Ibrohim surasi (arabcha: سورة إبراهيم, nomining maʼnosi — Ibrohim (nom)) — Qurʼonning 14-surasi. Makkiy suralardan biri, 52 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 255–261-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 72-boʻlib nozil boʻlgan.
| Ibrohim surasi — سورة إبراهيم | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Ibrohim (nom) | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 255–261 | ||||||||||||
| Juz | 13 | ||||||||||||
| Sura raqami | 14 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 52 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 7 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | Alif, lom, ro. | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 831 | ||||||||||||
| Harflar soni | 3461 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 72 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Bu surada ham Makka suralarining aksarida boʻlgani kabi eʼtiqod, vahiy, tavhid — Allohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va, xususan, qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob va jazo-mukofot toʻgʻrisida batafsil soʻz yurtiladi.
Sura paygʻambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa - insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan, birinchidan, hayotda zulmatlar – egri-notoʻgʻri yoʻllar koʻp, nur — haqiqat yoʻli esa tanho boʻlishi bayon qilinsa, ikkinchidan, oʻsha yagona nurga faqat paygʻambarlar — Allohning elchilariga nozil boʻlgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso paygʻambarning oʻz qavmi bilan boʻlgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.
Suraning "Ibrohim" deb atilishiga sabab unda paygʻambarlar otasi - Ibrohim alayhissalomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida mufassal hikoya qilinganidir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ibrohim surasi haqida ma’lumot. ibrohim surasi nima? ibrohim surasi nimani anglatadi?
