- Vikipediyada ismi Furqat va familiyasi Siddiqov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Furqat Ahmedovich Siddiqov — oʻzbek diplomati, texnolog. 2015—2020-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi. 2023-yil 3-martdan Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi.
| Furqat Ahmedovich Siddiqov | |
|---|---|
| Mansab davri 2023-yildan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Javlon Vahobov |
| Mansab davri 2015-yildan – 2020-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Parviz Aliyev |
| Vorisi | Oybek Usmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 7-fevral 1971-yil Toshkent |
Biografiyasi
1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Taʼlim
1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
1993-1995 — „UzDaewoo Electronics“ qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi.
1995-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi.
2002-2007 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.
2007-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.
2011-2015 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi birinchi kotibi.
2015-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2022-2023 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.
2023-yil 3-martdan — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi. 1-may kuni AQSh Prezidenti Joe Bidenga ishonch yorligʻini topshirdi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, furqat siddiqov haqida ma’lumot. furqat siddiqov nima? furqat siddiqov nimani anglatadi?


