Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1986-yilda Toshkent politexnika institutini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Shokir Fayzullayev

Shokir Nasibullayevich Fayzullayev — 2010—2015-yillarda Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi.

Shokir Nasibullayevich Fayzullayev
 Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi
 
Mansab davri
2010-yil 23-mart – 2015-yil 29-avgust
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Qambarali Eshonqulov
Vorisi Alisher Sultonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-iyun 1964-yil (1964-06-07) (61 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

Maʼlumoti

1986-yilda Toshkent politexnika institutini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1986—1991-yillarda — „Progress“ ishlab chiqarish birlashmasida texnologik muhandis, katta muhandis, yetakchi muhandis, sektor mudiri, mahalliy qurilish materiallari va mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i.

1991—1992-yillarda „Nafosat“ ishlab chiqarish kichik korxonasi direktori.

1992—1993-yillarda „Mahalliy sanoat“ birlashmasi bosh mutaxassisi, 1-toifali muhandis-iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi.

1993—1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasida tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk bo‘limi boshlig‘i.

1994—1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — xorijiy investitsiyalar va xorijdagi mulk boshqarmasi boshligʻi.

1995—1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi huzuridagi xususiylashtirishga ko‘maklashish guruhi ijrochi direktori.

1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi investitsiya dasturlari bo‘limi bosh mutaxassisi.

1999—2003-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi sektorni isloh qilish va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish boshqarmasi boshlig‘i.

2003—2005-yillarda „O‘zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi neft-gaz tarmog‘ini istiqbolli mutanosib rivojlantirish va shartnomaviy tashqi iqtisodiy aloqalar bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2004—2005-yillarda „O‘zneftgazmash“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktori.

2005-2008-yillarda „O‘zbekkimyomash zavodi“ OAJ bosh direktori.

2008—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2010—2015-yillarda „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.

2015—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari.

2017-yildan „Jizzakh Petroleum“ (hozirgi „Sanoat Energetika Guruhi“ MChJ) bosh direktori.

2007-yildan Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali Vasiylik kengashi aʼzosi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shokir fayzullayev haqida ma’lumot. shokir fayzullayev nima? shokir fayzullayev nimani anglatadi?

Yuqori