Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ukrainlar — xalq. Ukrainaning asosiy aholisi (37,42 mln. kishi). Rossiyada 4362,8 ming kishi, Qozogʻistonda 896,2 ming kishi, Belarusda 291 ming kishi, Oʻzbekis

Ukrainalik

Ukrainlar — xalq. Ukrainaning asosiy aholisi (37,42 mln. kishi). Rossiyada 4362,8 ming kishi, Qozogʻistonda 896,2 ming kishi, Belarusda 291 ming kishi, Oʻzbekistonda 153,2 ming kishi, Qirgʻizistonda 108 ming kishi, Latviyada 92,1 ming kishi, Kanadada 530 ming kishi, AQShda 500 ming kishi, Polshada 300 ming kishi, Argentinada 100 ming kishi yashaydi. Umumiy soni 46 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ukrain tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, bir qismi uniatlar. U. ruslar va belaruslar qatori sharqiy slavyanlarga mansub. Ularning umumiy etnik asosini 10-asrga kelib yaqin qardosh sharqiy slavyan qabilalaridan shakllangan va oʻz davlati — Kiyev Rusi barpo etgan qadimgi rus elati tashkil qilgan. Keyinchalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot va qad. rus yerlarining siyosiy tarqoqligi sharoitida (12 — 14-asrlar) qad. rus elati asosida 3 ta qardosh xalq — rus, ukrain va belarus xalqlari shakllangan. taxminan 14—15-asrlardan U oʻziga xos tili, xoʻjaligi va madaniyati asosida mustaqil etnik birlik sifatida maydonga keldi. 16 — 17-asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot, xalqning litva, polyak, venger agressiyalariga, turk-tatar bosqinchilarining talonchilik hujumlariga qarshi kurashi natijasida ukrain elati uyushgan va mustahkamlangan.

Ukrainlar
ukraincha: українці [ukrayintsi]
Umumiy aholi soni

39,8 - 57,5 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Ukraina 37,541,693
 Rossiya 1,927,988
 Kanada 1,209,085
AQSH bayrogʻi AQSh 961,113
 Braziliya 500,000
 Moldova 375,000
 Qozogʻiston 313,698
 Italiya 320,070
 Polsha 300,000
 Argentina 300,000
 Belarus 159,000
 Oʻzbekiston 104,720 — 128,100
 Chexiya 126,613
 Portugaliya 52,293
 Ruminiya 51,703
 Latviya 45,699
 Ozarbayjon 30,000
 Suriya 27,878 [manba kerak]
 Estoniya 27,530
 Qirgʻiziston 21,924
 Litva 21,100
 Gretsiya 19,785
 Gruziya 7,039
 Daniya 6,795
 Armaniston 6,125
 Bolgariya 2,489
Tillar
Ukrain tili
Dinlar
Xristian
Qarindosh etnik guruhlar
Beloruslar, Ruslar

Ukrain tili

Ukrain tili sharqiy slavyan tilining safiga kiradi. 18-19 asrlarda hozigi ukrain adabiy tili shakllandi.

Yana qarang

  • Ukraina

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ukrainalik haqida ma’lumot. ukrainalik nima? ukrainalik nimani anglatadi?

Yuqori