Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hosildorlik - ekin maydoni birligidan olinadigan dehqonchilik mahsuloti miqdori; s/ga bilan hisoblanadi. H. bir necha turga boʻlinadi: potensial H., rejali H.,

Hosildorlik

Hosildorlik - ekin maydoni birligidan olinadigan dehqonchilik mahsuloti miqdori; s/ga bilan hisoblanadi. H. bir necha turga boʻlinadi: potensial H., rejali H., kutilayotgan H., tupdagi H., 1 ga dan olingan haqiqiy H. Potensial H. — ekin navida mavjud hosil berish imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar taʼminlanganda 1 ga ekinzordan olinishi mumkin boʻlgan mahsulotning maksimal miq-dori. Uni ilmiy tadqiqot muassasalari (nav ori-ginatorlari), davlat nav sinash tarmogʻi, ilgʻor shirkat, fermer xoʻjaliklari mutaxassislari ideal hamda odatdagi agrofonga tatbiqan hisob-lab chiqadilar. Bu esa navlar tarkibi hamda xoʻjalik, viloyat, mintaqa va hokazodagi dehqonchilik tarmoqlarining tuzilmasini belgilashga yordam beradi. Rejali H. — xoʻjalik sharoitlarida 1 ga yerdan olinishi mumkin boʻlgan mahsulot miqdori; H.da eri-shilgan daraja tuproq unumdorligi, texnika vositalari, oʻgʻitlar va hokazo bilan taʼminlanganlikni hisobga olgan holda ekin ekilgunga qadar bel-gilanadi. Kutilayotgan H. (hosilga qarab moʻljallanadigan H.) — 1 ga yerdan olinishi moʻljallanayotgan mahsulot. Ekinzorlarning umumiy hola-tini baholash asosida xoʻjaliklar tomonidan hisoblanadi. Kutilayotgan hosil koʻrsatkichlari sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Kutilayotgan H. har 1 ga dan s hisobida yoki taxminiy hisobda (yuqori, oʻrta, past, oʻtgan yilgi darajada) aniqlanadi. Tupdagi H. (biologiya H.) — oʻz vaqtida boshlanadigan yigʻim-terim oldidan dalada yetilgan tayyor mahsulot miqdori. Haqiqiy H. — 1 ga dan olingan haqiqiy hosil (ombor H.) — yigʻilgan va kirim qilingan mahsulot. turli usullarda: dastlabki kirim yoki har 1 ga ekin, bahorgi mahsuldor may-don hisobiga toʻgʻri keladigan sof massa va boshqa bilan qayd etiladi.

H. darajasi iqlim, geografik, tuproq, mikrobiologik, biologik, agrotexnik, tashkiliy-iqgisodiy va boshqa sharoitlar bilan belgilanadi. Dehqonchilikning intensiv sistemalarini joriy qilish bilan ekinlar H.i, asosan ishlab chiqarishni intensivlash omillari hisobiga ortib boradi.

Dildora Saidova.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hosildorlik haqida ma’lumot. hosildorlik nima? hosildorlik nimani anglatadi?

Yuqori