Korney Ivanovich Chukovskiy (taxallusi; asl ismsharifi Korneychukov Nikolay Vasilyevich) [1882.19(31).3, Peterburg — 1969.28.10, Kunsevo, Moskva viloyati] — rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos. Ijodining asosiy qismini bolalarga bagʻishlangan asarlar tashkil etadi. Ch.ning "Vanya va Timsoh", "Tozalabyuv" ("Moydodir"), "Suvarakboy" (1923), "Pashshaserxarxasha" (1924), "Barmaley" (1925), "Voyjonimning sarguzashtlari" (1929) va boshqa sheʼriy ertaklari mashhur. Mazkur asarlar asosida koʻplab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan. Ch. uzoq yillar davomida yoqimtoy bolalar tilini kuzatib, "Ikkidan beshgacha" kitobini yezdi (1928—70). U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
| Korney Chukovskiy | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 19 (31) mart 1882 |
| Vafoti | 28-oktyabr 1969 |
| Ijod qilgan tillari | Rus tili |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, korney chukovskiy haqida ma’lumot. korney chukovskiy nima? korney chukovskiy nimani anglatadi?
