Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nikolay Alexeyevich Nekrasov (ruscha: Никола́й Алексе́евич Некра́сов, 10-dekabr, 1821-yil, Yulian taqvimi boʻyicha 28-noyabr – 8-yanvar, 1878-yil, Yulian taqvim

Nikolay Nekrasov

Nikolay Alexeyevich Nekrasov (ruscha: Никола́й Алексе́евич Некра́сов, 10-dekabr, 1821-yil, Yulian taqvimi boʻyicha 28-noyabr – 8-yanvar, 1878-yil, Yulian taqvimi boʻyicha 27-dekabr, 1877-yil) – rus shoiri, yozuvchi, tanqidchi va noshir. Nekrasovning Rossiya dehqonlari haqidagi sheʼrlari XIX asr oʻrtalarida keng tarqalgan liberal va radikal ziyolilar orasida yuqori baholangan. Xususan, Vissarion Belinsky va Nikolay Chernyshevsky atrofida birlashgan rus ziyolilari tomonidan katta eʼtirofga sazovor boʻlgan. Nekrasov rus sheʼriyatiga uch boʻlakli vaznni va dramatik monolog uslubini joriy qilgan adib sifatida tarixda qolgan. Nekrasov bir nechta adabiy jurnallar, jumladan Sovremennik jurnalidagi muharrirlik faoliyatida ham katta muvaffaqiyatga erishgan.

Nikolay Nekrasov

Nekrasov 1870-yilda
Tavalludi
Nikolay Alexeyevich Nekrasov

10-dekabr, 1821-yil
Nemiriv, Bratislava uyezdi, Podolia gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 8-yanvar, 1878-yil (56 yosh)
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Kasbi shoir, noshir
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rus
Turmush oʻrtogʻi Fyokla Viktorova
Imzosi

Biografiyasi

Nikolay Alexeyevich Nekrasov Nemiriv shahrida (hozirgi Vinnitsa viloyati, Ukraina) Podolia gubernatorligi tarkibidagi Bratislava uyezdi hududida tugʻilgan. Uning otasi, Alexey Sergeyevich Nekrasov (1788–1862), ruslarning yirik yer egalari tabaqasidan boʻlib, Rossiya imperator armiyasi safida zobitlikda xizmat qilgan. Nekrasovning onasi kelib chiqishi borasida aniq maʼlumot mavjud emas. Brokgauz va Yefron ensiklopedik lugʻati maʼlumotiga koʻra (bu maʼlumot Nekrasovning 1887-yildagi avtobiografik qaydlariga ham mos keladi), uning onasi Aleksandra Zakrzewska boʻlib, kelib chiqishi polyak zodagonlaridan boʻlgan, boy yer egasiga borib taqaladi. U shlyaxta tabaqasiga mansub edi. Cherkov yozuvlarida[oydinlashtirilsin] esa aksincha, zamonaviy rus tadqiqotchilari uning ismini Yelena Andreyevna deb qayd etadilar. Shoir hayotini oʻrganib, u haqida tarjimai hol yozgan mualliflar hozirgi kungacha Nekrasovning onasi polyak oilasiga mansub deb hisoblashadi. Korney Chukovskiyning 1967-yilgi qadlariga koʻra, aslida Nekrasovning onasi Podolia gubernatorligi hududidagi Yuzvino qishlogʻiga egalik qilgan ukrainalik davlat amaldori Aleksandr Semyonovich Zakrevskyning qizi boʻlgan. Pyotr Yakubovichning taʼkidlashicha esa, Nekrasovning onasi Polshadan ota-onasining roziligisiz olib ketilgani haqida yashirish uchun hujjatlar oʻzgartirilgan boʻlishi mumkin[oydinlashtirilsin]. Nekrasov oʻz avtobiografiyasida ham shu haqidagi fikrlarni yozib qoldirgan. D.S.Mirsky bu kabi turli farazlarni shunday izohlaydi: uning fikricha, Nekrasov onasi atrofida oʻziga xos „kult“ yaratgan, unga haddan tashqari ideal fazilatlar yuklagan va onasi vafot etgach, uni ramziy sigʻinish darajasida ulugʻlay boshlagan.

