Nyu-Xempshire — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Concord shahri. AQSh tarkibiga 21-iyun 1788-yilda kirgan, undan oldin — Province of New Hampshire. Nyu-Xempshir shtatining nomi Angliyaning janubida Joylashgan Xempshir grafligi nomidan olib qoʻyilgan. Nyu-Xempshir kichkina shtat boʻlgani bilan, oʻrmonlar, togʻlar, koʻllar va tez oqar daryolarga boy. Nyu-Xempshirda 222ta shahar va shaharchalar bor.
| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
| Shtat laqabi: Granit Shtati | |||||
| |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Concord | ||||
| Eng yirik shaharlar | Manchester Nashua Concord | ||||
| Maydon • Butun | AQSh: 46-oʻrinda 24,216 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) | AQSh: 41-oʻrinda 1,309,940 | ||||
| YIM • YIM | AQSh: 39-oʻrinda $51,871 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana | 9-boʻlib 21 iyun 1788 | ||||
| Vaqt | UTC-5 (EST) | ||||
| Qisqartma | NH [33] | ||||
| Shtat guli | Purple lilac | ||||
| Shtat daraxti | American White Birch (Betula papyrifera) | ||||
AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Yangi Angliyada, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 24,03 ming km². Aholisi 1,27 mln. kishi (2002), 51% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Konkord sh. Eng katta shahri — Manchester. N.-X. maydo-nining katta qismida Appalachi togʻlari joylashgan, shimoli-sharqida Oq togʻlar bor. Yirikdaryolari: Merrimak va Konnektikut. Koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmonlar bor.
Mashinasozlik, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Issiklik elektr st-yalari va GESlar bor. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining katta qismini sut chorvachiligi va parrandachilik beradi. Dehqonchilikda yem-xashak ekinlari, sabzavot ekiladi. Turizm rivojlangan.
Shtat hududiga yevropaliklar 1623-yildan borib urnasha boshlagan. N.-X. AQShni tuzishda qatnashgan dastlab-ki 13 shtatdan biri.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nyu-xempshir haqida ma’lumot. nyu-xempshir nima? nyu-xempshir nimani anglatadi?

