Olmazor tumani
Olmazor tumani

Sanoat

Tuman hududida "Kolorfleks", "Imperial", "Osiyobatareya" qoʻshma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, "Toshkentmarmar" ishlab chiqarish. birlashmasi, "Mikond", agregat, tajribamexanika, ekskavator taʼmirlash, "Kompressor", "Oniks" va chinni zavodlari, "Toshkent mebel" ishlab chiqarish birlashmasi, "Tola" (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fabrikasi, 10 avtotransport va 10 kurili sh tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot instituti, 4 loyihalash tashkiloti ("Oʻzgazloyiha", "Oʻzqishloqxoʻjalik loyiha", Xalq taʼlimi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, "Tash. ZNIIEP") mavjud.

Taʼlim

Tumanda 3 ta oliy oʻquv yurti (Oʻzbekiston milliy universiteti, ToshDTU, 2Toshkent tibbiyot instituti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 1 sanʼat, 1 ta musiqa maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor.

Tibbiyot

Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 1 ta ruhiy kasallar shifoxonosi mavjud.

Madaniyat

8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, "Oymomo" madaniyat va istirohat bogʻi, bir necha kichik dam olish maskanlari, mavjud.

Sport

Tuman xududida 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat koʻrsatadi. "Oʻzekspomarkaz" xalqaro koʻrgazmalar majmui, "Olimpiya" mexmonxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Savdo

3 ta bozor, 110 oziq-ovqat va 51 sanoat mollari doʻkoni, 196 ta umumiy ovqatlanish korxonasi, 467 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud.

Qurilish

Mustaqillik yillarida Sagʻbon, Qorasaroy, Forobiy koʻchalari kengayib, Moyqoʻrgʻon, Beshqoʻrgʻon mavzelari tashkil qilindi, uz. 1 km dan ziyod koʻprik bunyod etildi.

Tuman xududida meʼmoriy yodgorliklardan Barokxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi bor. Beruniy, Furqat, Sobir RahimovvaL. B. Shastri, Berdaq, A. Kodiriyga haykal oʻrnatilgan. Shahar metropolitenining Beruniy metro styasi tuman xududida joylashgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, olmazor tumani haqida ma’lumot. olmazor tumani nima? olmazor tumani nimani anglatadi?

Yuqori