1823-yilning yanvarida armiyada mayor unvonida xizmat qilayotgan Aleksey Nekrasov nafaqaga chiqadi va oilasi bilan Volga daryosi boʻyidagi Yaroslavl viloyatining Greshnevo qishlogʻidagi mulkiga koʻchib oʻtadi. Yosh Nikolay shu yerda besh nafar opa-ukasi – akalari Andrey (1820-yilda tugʻilgan), Konstantin (1824), Fyodor (1827-yil) va opalari Elizaveta (1821-yil) hamda Anna (1823-yil) bilan birga bolaligini oʻtkazadi. Aleksey Sergeyevichning erta nafaqaga chiqishi va viloyat inspektori lavozimidagi ishi uni qattiq ranjitgan. Bu esa uni dehqonlarga ham, xotiniga ham nisbatan, mast holatdagi yomon muamolada boʻlishiga olib kelgan. Bu voqealar yosh Nikolayga kuchli ruhiy taʼsir oʻkazgan va keyinchalik uning koʻplab sheʼrlarida – rus dehqonlari va ayollarining ogʻir ahvoli muhim mavzuga aylangan. Nekrasovning onasi adabiyotga chuqur mehr qoʻygan boʻlib, bu mehrini oʻgʻliga ham singdirgan; aynan uning mehr-muhabbati va qoʻllab-quvvatlashi yosh shoirga bolaligida boshdan kechirgan ogʻir ruhiy zarbalarga bardosh berishga yordam bergan. Bu holat ijtimoiy adolatsizlik manzaralari bilan yanada ogʻirlashgan boʻlib, Fyodor Dostoyevskiyning bolalik xotiralarini ham eslatadi. „Uning yuragi jarohatlangan edi, va bu bitmas ogʻriq umri davomida iztirobga toʻla joʻshqin sheʼriyatiga manba boʻlib qoldi“, – deb yozadi muallif.

Taʼlimi

 
Har yozda Nekrasov akasining Yaroslavl yaqinidagi Karabixa mulkiga ov qilish uchun borar edi. Hozir bu yer memorial muzeyga aylantirilgan.

1832-yil sentabr oyida Nekrasov Yaroslavl gimnaziyasiga oʻqishga kiradi, biroq uni tugallamasdan tark etadi. Bunga sabab sifatida satira yozgan oʻqituvchilar bilan kelishmovchiliklar boʻlgani aytiladi. Shuningdek, otasi Aleksey Sergeyevichning Nekrasovni harbiy bilim yurtiga berish talabi ham bunga taʼsir qilgan. Biograf Vladimir Jdanov ham otaning farzandlari taʼlimi uchun pul toʻlashni istamaganini qayd etadi; biograf bu masalada gimnaziya rahbariyati bilan maʼlum vaqt davomida yozishmalar olib borgan. Nihoyat, 1837-yil iyul oyida sogʻliq bilan bogʻliq muammolarni sabab qilib, katta ikki oʻgʻlini uyiga chaqirib oladi. Natijada Nekrasov bir yil davomida Greshnevoda qolib, asosan otasining safarlarida unga hamroh boʻlishdan boshqa ish bilan shugʻullanmaydi. Gimnaziyadagi taʼlim sifati past boʻlgan, ammo aynan shu yerda Nekrasovning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishi kuchaygan: Bayron va Pushkin ijodiga, ayniqsa Pushkinning „Erkinlikka qasida“ asariga qoyil qolgan.

Qaydlar

  1. Yakubovich oʻsha davrda keng tarqalgan „polyak qizi rus zobiti tomonidan majburan olib ketilganligi“ haqidagi fikrni rad etadi. U buning isboti sifatida Nekrasovning avtobiografik sheʼri – „Ona“ga ishora qiladi. Ushbu sheʼrda Nekrasov oilaviy arxivlarda onasining shoshilinch va hissiyotga berilib (fransuz va polyak tillarida) yozgan xatini topgani tasvirlanadi. Bu xat onasining bir muddat boʻlsa ham oʻsha zobitga chin dildan oshiq boʻlganini koʻrsatadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nikolay nekrasov haqida ma’lumot. nikolay nekrasov nima? nikolay nekrasov nimani anglatadi?

Yuqori