Anbiyo surasi (arabcha: سورة الأنبياء, nomining maʼnosi — Payg‘ambarlar) — Qurʼonning 21-surasi. Makkiy suralardan biri, 112 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 322–331-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 73-boʻlib nozil boʻlgan.
| Anbiyo surasi — سورة الأنبياء | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Payg‘ambarlar | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 322–331 | ||||||||||||
| Juz | 17 | ||||||||||||
| Sura raqami | 21 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 112 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 7 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 73 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Sura qiyomat soati yaqinlashib qolgani, odamlar esa u Kundagi hisob-kitobga hozirlanib, yaxshi amallar qilish oʻrniga gʻaflat uyqusiga gʻarq ekanliklari haqida xabar berish bilan boshlanadi. Soʻng oʻquvchi eʼtibori koinotdagi har bir mavjudotning oʻta nozik va aniq oʻlchov bilan yaratilib, yakka-yu yolgʻiz Yaratgan tomonidan boshqarib turilishiga qaratiladi va yer-u osmonda Allohdan oʻzga yana biron iloh boʻlsa, u oʻlchov va tartibga putur yetib, borliq buzilib ketishi aniq ekanligi taʼkidlanadi.
Bu surada Ibrohim paygʻambar va u zot bilan butparastlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan mojarolar xususida batafsil hikoya qilinib, oʻzini oʻzi himoya qilishga ojiz boʻlgan jonsiz but-sanamlar birovga yordam qilishi yoki ziyon yetkazishi amrimahol ekanligi uqtiriladi.
Yana bu surada Alloh taoloning paygʻambarlaridan Is'hoq, Yaʼqub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil, Idris, Zulkifl, Zunnun, Zakariyyo va Iso alayhissalomlar toʻgʻrisida ham xabarlar vorid boʻlganki, suraning "Anbiyo" — "Paygʻambarlar" deb nomlanishiga ham bois shudir.
Suraning nihoyasida Alloh taoloning soʻnggi paygʻambari hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha olamga Allohning rahmat-marhamati boʻlib kelganlari zikr qilinadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anbiyo surasi haqida ma’lumot. anbiyo surasi nima? anbiyo surasi nimani anglatadi?
