Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Skarlatina (lotincha: scarlatum – qizil ren) – aksariyat bolalarda uchraydigan aksariyat kasallik isitma, umumiy intoksikatsiya, murtak bezlari va tomoqning yal

Skarlatina

Skarlatina (lotincha: scarlatum – qizil ren) – aksariyat bolalarda uchraydigan aksariyat kasallik isitma, umumiy intoksikatsiya, murtak bezlari va tomoqning yalligʻlanishi, teriga mayda toshmalar toshishi va h.k. bn kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi A guruhiga mansub gemolitik streptokokklar. Kasallik manbai – bemor, shuningdek, boshqa streptokokkli infeksiya (angina, faringit)lar bilan ofigan kishilar. Infeksiya havotomchi yoʻli orqali yuqadi. Baʼzi bemor foydalangan oʻyinchoq, idish tovoqlar va boshqa ham S. tarqalishiga sabab boʻladi. Koʻproq 2— 6 yashar bolalarda kuz qish oylarida uchraydi. Yashirin davri oʻrtacha 2—7 kun. Odatda, toʻsatdan boshlanadi. Gavda harorati tez 39—40° gacha koʻtarilib, bemor holsizlanadi, boshi va tomogʻi ogʻriydi, koʻpincha qusadi. Kasallikning dastlabki kunlarida terida qizil, mayda nuqtasimon toshmalar paydo boʻladi. Tomoqda skarlatinaga xos angina alomatlari koʻzga tashlanadi, qizargan yumshoq tanglay qattiq tanglayning oqish shilliq qavatida yaqqol ajralib turadi. Til qalin karash bilan qoplanadi. Jagʻ osti bezlari katgalashadi va paypaslaganda ogʻriq seziladi. Kasallikning avj olgan davri 4—5 kun davom etadi. Bu davrda angina, limfa bezlarining kattalashishi, toshmalar ortib boradi. Gavda harorati 39° va undan ham yuqori boʻladi. Bemorning eshushi xiralashishi, alahlash hollari kuzatilishi mumkin. 4—5 kundan soʻng harorat pasayib, bemor oʻzini yaxshiroq his qiladi. Til uchi tomonidan karashdan tozalanib boradi. Undan musaffo boʻlgach, til malinaga oʻxshab qipqizil boʻlib qoladi. Kasallikning 6kunlaridan sogʻayish davri boshlanadi. 10kunlariga kelib kasallikning barcha alomatlari yoʻqoladi. Kasallikning ikkinchi haftasidan boshlab terida pust tashlash kuzatiladi, badandan mayda kepaksimon, qoʻl va oyoq kafti, panjalardan poʻst palahsa boʻlib koʻchadi. Skarlatinaning yengil, oʻrtacha ogʻir va ogʻir turlari ajratiladi. Kasallikning dastlabki kunlaridan boshlab qonda yaqqol ifodalangan leykotsitoz, eozinofiliya, oʻzgarishlar roʻy beradi. Eritrotsitlarning choʻkish tezligi (ECHT) ham ortib, soatiga 30–50 mm ni tashkil qilish mumkin. Skarlatinaning barcha turlarida ham turli asoratlar: nefrit, limfadenit, sinusit, yuraktomir sistemasining jarohatlanishi va boshqa kuzatiladi. Skarlatina bilan ogʻrigan bola, albatta, oʻrinkoʻrpa qilib yotishi shart, uni kasalxonaga yotqizishyotqizmaslikni vrach hal qiladi. Kasallik yengilroq kechganida bemorni uyda davolash mumkin.

Davosi

Bemorning ogʻzi va tomogʻi 2%li soda eritmasi yoki 1:5000 nisbatdagi furatsillin eritmasi bilan chayib turiladi. Eritromitsin, penitsillin, bitsillin va boshqa antibiotiklar 7 kun davomida beriladi. Allergiyaga qarshi preparatlar qoʻllanadi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, skarlatina haqida ma’lumot. skarlatina nima? skarlatina nimani anglatadi?

Yuqori